O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Mirsaidov, T. M. Sobirjonov nazariy mexanika


Vaqt -  uzluksiz davom etuvchi hodisa boʻlib, jism harakatida asosiy rolni  oʻynaydi;  massa-



Yüklə 6,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/177
tarix14.12.2023
ölçüsü6,14 Mb.
#177756
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   177
Nazariy Mexanika darslik

Vaqt - 
uzluksiz davom etuvchi hodisa boʻlib, jism harakatida asosiy rolni 
oʻynaydi; 
massa-
oʻzgarmas kattalik boʻlib, jismlarning miqdorini aniqlaydi. 
Jismlarning tezlanishi uning massasiga bogʻliq ravishda oʻzgaradi; 


18 
kuch-
jismlarning oʻzaro ta’siri boʻlib, miqdori, yoʻnalishi va qoʻyilish 
nuqtasi bilan aniqlanadi. Jismlarning bir-biriga ta’siri ularning toʻgʻridan-toʻgʻri 
tegib turganda yoki biror masofada turganida ham yuz berishi mumkin. 
B.
 
MEXANIKA AKSIOMALARI. 
Jismlarning tinch holatini yoki toʻgʻri 
chiziqli tekis harakatini aniqlovchi, asrlar mobaynida kuzatishlar va tajribalardan 
aniqlangan, ba’zi bir tushunchalar mexanikada 
aksiomalar 
deb ataladi. Bu 
tushunchalar yordamida statikaning boshqa holatlari dinamika qonunlarisiz 
asoslanadi. Aksiomalarni tushuntirishdan avval jismga ta’sir qiluvchi kuchlarning 
ta’rifini beramiz: 
- jismga ta’sir etuvchi kuchlar toʻplami 
kuchlar sistemasi 
deb ataladi; 
- jism kuchlar sistemasi ta’sirida tinch holatini yoki harakatini oʻzgartir-
masa, bunday kuchlar 
muvozanatlashgan kuchlar sistemasi 
deyiladi. 
- jismning holatini yoki harakatini oʻzgartirmay, ta’sir etuvchi kuchlar 
sistemasini boshqa kuchlar sistemasi bilan almashtirish mumkin boʻlsa, bu 
sistemalar 
ekvivalent kuchlar sistemasi 
deb ataladi; 
- jismga ta’sir etuvchi kuchlar sistemasiga bitta kuch ekvivalent boʻlsa, bu 
kuch 
teng ta’sir etuvchi kuch 
deb ataladi. 
1-aksioma: 
Absolyut qattiq jismga ta’sir qiluvchi ikki kuch miqdor 
jihatidan teng, qarama-qarshi yoʻnalgan va bir toʻgʻri chiziqda yotsagina, jism
tinch holatda boʻladi. 
1.8-shakl. 
2-aksioma: 
Biror jismga qo‘yilgan kuchlar sistemasiga qo‘shimcha 
ravishda o‘zaro muvozanatlashuvchi kuchlar sistemasini qo‘shsak yoki ularni 
sistemadan olib tashlasak, bu kuchlar sistemasining jismga ta’siri o‘zgarmaydi. 


19 
1.9-shakl. 

Yüklə 6,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin