95
Ma'lumki, destruktivlik, o`z navbatida, tajovuz kabi asosli insoniy tavsifnoma
bilan zich bog’liq. Garchi, bizning nazarimizda tajovuzkor axloq og`ishgan xulqning
alohida turi hisoblanmasa-da, boshqalar yoki o`ziga yo`naltirilgan tajovuz axloqiy
deviatsiyaning turli shakllarida bevosita ishtirokni qabul qiladi va maxsus ko`rib
chiqishga munosib.
Butun insoniyat tarixi ishonchli tarzda isbotlaydiki, tajovuz shaxs va jamiyat
hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, tajovuz ulkan tortishish
kuchi va yuqumlilik xislatiga ega – ko`pchilik odamlar so`zida tajovuzni inkor
etadilar, ammo o`zlarining kundalik hayotlarida esa uni keng namoyish qiladilar.
Lotin tilidan tarjima qilganda “tajovuz” “tashlanish” degan ma'noni anglatadi.
hozirgi vaqtda “tajovuz” atamasi o`ta keng qo`llaniladi. Ushbu fenomen ham salbiy
hissiyotlar (masalan, g’azab), ham salbiy sabablar (masalan, zarar keltirishga
urinish), shuningdek, salbiy ko`rsatmalar (masalan, irqiy noto`g’ri fikr) va barbod
etuvchi harakatlar bilan bog’lanadi.
Dostları ilə paylaş: