30
yo`naltirilgan tashqi destruktiv maqsadlar va munosib
ravishda tashqi destruktiv
axloq. Ikkinchi holda shaxsning o`zini dezintegratsiyaga yo`naltirilgan ichki
destruktiv maqsadlar, uning regressi va munosib ravishda ichki destruktiv axloqidir.
Tashqi destruktiv axloq, o`z navbatida, addiktiv va antiijtimoiyga bo`linadi.
Addiktiv axloq reallikdan ketish va istalgan hissiyotni
olish maqsadida maxsus
faollik yoki qandaydir moddalardan foydalanishni ko`zda tutadi. Antiijtimoiy axloq
mavjud qonun va boshqa odamlar huquqlarini qonunga qarshi,
asotsial, axloqsiz
beadab axloqlar shaklida buzuvchi harakatlardan iborat.
Ichki destruktiv axloq guruhida S.P.Korolenko va T.A.Donskix
quyidagilarni
ajratadilar: suitsid, konformistik, nartsistik, fanatik va autik axloq. Suitsid axloq o`z-
o`zini o`ldirishning yuqori xavfi bilan xarakterlanadi.
Konformistik
– individuallikka muhtoj, faqat tashqi avtoritetga yo`naltirilgan
axloq.
Nartistik
– shaxsiy buyukligi tuyg’usi bilan boshqariladi.
Fanatik
– qandaydir g’oya, nuqtai nazarga ko`r-ko`rona berilgan shaklda
yuzaga chiqadi.
Autistik
– odamlar va atrofdagi harakatlardan
bevosita chegaralanganlik,
shaxsiy fantaziyasi olamiga sho`ng’iganlikda ko`zga tashlanadi.
Destruktiv axloqning barcha sanab o`tilgan shakllari, olimlar fikriga ko`ra,
hayot sifatining yomonlashishi, o`z axloqiga tanqidni pasaytirish, kognitiv xatolar
(sodir bo`lganlarni qabul qilish va tushunishda) o`z-o`zini
baholash va hissiy
buzilishlar kabi deviant mezonlarga javob beradi. Nihoyat, ular katta ehtirom bilan
shaxsning yakkalanib qolishigacha bo`lgan ijtimoiy moslashmasligiga olib keladi.
Psixologik adabiyotlarda shaxs og`ishgan xulqining ko`rinishlarini tasniflashda
boshqa yondoshuvlarni ham uchratish mumkin.
Kelgusida biz axloqiy og’ishlarning, og`ishgan xulqning salbiy oqibatlari va
buzilgan me`yor ko`rinishlari kabi yetakchi mezonlarga
asoslangan shaxsiy
tasnifimizga suyanamiz. Sanab o`tilgan mezonlarga muvofiq og`ishgan xulqning
uchta asosiy guruhini ajratamiz:
1.
antiijtimoiy (delinkvent) axloq,
31
2.
asotsial (axloqsiz) axloq,
3.
autodestruktiv (o`z-o`zini parchalovchi) axloq.
Dostları ilə paylaş: