28
o‘rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik
va ularning turli sharoitda motivatsiyaning kuchi to‘g‘risida muayyan
qonuniyatlarni ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimul`ni
tashqi qo‘zg‘atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini
faollashtiruvchi deb hisoblaydilar. Neobixevioristik
nazariyalar yangi
qo‘zg‘atuvchilar paydo bo‘lishiga asoslangan bo‘lib, ular insonning organik
eshtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul` natijasining uyg‘unlashuvi
tariqasida
tahlil etiladi. Ularning ta’kidlashiga ko‘ra, ikkilamchi qo‘zg‘ovchilar organik
qo‘zg‘atuvchilarning go‘yoki qobig‘iga o‘xshaydi, xolos.
Vil`yam Makdugall (1871-1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan
beriladigan) xususiyatga ega degan holatni asoslash uchun tug‘ma
instinktlar
masalalari bilan mazkur voqelikni bog‘lab tushuntirishga harakat qilgan. Uning
fikricha, tug‘ma instinktlar ham insonlarga, ham hayvonlarga bir tekis taalluqli
bo‘lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha
"asosiy instinktlar" sifatida hukm surishi mumkin.
Umuman olib qaraganda,
bixevioristlar uchun bir qator holatlar o‘ziga xoslikka ega.
Dostları ilə paylaş: