O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Autodestruktiv (o`z-o`zini parchalovchi axloq)



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   187
Autodestruktiv (o`z-o`zini parchalovchi axloq) 
– bu tibbiy va psixologik 
me`yorlardan og`ishgan, shaxsning rivojlanishi hamda umuman o`ziga xavf 
soluvchi axloq. O`z-o`zini parchalovchi axloq zamonaviy dunyoda quyidagi asosiy 


32 
shakllarda yuzaga chiqadi: suitsidal axloq, ozuqaga muhtojlik, kimyoviy 
moddalarga muhtojlik (psixofaol moddalarni suiste'mol qilish), fanatik axloq 
(masalan, destruktiv-diniy madaniyatga tortilish), autik axloq, viktim axloq 
(jabrlanuvchining axloqi), hayot uchun aniq ko`rinib xatarli faoliyat (sportning 
ekstremal turlari, avtomobilda yurganda tezlikni o`ta oshirish va boshqalar). 
O`smir yoshda autodestruktiv axloqning xususiyati (avvalgi shakliga 
o`xshash) uning guruhli qadriyatlar bilan bilvosita bog’liqligi hisoblanadi. O`smirlik 
yoshidagi yuzaga keladigan autodestruktsiyaning quyidagi shakllarini tug’diradi: 
giyohvandlikka mute bo`lib qolgan axloq, o`z-o`zini kesish, kompyuterga telefonga, 
internetga bog’lanib qolish, ozuqa addiktsiyalari, kamroq suitsidal axloq. Bolalik 
yoshida chekish va toksikomaniyaga o`rin bor, biroq umuman olganda ushbu 
yoshdagilar uchun autodestruktsiya davri kam xarakterlidir. 
Biz shaxs og`ishgan xulqining turli ko`rinishlari ikkita o`ziga yoki 
boshqalarga qarama-qarshi yo`nalishli “destruktiv axloq” ning yagona o`g’ishida 
joylashganini ko`ramiz. Destruktiv ifodalanganlikning yo`nalishi va darajasi 
bo`yicha og`ishgan xulqning quyidagi shkala bo`yicha taqdim etish mumkin:

antiijtimoiy (faol-destruktiv) – antiijtimoiy guruhlar me`yoriga 
moslashgan, 

nisbatan destruktiv – asotsial (passiv-destruktiv)

o`z-o`zini parchalovchi (passiv-autodestruktiv) – o`z-o`zini o`ldiruvchi 
(faol-autodestruktiv). 
Og`ishgan xulqning alohida turlarini ajratish va ularning o`xshash belgilar 
bo`yicha tizimlashtirish garchi ilmiy tahlil maqsadida oqlangan bo`lsa-da, shartli 
hisoblanadi. Real hayotda alohida shakllar ko`pincha uyg’unlashadi yoki kesishadi, 
og`ishgan xulqning alohida aniq holatlari individual bo`yalgan va takrorlanmas 
bo`ladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin