O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

Yalpi ichki mahsulot (YaIM)
– bu muayyan davr mobaynida, odatda, bir yil 
mobaynida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning bozor 
bahosidagi qiymati hisoblanadi.
Yalpi hududiy mahsulot (YaHM)
esa bir yil davomida muayyan ma’muriy-
hududiy birlikda, masalan, viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning 
bozor bahosidagi qiymati hisoblanadi.
Ular o‘rtasidagi tafovut
– YaIM mintaqalar bo‘yicha hosil bo‘lgan, 
taqsimlanmagan qismidan iborat bo‘lib, ushbu tafovut respublika darajasida 
undiriladigan ayrim bilvosita soliqlar, boj to‘lovlari hamda markazlashtiriladigan 
eksport hisobiga hosil bo‘ladi. 
Respublikamizda barqaror iqtisodiy o‘sishning ta’minlanishida hududlarning 
roli beqiyosdir. So‘ngi yillarda respublikamizning barcha hududlarida ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi tarkibiy o‘zgarishlar kompleks tarzda amalga 
oshirilmoqda.
 
Hududlarni kompleks rivojlantirish
– bu sanoat, qishloq xo‘jaligi, 
xizmatlar kabi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini muvozanatli va mutanosib 
rivojlanishini ta’minlash va ushbu jarayonda ijtimoiy va ekologik muammolarni 
iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan uyg‘unlashgan holda yechib borish, bunda barcha 
hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy va iqtisodiy tafovutlarini qisqartirib borishni nazarda 
tutadi. Yuqoridagi ijtimoiy- iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish uchun raqobatdoshlik 
muhitini yaratish muhim omil hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, 
Raqobatdoshlik
– bu rivojlanish darajasi bo‘lib, unga ko‘ra 
mintaqa o‘zining tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan, raqobat ustunliklari va institutsional 
imkoniyatlaridan samarali foydalanishi hisobiga aholi turmush darajasi va sifatining 
barqaror o‘sib borishini ta’minlaydi. Barchaga ma’lumki, hududlar birdek tabiiy 
resurslar, ishlab chiqarish salohiyati, mehnat resurslari, infratuzilma obyektlari bilan 
ta’minlanmagan. Bu esa tabiiy ravishda mamlakat mintaqalari o‘rtasida iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlanishda tafovutlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Mazkur 
farqlanishning 
kuchayib 
borishi 
esa 
ijtimoiy 
tarangliklar, 
iqtisodiy 
nomutanosibliklarga olib keladi. Shuning uchun hududlar raqobatdoshligini oshirish 


235 
va nomutanosibliklarini kamaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni bartaraf etish
uchun quyidagi omillar asosiy rol o‘ynaydi:
-
mintaqalarining nisbiy ustunliklari va o‘sish nuqtalarini aniqlash asosida
me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish;
-
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;
-
raqobat ustunliklarini yaratish; 
-
innovatsion-investitsion faollikni ta’minlash;
-
ta’lim va boshqaruv sifatini oshirish;
-
nomoddiy salohiyatini samarali foydalanish;
-
inson kapitalini oshirish; 
-
yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rag‘batlantirish. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin