270
qiynalayotgan bunday o‘quvchilarda diqqat barqaror bo‘lmaydi, uning
qo‘zg’aluvchanligi ustun turadi. Ularda diqqat bo‘linuvchan parishonxotirlikka
moyil bo‘ladi. Diqqat o‘z navbatida xotira jarayoni bilan bog‘liqdir.
Inson diqqatini bir ob’ektga to‘la qarata olmaganidan
keyin albatta uning
xotirasida to‘la esda qolmaydi, natijada maktabda beriladigan bilimlarni
o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga uchraydilar.
Shunday qilib ular fanlarni bo‘sh o‘zlashtiradilar yoki umuman o‘zlashtira
olmaydilar. Demak, o‘smirlarning o‘zlashtira olmasligining asosiy sabablari
sifatida:
1.
Bilim olish faolligining pastligi;
2.
Bilimga qiziqishning kuchsizligi;
3.
Zarur yordam bo‘lmasligi tufayli, ayrim fanlarni o‘zlashtirishdagi
qiyinchiliklarinng ortib borishi;
4.
Aqliy o‘sish
nuqsonlari, ya’ni psixologik ko‘rinishlarni ko‘rsatib o‘tish
mumkin.
Bundan tashqari o‘quvchilarning o‘zlashtirmasligining sabablari quyidagilar
ham bo‘lishi mumkin, ya’ni soligining yomonlashuvi, ovqatlanishining yaxshi
emasligi, ish qobiliyatining sustligi. Bu hususda shoshilinch choralar ko‘riladi.
Boshqa sabablarga, oiladagi munosabatlarning yomonlashuvi, konfliktlar, janjallar,
ota-onaning spirtli ichimliklar ichishi kiradi. Albatta bu salbiy hodisalarga ota-
onalarning o‘zlari barham berishlari, ba’zan esa ularga jamoatchilik orqali ta’sir
o‘tkazish lozim.
O‘quvchilarning o‘zlashtirmasliklarining
yana bir keng tarqalgan
sabablaridan biri o‘quv mehnati ko‘nikmalarining shakllanmaganligi, topshiriqlarni
bajarish tartibini to‘g‘ri tanlay olmaslik, o‘qish va yozishdagi sustlik, uy vazifasini
olingan kunda bajarmaslikdir. Shunda o‘quvchiga yordam ko‘rsatish chorasini
jamoa bilan belgilash va uni ota-onalar bilan birgalikda amalga oshirmoq zarur.
O‘zlashtirish va xulqdagi nuqsonlarning sabablaridan biri o‘qishga sitqidildan
yondoshmaydigan tengdoshlarning ta’siridir. Bunday holatda sinf rahbari va ota-
271
onalar bolaning tengdoshlari bilan munosabatida yangi, nisbatan foydali aloqalarni
o‘rnatishga harakat qiladilar.
O‘zlashtira olmaslik sabablarini aniqlash va uning oldini olish
o‘quvchilarning
bilim faoliyatiga, intellektual sohalarga oid xususiyatlarini,
shuningdek ularning shaxsiga oid ba’zan bir xususiyatlarini sinchiklab tahlil qilish
asosida muttasil o‘zlashtirmaslikning oldini olish va unga barham berishning
optimal yo‘llari aniqlangan. Muttasil o‘zlashtirmaslikka barham berish uchun
o‘quvchining o]z kuchiga ishonishi, o‘z imkoniyatlari
va qobiliyatlariga ishonch
bilan qarashi muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchini u o‘quv materiallarini o‘z
o‘rtoqlaridan yaxshiroq bila olishi va tushina olishiga "qiyin" degan narsa "qilib
bo‘lmaydi" degan ma’noni bildirmasligiga ishontirish kerak. o‘qituvchilar shu
narsani hamisha esda tutishlari lozimki, o‘z kuchiga ishonch bilan qarashni tarkib
toptirish o‘quvchiga dastlabki va o‘z muvaffaqiyatlarini ham his qilishiga yordam
beradi. Shu sababli o‘zlashtirmovchi o‘quvchi bilan ishlashni shunday tashkil etish
muhimki, u o‘zini ilgarilab borayotganini his qilsin. Unga dastlabki muvaffaqiyatlari
quvonchini his etishga imkon berish kerak. O‘qituvchi o‘quvchining garchi oz bo‘lsa
ham, erishgan muvaffaqiyatlarini ta’kidlash, uning diqqat e’tiborini erishgan ayrim
yutuqlariga qaratish uchun har bir imkoniyatdan foydalanishi muhim.
Ota –ona tomonidan o’smir yoshidagi bolalarning vaqtini to’g’ri taqsimlash
uchun bolaning bo’sh vaqtini qoldirmaslik lozim. Maktabda bo’lish vaqti va
maktabdan keyingi vaqtlarini to’g’ri taqsimlanishi kerak. Har bir ota – ona o’z
farzandini nazoratini olishi, maxsus to’garaklarga jalb qilishi, sinf rahbari bilan
hamkorlikda olib boriladi. Mаktаblаrdа o’smirlik
vа undаn yuqоri yoshdаgilаr
uchun dоimiy оmmаviy tаdbirlаr, spоrt musоbаqаlаri, shоulаr tаshkil qilish,
tаlаbаlаr uchun bulаrdаn tаshqаri turli аqliy bаhslаr, оmmаviy bаyrаm tаdbirlаrini,
оmmаviy mеhnаt fаоliyatini tаshkil qilib turish,
umumаn yoshlаr uchun
ko’ngilоchаr mаskаnlаrni ko’pаytirish mаqsаdgа muvоfiq nаtijаlаr bеrishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: