O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

Qisqacha xulosalar 
Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish – bu murakkab va uzoq vaqt davom 
etadigan 
jarayon 
bo‘lib, 
hududlar, 
korxona 
va 
tashkilotlarning, 
yuzlab 
mutaxassislarni o‘ziga qamrab oladi. Innovatsion iqtisodiyot- bu bilimlarga 
asoslangan iqtisodiyotdir. Iqtisodiyotni bilimlarga asoslanishi universitetlarda texnika 
va texnologiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlashga asosiy e’tibor qaratilishini 
talab etadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan 
innovatsion tizimga ega mamlakatlardagina innovatsion jarayonlari samarali amalga 
oshirilib, innovatsion mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Misol tariqasida olib qarasak, 
Yevropa patent idorasi tomonidan berilgan barcha xalqaro patentlarning 85 foizini 
universitetlar va firmalar hamkorligida amalga oshirilgan patentlar tashkil etadi. 
Rivojlangan mamlakatlarda ilm-fanga assignatsiyalarning 55 foizidan ortig‘i 
biznes sektori mablag‘lari va 34 foizdan kami esa davlat mablag‘lari hisobidan 
moliyalashtiriladi. Bunda davlat mablag‘laridan eng kam hajmda moliyalashtirish 


232 
bo‘yicha ketma-ket ravishda Shvetsiya, Finlyandiya, Daniya, Norvegiya lider 
hisoblanadi, ulardan keyingi o‘rinlarda Yaponiya va AQSH turadi. 
Mamlakatimiz rivoji odamlarning daromadlari ortishi bilan aholi turmush 
darajasi yuksalib bormoqda. Barcha hududlarda maishiy xizmat ko‘rsatish 
shoxobchalari rivojlanmoqda, yangi kichik korxonalar tashkil etilmoqda, aholi uchun 
zamonaviy uy-joylar ko‘paymoqda. Tadqiqotlarga qaraganda, yurtimizdagi 
oilalarning 94 foizi xolodilniklar, 84 foizi turli oshxona elektr jihozlariga, 63 foizi kir 
yuvish mashinalari, yarmidan ko‘pi kompyuter, changyutgich, mikroto‘lqinli 
pechlarga ega, uchdan bir qismi konditsionerlardan foydalanmoqda. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin