3. Delinkvent axloqni shakllanish sharoitlari.
Fuqarolarni o`rnatilgan
qonunlar va qoidalarga amal qilishni uyg’otishga yo`naltirilgan jamiyatning turli-
tuman choralariga qaramay, ko`pchilik odamlar uni har kuni buzadilar. Ko`pincha
ko`rinishidan to`la oddiy ko`ringan odamlar to`satdan jiddiy jinoyat sodir
etganliklarini tushunish og’ir bo`ladi. Ko`p holatlarda bu psixik jihatdan sog’lom
shaxslar, shu jumladan, bolalar va o`smirlar. Qonunga qarshi harakatlar
determinatsiyasini ko`rib chiqishda, odatda, shunga o`xshash axloqni uyg’otuvchi
tashqi sharoitlar va ichki sabablar yig’indisi haqida gapiradilar. Shubhasiz, har bir
aniq holatda omillarning noyob uyg’unligi o`riniga ega, shunga qaramay,
delinkvent axloqning shakllanishida ba'zi umumiy tendentsiyalarini aniqlash
mumkin.
Ijtimoiy sharoitlar qonunga qarshi axloqning sodir bo`lishida ma'lum bir rol`
o`ynaydi. Ularga dastavval ko`p darajali jamoatchilik jarayonlari taalluqlidir. Bu,
masalan, zaif hokimlik va qonunchilikning mukammal emasligi, ijtimoiy
kataklizmalar va hayotning past darajasi.
R.Mertonga asosan, ba'zi odamlar delinkvent axloqdan voz kecha olmaydilar,
chunki hozirgi jamiyatda har qanday baho bilan daromadga, ehtiyoj va
muvaffaqiyatga intilish kuchlidir. Jamiyat farovonligidan u yoki bu darajada
143
“chetga surib tashlangan” odamlarga qonuniy yo`l bilan istagan maqsadlariga
erishish og’ir.
Aniq shaxsning jamiyatga qarshi axloqidagi ijtimoiy sabab jamiyatning yorliq
osishga moyilligi bo`lishi ham mumkin. Qator holatlarda mustahkam jamiyatga
qarshi axloq illatli doira tamoyili bo`yicha shakllanadi: dastlabki, tasodifan sodir
etilgan jinoyat – jazo – zo`ravonlik munosabatlar tajribasi (qamoqxonalarda eng
yuqori darajada taqdim etilgan) – “jinoyatchi” yorlig’i oqibatida ijtimoiy
moslashuvdagi keyingi qiyinchiliklar – ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar yig’indisi va
ikkilamchi delinkventlik – anchagina og’ir jinoyat – va boshqalar.
Ushbu tragik holat Stivena Kingning “Shoushenkadan qochish” qamoq
drama kinoversiyasida ajoyib tarzda taqdim etilgan(1994y., F.Darabont
postanovkasi). Filmning bosh qahramoni Endi Dyufreyn o`zi sodir etmagan
xotinining o`limi uchun butun umrga qamoq jazosiga mahkum etilgan. Uning
qonunlashtirilgan zo`ravonlikka qarshilik ko`rsatish qobiliyati, uning genial tarzda
tayyorlangan qamoqdan qochishi umumiy qoidadan odatdan tashqari, istisnodir.
Drammaning boshqa personaji – kutubxonachi Bruks Xatmid, 45 yil qamoqda
o`tirib, “uyida” qolish uchun muvaffaqiyatsiz tarzda yangi jinoyat qilishga urinadi.
“Majburiy” ozod qilingach, u ozodlik yukini ko`tara olmay o`z-o`zini o`ldiradi. Bu
holatda shaxs zo`ravonlik va ijtimoiy steriotiplar qurboni bo`ladi.
Bundan tashqari, P.Kuter ko`rsatishicha, ko`pgina qonunga bo`ysunuvchi
odamlar tajovuzkor-kriminal impuls`ga egadirlar, aniq harakatlarni amalga
oshirmaydilar, biroq boshqa odamlarga proektsiyalanadi, masalan, qonunbuzarlikni
sodir etuvchilarga. Ushbu proektiv jarayonlar natijasida qonunbuzarlik o`ta qattiq
baholanishi va nohaq jazolanishi mumkin, bu esa, o`z navbatida, delinkventlikning
kuchayishiga olib keladi. Shunday qilib, jamiyatning o`zi qanchalik paradoksal
bo`lmasin, oqlanmagan harakatlar va o`ta jiddiy jazolar vositasida o`zi qutulishni
istagan jinoyatchilarni tarbiyalaydi. Davlat zo`ravonlikka kurash e'lon qilib, o`zi uni
aybdorga nisbatan ishlatadi (ko`pincha katta miqdorda). Bugungi kunda dunyoning
86 davlatining qonunchiligi o`lim jazosi haqidagi moddaga ega. Umuman olganda,
odamlarga o`zaro munosabatlarning zo`ravon steriotipi zo`rlab tiqishtiriladi.
144
Xukumat vakillari delinkvent shaxslarni o`z kuchlarini bunday shaxslar o`z
qurbonlariga nisbatan qanday munosabatda bo`lgan bo`lsalar, shunday tarzda
namoyon qilgan holda ta'qib qiladi. Delinkvent shaxs harakatlanib o`ziga va
atrofdagilarga zarar yetkazuvchi illatli doira yuzaga keladi.
Determinatsiya va jinoiy axloqda ijtimoiy vaziyatning alohida roli haqida
totalitar tuzum sharoitidagi odamlar axloqi ustidan kuzatishga guvohlik beradi.
P.Kuter
Germaniya
SSdagi
ommaviy
qotillar
qatoridagi
shaxslarning
(kontsentratsion lagergacha va undan keyin) nasliyligi va rivojlanishini o`rgangan
Diks tadqiqotlarining natijasini keltiradi. Eseschilarning jinoiy axloqi garchi
ularning turli shaxsiy xafagarchilik bilan birga borsa-da, faqat ijtimoiy qonuniy
sharoitlarda namoyish etilgan kontslagerdagi o`qish va ishda. Nartsistlik tartibi va
undan keyin o`rgatilgan shaxslar, qoidadagiday, jinoyat sodir etmaganlar.
Delinkvent axloqning bunyodga kelishida muhim rolni mikroijtimoiy vaziyat
o`ynaydi. Uning shakllanishiga, masalan, quyidagilar ko`maklashadi: asotsial va
antiijtimoiy muhit (ota-onalarning piyonistaligi, asotsial va antiijtimoiy oila yoki
kompaniya); nazoratsizlik; ko`p bolali va to`liq bo`lmagan oila; oila ichidagi nizolar;
ahamiyatli boshqalar bilan surunkali janjallar.
V.N.Kudryavtsev jinoyatchini xatto erta yoshida yuzaga keluvchi o`z
muhitidan begonalashish holatini ko`rsatadi. Xullas, 10% foiz tajovuzkor
jinoyatchilar onalari ularni bolalikda sevmagan deb hisoblaydilar (“me`yoriy”
tanlovda faqat 0,73% foiz).
Adabiy ma'lumotlarni yig’ib, delinkventlikni chaqiruvchi quyidagi
mikroijtimoiy omillarni sanab o`tish mumkin:
– bolalarning nozik g’amxo`rlik va ota-onalari tomonidan mehribonligiga
ehtiyoji frustratsiyasi (masalan, o`ta qattiqqo`l ota yoki yetarlicha g’amxo`r
bo`lmagan ona), o`z navbatida, bolada erta jarohatli kechinmalarni uyg’otadi;
– oilada jismoniy yoki psixologik shafqatsizlik yoki kuch kulti (masalan,
jazoning haddan tashqari yoki doimiy qo`llanilishi);
– ma'naviy ongning me`yoriy rivojlanishini qiyinlashtiruvchi ota ta'sirining
yetishmasligi (masalan, uning yo`qligi);
145
– jarohatli sharoitlarni qayd qilish bilan o`tkir jarohat (kasalllik, ota-onaning
o`limi, zo`ravonlik, ajrashish);
– bolani uning xohishlarini bajarishda erkalatish; ota-onalarning yetarli
bo`lmagan talabchanligi, ularning o`sib boruvchi talablarni qo`yishga yoki ularning
bajarilishiga erishishga noqodirligi;
– bolani o`ta rag’batlantirish – ota-onaga, aka-uka va opa-singilga juda ham
jadal erta sevgili munosabat;
– ota-onalar tomonidan bolaga nisbatan talablarning kelishmaganligi
oqibatida unda axloqning aniq tushunchasi paydo bo`lmaydi;
– ota-onalar (vasiylar) ning almashinuvi;
– ota-onalar o`rtasidagi surunkali aniq ko`zga ko`ringan nizolar (ayniqsa,
qachon shafqatsiz ota -onani do`pposlagan vaziyat xavfli);
– ota-onalarning istalmagan shaxsiy xislatlari (masalan, talabchan bo`lmagan
ota va erkalatuvchi onaning uyg’unligi);
– bolaning o`rganish orqali oilada yoki guruhda delinkvent qadriyatlarni
(ochiq yoki yashirin) o`zlashtirishi.
