119
usuliga tayanganlar. Tajovuzkor o`g’il bolalarning otalari keskinlik va ko`pincha
bolalarni jazolash tendensiya si bilan xarakterlangan bir vaqtda onalari
zaif umumiy
kelishuvda talabchan emaslik va o`zaro munosabatlarda yetarlicha bo`lmagan
samimiyligi bilan xarakterlanadi. Tajovuzkor o`g’il bolalar o`z otalari bilan kam
o`xshashdirlar, ular nazorat guruhidagi o`smirlarga qaraganda ko`pincha otalarining
tanqidiy va dushmanlik munosabatlariga javob qaytaradilar Bularning barchasi,
tadqiqotchilar fikriga ko`ra, ota-onalik qadriyatlari tizimini o`zlashtirish va ularning
talablarini bajarishni murakkablashtiradi.
A.Bandura va R.Uolter o`smirlarning ijtimoiylashuvi va ularning oilaviy
sharoitlari o`rtasidagi aloqani o`rganib, bola axloqini belgilovchi uchta asosiy
xususiyatlarni ajratdilar: uning tobe (samimiy-shaxsiy) munosabatlar o`rnatishga
tayyorligi, vijdonining
rivojlanganligi darajasi, tajovuzga motivatsiya kuchi.
Mualliflar fikriga ko`ra, oila samarali ijtimoiylashuvning eng kam darajadagi
sharoitini yaratishi kerak.
1.Bolaning atrofdagilarga qiziqishi, e'tibori va ma'qullashini istashga
o`rgatadigan bevosita birinchi muhim shart mehribonlik motivatsiyasidir.
2. Ikkinchi zaruriy shart deb tadqiqotchilar izchil talablar va cheklovlar (shu
shart bilanki, ota-onalarning o`zlari ijtimoiy me`yorlarni bo`ladilar) shaklidagi
“ijtimoiylashuvning bosimi”ni ataydilar.
Aksincha, axloqning dushmanlik shakli
oilada ota-onalik muhabbatiga ehtiyoj frustratsiyasi, doimiy jazoni qo`llash (istalgan
axloqni rag’batlantirish ustidan uning ustunligi), ota-onalar tomonidan talablarning
kelishmaganligi, ota-onalarning o`zlarini tajovuzkorligi natijasida paydo bo`ladi.
Shunday qilib, “asotsial tajovuz nazariyasi”ga muvofiq bolaning tajovuzkor
axloqi dastavval bitta yoki ikkala ota-ona tomonidan nozik g’amxo`rlik va
mehribonlik yetishmasligidan tug’iladi. Ko`ngil qo`yish frustratsiyasi bolada doimiy
dushmanlik tuyg’usining paydo bo`lishiga olib keladi, chunki o`zi uchun ahamiyatli
bo`lgan kattalarga (shu jumladan, uning hissiy ko`rinishlari) taqlid qilish orqali
rivojlanadi. Bolaning ota-onalari bilan munosabatida rivojlangan ko`rsatma va
axloqi oqibatda boshqa odamlarga ko`chiriladi (sinfdoshlar, o`qituvchilar, turmush
o`rtog’i). Agar aniq odamga tajovuz ko`rinishining oldi olinsa (yoki boshqa
120
sabablar kuchida mumkin bo`lmaydigan bo`lib qolsa), tajovuz yangi “ancha
xavfsiz” ob'yektga siljishi mumkin.
Shuni
aniqlash lozimki, yuqorida ko`rib chiqilgan eksperimentda asosan
o`g’il bolalar ishtirok etdilar. Ko`pchilik tadqiqotchilar oilada har xil jinsdagi
bolalarga yomon murojaatning ta'siri turlicha ekanini ta'kidlaydilar. Qator
mualliflarning fikriga ko`ra, bolaligida shafqatsizlik namoyon etilgan qiz bolalar
mazoxistik patterna axloqining
rivojlanishiga moyildirlar, o`g’il bolalar bunday
holda o`zlarini tajovuzkor bilan o`xshatadilar va katta ehtiromlik bilan sadistik
yo`nalishda rivojlanadilar.
Tajovuzkor axloqning sodir bo`lishida oilaning yetakchi roli haqidagi
gipoteza foydasiga yana bir isbot bu ma'lum sharoit bolalar muassasalarida
tarbiyalanuvchi bolalarda tajovuzkorlik bilan bog’liq bo`lgan buzilishning ustunligi
(asrab olingan bolalardan farqli ravishda) hisoblanadi. Bir vaqtning o`zida zaruriy
ota-onalik g’amxo`rligidan maxrum bo`lgan barcha
bolalar ham tajovuzkor
bo`lavermaydilar. Oilaviy deprivatsiyaning boshqa oqibati odamovilik, yuqori
bog’liqlik, bo`ysunishga ortiqcha tayyorlik yoki chuqur xavotirlilik bo`lishi mumkin
(pirovard, ehtirom, deprivatsiyaning darajasi, bolaning yoshi, uning konstitutsional
xislatlari va boshqa sharoitlarga bog’liq).
Shunday qilib, ichki va tashqi omillarning noxush ta'sirida tajovuzkor mayl
haqiqatan tajovuzkorlik va jamoatchilik uchun xavfli shaklgacha bo`lgan turg’un
barbod qiluvchi axloq shakliga ega bo`ladi. Biroq tajovuz salbiy oqibatlarga olib
kelishi shart emas. Masalan, u nafaqat yangi va yangi ob'ektlarga aralashib ketishi,
balki faoliyatning turli shakllariga biznes, o`qish, sport, sardorlik va boshqalarga
qo`shilishi (sublimatsiya qilmoq) mumkin.
Albatta, me`yorda tajovuz muhofaza xarakteriga ega va yashashga xizmat
qiladi.
U shuningdek, individning faolligi manbai, uning ijodiy potentsiali va
yutuqlarga intilishi bo`lib yuzaga chiqadi. Shaxs tajovuzning turli ko`rinishlarini
taniy olishi, tajovuzni ijtimoiy maqbul shakllarda ifodalashi va nihoyat, boshqalar
yoki o`zining ustidan zo`ravonlik qilishdan qochishi kerak. Shaxsiy tajovuz taqdiri
121
– har bir katta insonning shaxsiy tanlagan ishi o`z tajovuziga egalik qilish esa –
umuman murakkab psixologik vazifalardan biridir.
Dostları ilə paylaş: