O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Qonunga qarshi motivatsiyaning shakllanish sharoitlari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   187
4. Qonunga qarshi motivatsiyaning shakllanish sharoitlari.
Yuqorida 
ko`rib chiqilgan ichki va tashqi sharoitlar delinkvent axloqning shakllanishiga 
imkon beradi. Ayni damda, qonunbuzarlikni yoritib, ko`pchilik mualliflar 
delinkvent axloqning paydo bo`lishida shaxs antiijtimoiy yo`nalganligining hal 
qiluvchi roli haqidagi xulosaga yonbosadilar. Gap qonunga qarshi axloqning 
bevosita sababi bo`lib chiquvchi 
maxsus motivatsiya haqida boradi. 
V.N.Kudryavtsev shaxsning antijamoatchilik orientatsiyasi to`g’risida so`zlaydi. 
Boshqa mualliflar o`xshash atamalardan foydalanadilar: shaxsning kriminogenli 
deformatsiyasi, antijamoatchilik ko`rsatmalari, antiijtimoiy yo`nalganlik, qonunga 
qarshi motivatsiya. Ushbu atamalar shaxsning bir muncha turg’un va ustun bo`lgan 
sabablar ichki ishonch istagi, ehtiyoj, ko`rsatmalar, qadriyatlar, manfaatlar va
e'tiqod tizimini belgilaydi.
Qonunga qarshi motivatsiya ifodalanishning turli manba, shakl va darajasiga 
ega bo`lishi mumkin. V.V.Luneyev qonunga qarshi harakatlarning quyidagi 
yetakchi motivatsiyalarini ko`rib chiqadi: g’arazli-ta'magir, zo`ravon-egoistik, 
anarxistik-individualistik, yengiltabiat mas'uliyatsizlik, qo`rqoq jur'atsizlik. 


152 
A.I.Dolgova o`smirlar misolida shaxs deformatsiyasining zo`ravon va 
g’arazli tiplarini ajratadi. Zo`ravonlik tipida o`z-o`zini tasdiqlashga intilish, o`zini 
kuchli, haqiqatgo`y, har doim yordamga tayyor mehribon natura deb tasavvur etish 
xohishi mavjud. Biroq haqiqatgo`ylik haqidagi tasavvur bunday shaxslarda 
noto`g’ri, ish mohiyati bo`yicha ularning axloqi jinoyatchining axloqi hisoblanadi.
Ular uchun guruhli egoizm, norasmiy guruhlarga zich bog’langanlik, shafqatsizlik, 
kuchga ibodat qilish, o`z axloqining to`g’riligiga ishonish tipikdir. G’arazli tip 
uchun guruhli emas, individual egoizm xarakterli. Uning vakillarida qadriyatli 
orientatsiya ancha nuqsonli, ular o`z harakatlarining qonunga qarshi xarakterini 
to`la anglaydilar. Bunday o`smirlarni sirlilik, axloqsizlik, g’arazli ko`rsatmalarning 
mavjudligi, anchagina chuqur ijtimoiy qarovsizlikni farqlaydi. Amaliyotning 
kattagina qismida ko`rsatilgan tiplarning kombinatsiyasi bilan ish olib borishga 
to`g’ri keladi.
Qonunga qarshi motivatsiya aniq shaxs motivlaridan ustunlik qiluvchi 
mustahkam tizim sifatida bevosita uning huquqiy ongi bilan bog’liq. Huquqiy ong 
quyidagilarni ko`zda tutadi:
1) qonunlarni bilish va ularni tushunish; 
2) qoidalarni shaxsga ahamiyatli kabi qabul qilish, ularning foydaliligi va 
haqqoniyligiga ishonish;
3) qonun va qoidalarga muvofiq tayyorlik, malaka va odatlarni 
harakatlantirish. Shubhasiz, me`yoriy ijtimoiy rivojlanish madaniy (shu jumladan, 
huquqiy) me`yorlarni individual qadriyatlarga aylanish jarayonini ko`zda tutadi. 
Shaxsiy mazmun tizimi orqali singan huquqiy me`yorlar ixtiyoriy boshqaruv bilan 
uyg’unlashib, shaxsning qonunga bo`ysunish kabi sifatini ta'minlaydi.
N.F.Kuznetsova katta odamlarning qonunga bo`ysunishining motivatsiyasini 
aniqlash maqsadida so`rovnoma o`tkazdi(1984). So`ralganlar orasida 52,3% foizi 
qonun va tartibning foydaliligiga o`z ishonchlarini; 27,4% foizi – qonunga amal 
qilish odatini ta'kidladilar. Yakka javoblar (4 tadan 1,5%foizgacha) – boshqalar 
namunasining ta'siri, atrofdagilarning ishonchini yo`qotish qo`rquvi, shaxsiy hisob-
kitob, muhokamadan qochish istagi. Faqat 0,9 % respondentlar qonunga 


153 
bo`ysunishning sababi sifatida jazodan qo`rqish ekanini ta'kidlaganlar. Yoshlarda 
jazodan qo`rqish hiyla ifodalangan: 7% foiz so`ralganlar shu sababni aytganlar.
Biroq umuman olganda jazodan qo`rqish jinoyat sodir etishga qarshilik qilmaydi. 
Tadqiqotlar ma'lumotlari bo`yicha 2 mingta mahkumlardan faqat 4% foiz 
respondentlargina jinoyat sodir etayotib uning ortidagi jazo haqida o`ylanganlar. 
Ushbu tadqiqotlarning ko`rsatishicha, jinoyatchilarda qonunga bo`ysunish me`yoriy 
odamlarnikiga qaraganda 5-9 marta pastekanligini ko’rishimiz mumkin.
Shunday qilib, qoidalarni bajarish yoki uni buzishning motivatsiyalari turli-
tuman bo`lishi mumkin ekan. Qonunga qarshi harakatlarni qo`zg’atuvchi alohida 
sabablari quyidagilar bo`lishi mumkin: tezda lazzat olishga intilish, o`z-o`zini 
tasdiqlashga, qulaylikka yoki yuqori ijtimoiy mavqega intilish, oppozitsion axloq 
(buzishga ichki intilish, taqiqlar), axloqiy steriotiplar (kriminal muhitda bo`lish 
tajribasi), tajovuz va sadistlikka moyillik, ijtimoiy steriotiplar va an'analarga 
ergashish, guruhga mansublikni his qilish va uni ma'qullashga ehtiyoj, zerikish, xatar 
va o`tkir hissiyotlarga intilish, frustratsiya, majburiy himoya zarurati, al`truizm 
(boshqa odamlar yoki yuqori maqsadlar evaziga qonunbuzarlik).
Rejissyor Lyuk Bessonning “Leon” (1996) filmida delinkvent axloqning 
ikkita motivatsion chiziqlarni qarama-qarshi qo`yadi.
Birinchi chiziq – “tozalovchi”, vijdonli kallakesar, boshidanoq tanlash 
imkoniyatidan maxrum bo`lgan Leon obrazida gavdalantirilgan. Italiyadan kelgan 
savodsiz emigrant Leon (Jan Reno) Amerikaga hech bir kasb va yashash uchun 
mablag’siz keladi. “Marhamatli qariya” Toni Leonga killerlik ishini topib berib, 
undan foydalangancha “yordamlashadi”. Leon yashashni istash va hayotni sevish 
nima ekanini bilmaydi. U shunchaki yolg’iz o`zi bu shafqatsiz hayotda yashaydi. U 
o`z ishini “faqat ayollar va bolalar emas” qat'iy tamoyilga rioya qilgan xolda 
vijdonan bajaradi. Uning hayotida oilasini yo`qotgan Matilda ismli qizning tasodifan 
paydo bo`lishi Leonda insoniy mohiyatni xayrixohlik, g’amxo`rlik, muxabbatni 
uyg’otadi. Leon o`zining yagona sevgisini himoya qilgancha asl qotillar bilan 
kurashda xalok bo`ladi. 


154 
Ikkinchi chiziq qahramon Garri Oldman giyohvand moddalar bilan kurash 
bo`yicha bo`limni boshqaruvchi psixopat-politsiyachi bilan taqdim etilgan.
Hokimiyatga beriluvchan o`tkir shaxsiy sifatlarga ega bo`lib, ulardan nozik 
jinoyatlarni sodir etishda foydalanadi. Bu, shubhasiz, delinkvent shaxsning yagona 
qonuni – qonunsizlikdir. Ko`p narsaga ega bo`lib, u faqat bitta narsadan boshqa 
odamning yuzida o`lim qo`rquvining mushohadasidir. Adbatta, delinkvent axloq 
bilan to`qnashib, biz dastavval uning ortida yashiringan sabablarni tadqiq 
etmog’imiz zarur.
Ongsiz motivatsiyani ochuvchi psixoanalitik tadqiqotlarda delinkventlik ichki 
nizo va oddiy himoya natijasi sifatida ko`rib chiqiladi. Antiijtimoiy axloq holatida 
delinkventlikning quyidagi ongsiz sabablari harakatlanishi mumkin: 
– tezkor qoniqishni talab qiluvchi istak; 
– kuchsiz g’azab, umidsizlik – razryadka izlovchi tajovuzni boshdan 
kechirish;
– o`ch olishni talab qiluvchi xafalik;
– haqiqatni tiklashga sabab bo`luvchi hasad; 
– ishonchsizlik va masofani saqlashga intilish;
– ulug’vorlik va qudratlilik fantaziyasi. 
Shaxsiy dinamika A. Ayxorn nuqtai nazaridan delinkventlikning ikkita asosiy 
tipning mavjudligini ko`rsatadi:
Antiijtimoiy axloq bilan chegaradosh asabiy holat; qachonki shaxs ichki nizo 
holatida bo`ladi va uning qaysidir qismi aybdorlik tuyg’usini uyg’otib, delinkvent 
axloqni ta'qiqlaydi. Aybdorlik tuyg’usi ustunligida delinkvent o`zini g’alati tutadi, 
masalan, o`g’irlangan shapkada yuradi yoki o`g’rilikdan foyda olmaydi. U aniq fosh 
bo`lishni istaydi va ko`pincha shunday bo`ladi ham. Uning tushiga dahshatlar kirib 
chiqadi. U jazodan keyin yengillikni his qiladi. Qator hollarda jinoyatchilarda 
aybdorlik hissini jinoyat sodir etishdan oldin paydo bo`ladi. Bunda delinkventlik 
super-Ego bosimidan yengillashish olish istagi tufayli vujudga keladi; 
Asabiylik belgilarisiz antiijtimoiy axloqda nizo “tashqariga chiqarilgan” – bu 
libid istaklarning erta frustratsiyasi sababli atrofdagilar bilan ochiq nizo asosida 


155 
yuzaga keladi. Biroq jazoga ixtiyorsiz ehtiyoj va qoniqish tamoyilining ustunligi 
bosqichidagi qayd qilingan har ikki vaziyatda ham ifodalangan.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin