O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Mirsaidov, T. M. Sobirjonov nazariy mexanika



Yüklə 6,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/177
tarix14.12.2023
ölçüsü6,14 Mb.
#177756
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   177
Nazariy Mexanika darslik

absolyut qattiq jism 
deb, har qanday holatda jismning ixtiyoriy ikki 
nuqtasi orasidagi masofasi o‘zgarmay qolishiga aytiladi. Bu tushuncha ham 
abstract-hayoliy ideallashtirish tushunchasi boʻlib, qattiq jism ko‘rsatilgan tashqi 
ta’sirlar natijasida u yoki, bu miqdorda o‘zining geometrik shaklini o‘zgartiradi 
(
masalan, egilish, siqilish, buralish, cho‘zilish va h.k.
). Bunday o‘zgarishlar 
deformatsiyalanish
deb ataladi. Nazariy mexanikada yuqoridagi cheksiz kichik 
oʻzgarishlar hisobga olinmaydi (1.7-shakl); 


17 
1.7-shakl. 
Poʻlat qattiq jism hisoblanib, kuch ta’sir ida juda 
kam deformatsiyalanadi. Shuning uchun gʻildirak 
va relsning oʻzaro ta’sir i 1 ta bosim kuchi bilan ifodalanadi. 
kuchlarning teng ta’sir etuvchisi - 
jismga ta’sir qiluvchi bir necha 
kuchlarni bitta kuch bilan almashtiruvchi kuchga aytiladi. Aslida kuchlar jismning 
kichik yuzasiga ta’sir qiladi, ammo biz ularni bir nuqtaga toʻplab, bitta kuch 
sifatida olamiz. Masalan, relsning bosim kuchi koʻrinishida (1.7-shakl). 
mexanik sistema 
deb, har birining harakati va holati boshqalarining 
harakati va holatiga uzviy bogʻliq boʻlgan moddiy nuqtalar, yoki jismlar 
toʻplamiga aytiladi. Mexanikada ixtiyoriy mexanizm-mashinalar, quyosh 
planetalar sistemasi, yoki alohida bitta jism mexanik sistema boʻlishi mumkin. 
Ideyallashtirilgan (abstraksiyalashtirilgan) tushunchalar mexanikada juda 
koʻp, qolganlariga kerakli joyda izoh berib ketiladi. 
Mexanikada asosan toʻrtta oʻlchovlar juda koʻp uchraydi: 
Uzunlik - 
moddiy nuqtaning fazodagi oʻrnini va qattiq jismning, yoki 
mexanik sistemaning hajmini aniqlashga ishlatiladi. Keyinchalik uzunlik jismlar 
orasidagi masofa va ularning geometrik xususiyatlarini aniqlashda ishlatiladi

Yüklə 6,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin