Qisqacha xulosalar Yetarli darajada rivojlanmagan mintaqalar iqtisodiyotini jadal rivojlantirish
hisobiga mintaqalararo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi farqni bosqichma-bosqich
qisqartirishni ta’minlash rivojlantirish strategiyasining asosiy maqsadlaridan biridir.
YaIM va YaHM o‘rtasidagi tafovut - YaIM mintaqalar bo‘yicha hosil
bo‘lgan, taqsimlanmagan qismidan iborat bo‘lib, respublika darajasida undiriladigan
ayrim bilvosita soliqlar, boj to‘lovlari hamda markazlashtiriladigan eksport hisobiga
hosil bo‘ladi.
Mahalliy budjetlarning hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati
juda katta hisoblanadi. Chunki hudud o‘zining belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy
vazifalarini bajarishda markazlashgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan
tashqari, asosan, mahalliy budjet mablag‘lariga tayanadi. Jami ijtimoiy soha
xarajatlarining qariyb 80foiz mahalliy budjetlar orqali moliyalashtiriladi. Mahalliy
budjetlar orqali xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport muassalarini,
mahalliy hokimiyat boshqaruv organlarini, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan
nafaqalar moliyalashtirilib boriladi.
242
Keyingi yillarda barcha hududlarda sanoat ishlab chiqarishini o‘stirishga
e’tibor, barcha viloyatlarda sanoat ishlab chiqarishi o‘sgani holda tarkibida siljishlar
ro‘y berishiga sabab bo‘ldi.
Nazorat va muhokama uchun savollar: 1.
Hududlarni kompleks rivojlantirish deganda nimani tushunasiz va uning
hududlar o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish yo‘nalishlari nimalardan iborat?
2.
Mahalliy budjet va uning hudud rivojlanishidagi o‘rnini tushuntirib bering.
3.
Hududlarda aholi bandligini ta’minlash masalalari nimalardan iborat?
4.
Hudularda investitsiyalarning o‘rni va uning mamlakat rivojlanishga ta’sirini
izohlab bering.
5.
Hududlarda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash omillari
nimalardan iborat deb o‘ylaysiz?