Qoidadagiday, dastlabki onlarda bola frustratsiyani kechirayotib, og’riqni his
qiladi, tushunish va yumshatish bo`lmaganida bu ixlosi qaytish va yovuzlikka o`tadi.
Tajovuz ota-onalar e'tiborini tortadi, bu esa o`z-o`zida bola uchun muhim. Bundan
tashqari, tajovuzdan foydalanib, bola ko`pincha atrofdagilarni boshqarib, o`z
maqsadiga erishadi. Sekin-asta tajovuz va qoidalarni buzish sistematik tarzda
istalgan
natijani
olish
usuli
sifatida
foydalaniladi.
Delinkvent
axloq
mustahkamlanadi.
M.Ratter va D.Gidler «Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi: tendensiya va
istiqbollar» tadqiqotida oilada erta bolalik rivojlanishining xislatlari va individ
bo`ysunishining keyingi darajasi o`rtasidagi aniq aloqani ko`rsatadilar, biroq
ta'kidlaydilarki, oilaning bunday ta'siri mexanizmlari avvalgiday noaniq bo`lib
qolmoqda. Shuningdek, ular ijtimoiy o`zgarishlar va jinoyatchilikning o`sishi
o`rtasidagi korrelyatsiyani bu aloqa mexanizmlariga tegishli bilimlarning
yetishmasligini qayta ta'kidlagan holda ta'kidlaydi. Voyaga yetmaganlar misolida
146
tadqiqotchilar shunday xulosaga keldilar, jinoiy axloq uchun ko`plab sabablar
mavjud. Bular tengdoshlar guruhi, ijtimoiy nazorat va ijtimoiy o`rganish, biologik
va vaziyatli omillar bo`lishi mumkin. Ularning nuqtai nazarlari bo`yicha
profilaktikaning yagona tushuntirishi yoki yagona strategiyani izlash bema'nilikdir.
Qonunga qarshi axloqning individual determinantlari psixologik tahlil uchun
alohida qiziqishdan iboratdir. O`z navbatida, individual xususiyatlar jinsiy farq
bilan ahamiyatli tarzda belgilanadi. Masalan, yaxshi ma'lumki, qonunbuzar axloq
ko`proq erkak jinsi uchun xarakterlidir. Ayollar jinoyatchiligining o`sishiga
qaramay uning nisbiy ko`rsatkichlari erkaklarnikidan past, masalan, Rossiyada 1998
yilda ayollar jinoyatchiligi qayd qilingan umumiy holatning 15% foizini tashkil
etadi.
Ayollar yoki erkaklarga xos bo`lgan jinoyatlar haqida gapirish mumkin.
Bolalarni o`ldirish, fohishabozlik, magazinda o`g’rilik qilish kabi deliktlarni
ko`pincha ayollar sodir etadilar. Erkaklar ko`pincha avtomobilni olib qochadilar,
bosqinchilik qiladilar, o`g’rilik qiladilar, tan jarohati yetkazadilar, o`ldiradir. Tipik
erkakcha jinoyat ham mavjudki, u zo`rlashdir.
Yosh omili ontogenezning turli bosqichlarida o`ziga xos axloqni belgilaydi.
qonunbuzarlikning yosh tezligi dinamikasi quyidagi obrazda ko`zga tashlanadi:
ko`pchilik jinoyatchilarning yoshi 25 bilan 35 orasida kolebletsiya; jinoyat miqdori
hech so`zsiz 14 dan 29 yoshgacha o`sadi; eng ko`p hollarda jinoyat sodir etish 29
yoshga to`g’ri keladi; 29 dan 40 yoshgacha sekin-asta pasayish kuzatiladi; 40 dan
keyin jinoyat qilish siyraklashadi.
Shubhasiz, antiijtimoiy axloq (masalan, tajovuzkordan farqli ravishda)
haqida, ma'lum bir yoshga yetgandan keyingina gapirish mumkin bizning
nazarimizda, 6-8 yoshdan avval emas. Qoidadagiday, kichkina bola o`z axloqini, uni
nazorat qilish va ijtimoiy me`yorlarga nisbatan yetarlicha anglashi mumkin emas.
Faqat maktabdagina bola ilk bor va haqiqatan printsipial ijtimoiy talablar bilan
to`qnashadi hamda maktab yoshidan boshlab boladan axloqning asosiy qoidalariga
qat'iy amal qilishni kutish mumkin.
147
Turli yoshda delinkvent axloqning “sifatli” xususiyatlarining ko`rinishiga
o`rin bor. Ontogenezning ilk bosqichida ijtimoiy axloqning buzilishi bolaning psixik
rivojlanishidagi muammolarni yoki avloddan-avlodga o`tuvchi xarakterga ega
bo`lgan asabiy reaktsiyani o`zida aks ettiradi. Masalan, bolaning besh yoshida
o`g’rilik qilishi giperfaollik, e'tibor va muxabbatga abadiy ehtiyoj, yaqin odamini
yo`qotish reaktsiyasi, intellektual rivojlanishdagi to`xtalish, zaruriy ozuqa va
buyumlarni olish imkonsizligi bilan bog’liq bo`lishi mumkin.
Maktabga chiqish lahzasidan vaziyat printsipial tarzda o`zgaradi – bolada
ulg’aygan psixik imkoniyatlari sharoitida shaxsning jadal ijtimoiylashuvi bosqichi
boshlanadi. Shu vaqtdan boshlab bolaning ma'lum bir harakatlarini haqiqatan
qonunbuzarlikka yaqin sifatda ko`rib chiqish mumkin. Kichik maktab yoshida (6-
11 yosh) delinkvent axloq quyidagi shakllarda ko`rinishi mumkin: mayda bezorilik,
maktab qoidalari va intizomni buzish, dars qoldirish, uydan qochib ketish,
yolg’onchilik va o`g’rilik.
Rossiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy krizis delinkvent axloqning, shu jumladan,
yosh bolalar guruhlarida ham o`sishiga ko`maklashganini ta'kidlash lozim. Aholi bir
qismining qashshoqlashuvi, jamoatchilik tarbiya institutlarining parchalanishi,
jamiyat ko`rsatmalarining o`zgarishi bularning barchasi qarovsiz turdagi asotsial
bola shahar ko`chalarining odatiy qahramoniga aylanishiga olib keldi. Kichik
yoshdagi maktab o`quvchilarining ko`cha bezoriliklari (o`g’rilik, telefon avtomatlari
yaqinidagi qalloblik, ta'magirlik) daydilik, giyohvand moddalar va spirtli
ichimliklarni iste'mol qilish bilan uyg’unlashadi. Albatta, bunday holatlarda
bolalarning deviant axloqi qonunan o`smirlar va katta yoshdagilarning delinkvent
axloqiga o`tadi.
O`smir yoshida (12—17 yosh)gi qonunbuzarlik harakatlari anchagina
anglangan va ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu yosh uchun “odatiy” buzilishlar – o`g’il
bolalarda – o`g’rilik va bezorilik, qizlarda – o`g’rilik va fohishabozlik bilan bir
qatorda yangi shakllar ham keng tarqaldi. Giyohvand moddalar va qurol bilan savdo-
sotiq qilish, reket, qo`shmachilik, muttahamlik, biznesmen va xorij fuqarolariga
148
tashlanish. 1998 yili 190 mingga yaqin voyaga yetmagan jinoyatchilar (qonunni
buzuvchilarning umumiy sonini 10% foizi) ro`yxatga olingandi.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda o`smirlar tomonidan sodir etilgan
jinoyatlarning katta qismi guruh bo`lib amalga oshirilgan. Guruhda jazodan qo`rquv
pasayadi, tajovuz va shafqatsizlik keskin kuchayadi, o`ziga va sodir
bo`layotganlarga nisbatan tanqid susayadi. Guruhli qonunbuzarlik axloqining bir
muncha yuqori ko`rsatkich namunasi futbol matchidan keyin yoshlar ko`pchilikni
tashkil etuvchi ishqivozlarning “sayri” hisoblanadi.
V.N.Kudryavtsyev hisoblaydiki, jinoiy karera, qoidadagidek, yomon o`qish
va maktabdan begonalashishdan (unga salbiy-dushmanlarcha munosabat)
boshlanadi. Keyin oilaviy muammolar va tarbiyaning “nopedagogik” usuli fonida
oiladan begonalashish sodir bo`ladi. Keyingi qadam esa jinoiy guruhga kirish va
jinoyat sodir qilish o`ladi. Bu yo`lni bosib o`tishga o`rtacha 2 yil talab qilinadi.
Mavjud bo`lgan ma'lumotlarga qaraganda 60 foiz professional jinoyatchilar
(o`g’rilar va moshenniklar) bu yo`lga o`n olti yoshlarida qadam qo`yganlar.
Determinatsiya bo`yicha o`smir huquqbuzarlarni quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin:
Birinchi guruhni ularning harakatlarga hissiy reaktsiyasini noto`g’ri
yo`naltiruvchi qator sabablar oqibatida rivojlanmay qolgan oliy tuyg’ular (uning
xabari, majburiyat tuyg’usi, mas'uliyat, yaqinlariga ko`ngil qo`yish) yoki yaxshilik
yoki yovuzlik haqidagi tasavvurlarga ega o`smirlar tashkil etadi.
Ikkinchi guruhga gipertrofik yosh reaktsiyasi bo`lgan o`smirlarni kiritish
mumkin, bu ularning oppozitsion va antiijtimoiy axloq xarakteriga o`tishini
ko`rsatadi (boshqa yoqimli sharoitlarda).
Uchinchi guruhni delinkvent axloqni bevosita o`z atrofidagilarga turg’un
yuzaga chiqaruvchilar va kim uchun bunday axloq odatdagi me`yoriy (o`z o`zining
salbiy obrazi, o`z-o`zining nazorati yo`qligi, sust rivojlangan vijdon, odamlarga
ehtiyojiy munosabat bilan) hisoblanganlar tashkil etadi.
149
To`rtinchi guruhga psixik va asabiy xafagarchiligi bo`lgan o`smirlarga
taalluqlidir (ularda delinkvent axloq bilan birgalikda og’riqli simptomlar yoki
intellektual rivojlanmaganlik belgilari ishtirok etadi).
Nihoyat, o`smirlarning ongli ravishda delinkvent axloqni tanlovchi (psixik
xafagarchilik bilan azoblanmaydigan yetarlicha o`z-o`zini nazorat qilishga ega va
o`z tanlovining oqibatlarini tushunuvchi) beshinchi guruhi ajratiladi.
Bir muncha noxush prognostik belgilar (kelgusida antijamoatchilik axloqini
shakllanishi planida) deb quyidagilarni hisoblash mumkin: vijdon va aybdorlik
tuyg’usining yo`qligi, patologik aldamchilik, odamlarga ehtiyojiy munosabat,
beparvolik, irkitlik, aniq ko`rinib turgan psixopatologiya.
Jinsiy va yoshdan tashqari, konstitutsional omil ajratiladi. Tadqiqotchilar
konstitutsional xususiyatlar shaxs rivojlanishini antiijtimoiy tomonga yo`naltirishi
mumkin, deb ta'kidlaydilar. Masalan, bolaning ishtiyoqi shu qadar kuchli bo`lishi
mumkinki, u ochlik holatiga qiyinchilik bilan chidaydi, buning ta'siri ostida u
o`g’rilikka qo`l urishi mumkin. Yoki ehtimol, kichik bolalarda yaqin munosabatlar
o`rnatish qobiliyatida aniq ko`rinib turgan individual farq mavjud.
Psixopatologiyaning (har qanday yoshda) shaxs delinkvent axloqiga ta'siri
haqidagi masala munozarali bo`lib qolmoqda. «Psixik og’ishlar va antijamoatchilik
axloq munosabatlarining muammosi psixiatriyada eng murakkab va
chalkashlaridan biridir», – deya ta'kidlaydi V.V.Korolyev. Delinkvent axloq bilan
uyg’unlashuvchi anomaliyalarning bir muncha tarqalgani sifatida quyidagilarni
aytadilar: psixopatiya, piyonistalik; asabiy xafagarchilik; bosh suyagi-miya
jarohatlar va bosh miyaning organik kasalliklarining qoldiq ko`rinishlari;
intellektual yetishmovchilik.
Psixik anomaliyaga ega bo`lgan odamlar intellektual yoki hissiy-ixtiyoriy
patologiya oqibatida o`z harakatlarini anglash va nazorat qilishning past layoqatini
namoyon etadilar. Ayni damda tibbiy me`yordan og’ishishni garchi ular qator
hoatlarda uyg’unlashsa-da, jinoiy harakatlarni chaqiruvchi aniq sabablar deb
hisoblab bo`lmaydi. Psixik xafagarchilikning muayyan sharoitlar bilan
uyg’unlashuvida odamning o`z jinoyati uchun qonun oldida javob bera oladigan
150
ahamiyatli tarzda pasaytiruvchi, ya'ni o`z harakatlarini anglash va ularni nazorat
qilishga qodir patologik affektning yuzaga kelishini kutish mumkin.
Ko`pgina mualliflar ham kam dalillangan, ko`pincha atrofdagilar uchun
kutilmagan shafqatsiz qotillikni aynan patologik axloqning ko`rinishi sifatida ko`rib
chiqadilar. Yu.B.Mojginskiy ko`rsatishicha, psixik xafagarchilik belgisisiz o`smirlar
tomonidan sodir etilgan shunga o`xshash jinoyatlar qolida ikkita patologik
tendensiya kuzatiladi: affektning buzilishi (ruhiy azoblanish holati, distimiya) va
shaxs krizisi (psixopatik rivojlanish). Ushbu buzilishlar shaksiz aniq ijtimoiy-
psixologik kontekst bilan uyg’unlashadi. Ular orasida muallif nizoli vaziyatlar, uzoq
muddatli stress (oilada cho`zilib ketgan janjal), o`smir guruhlarining ta'siri (guruhli
qadriyatlar va qoidalar), to`laqonli emaslik kompleksi, ahamiyatsiz bo`lgan tashqi
xavfni nomlaydi.
X.Remshmit o`smirlar delinkvent axloqining etiologiyasida boshqa psixik
kasalliklar belgisisiz yengil hissiy zararlar; qo`rquv, sog’inch yoki axloqning
zo`ravonlik usuli bilan manifestlanadigan aniq ko`rinib turgan hissiy buzilishlarni
ajratadi. Qator holatlarda kayfiyatning buzilishi mayl patologiyasi bilan
uyg’unlashadi, masalan, kuydirish (piromaniya) yoki o`g’rilik (kleptomaniya) ga
davriy yengib bo`lmas qiziqish bo`lgan patologik axloq. Shu qatorda qiziqishlar
buzilishiga qochish va daydilikka moyillik taalluqlidir. Umuman olganda buzilgan
qiziqishlar sindromi quyidagilar bilan xarakterlanadi: impulsivlik, turg’unlik, shaxs
uchun begonalik va yengib bo`lmaslik.
X.Remshmit, ruhiy azoblanish holatidagi delinkventlarni yoritib, “qiziqish va
tajovuzning kuchayishi” hamda “qiziqishning mutlaq yo`qolishi” holatining
almashinishi haqida gapiradi. Keltirilgan ma'lumotlar affektiv ixtisosi shaxsning
antiijtimoiy axloq bilan bog’langan va o`z navbatida, ichki hamda tashqi omillar
yig’indisiga bo`ysunuvchi bir muncha ahamiyatli xislatlaridan biri hisoblanishi
haqida gapirishga imkon beradi.
Shunday qilib, axloq determinatsiyasi bo`yicha delinkvent shaxsning bir
necha asosiy guruhlarini ajratish mumkin:
151
1.
Vaziyatli qonunbuzar (ko`pincha vaziyat taqozosi bilan qo`zg’atilgan
qonunga qarshi harakatlar);
2.
Submadaniyatli qonunbuzar (antiijtimoiy qadriyatlar guruhlari bilan
o`xshash bo`lgan buzuvchi);
3.
Asabiy qonunbuzar (intrapsixik nizo va xavotir natijasida chiquvchi
asotsial harakatlar);
4.
“Organik” qonunbuzar (impulsivlik, intellektual yetishmovchilik va
affektivlik ustunligi bilan miya jarohati oqibatida sodir etiladigan qonunga qarshi
harakatlar);
5.
Psixotik qonunbuzar (og’ir psixik buzilish – psixoz, ongning
xiralashishi natijasida sodir etiladigan deliktlar);
6.
Antiijtimoiy shaxs (shaxsiy chiziqlarining maxsus uyg’unligida yuzaga
kelgan
antijamoatchilik
harakatlari:
dushmanlik,
oliy
tuyg’ularning
rivojlanmaganligi, yaqinlikka qodir bo`lmaslik).
Dostları ilə paylaş: |