27
2.
Xulq-atvor reaksiyalari organizmni tashqi muhit ta’siriga javobidir.
3.
Xulq-atvorni modellashtirish psixoterapevtik jarayon bo‘lib, unda
kognitiv jihat hal qiluvchi hisoblanadi.
Shunday qilib, xulq-atvor ta’sir ko‘rsatish ob’ekti bo‘lib namoyon bo‘ladi,
ya’ni salbiy xulq-atvor noto‘g‘ri o‘zlashtirilgan xulq-atvor ko‘nikmalarining
mahsulidir. Mutaxasis psixologik yordam berish
jarayonida u muammoli deb
hisoblagan vaziyatdagi shaxsning xulq-atvori haqidagi ma’lumotlarga
asoslanadi, chunki xulq-atvor kuzatuv natijasida ham o‘zgarishi mumkin, deb
hisoblanadi.
Kognitiv xulq-atvor yo‘nalishida quyidagi metodlar qo‘llanadi:
1.O‘z-o‘zini nazorat qilish (chuqur relaksatsiyaga o‘rgatish, qo‘rquv
bosqichlarini aniqlash, relaksatsiya mashqlari yordamida xavotirlik va qo‘rquv
orasidagi bog‘liqliklarni aniqlash, xulq-atvorni modellashtirish va istalgan xatti-
harakatlarni qo‘llab-quvvatlash);
2.O‘z-o‘zini kuzatish (kundalik tutish);
3.Shartnomalar tuzish (mijoz-mutaxasis,
mijoz-yaqinlari, mijoz o‘z- o‘zi
bilan);
4.Uyga vazifalar (uyda bajarish uchun berilgan topshiriqlar).
Psixologik
yordamni samaradorligi mijoz nuqtai nazarini faollashtirishga asoslanadi.
Kognitiv xulq-atvor yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan
psixologning asosiy
vazifasi diagnostik o‘qituv hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: