O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

Innovatsion faoliyat indeksi
I
j
, hamda

Bunda 
 X
ij
-

 
 
 

 
 
 
 

 
Mamlakatda 
innovatsion 
faoliyat 
rivojlanishning 
nisbiy 
darajasini 
harakterlaydigan indeks shu usulda shakllantiriladi. Indeks ko‘rsatkich qancha yuqori 
bo‘lsa, mamlakatning innovatsion faolligi shuncha yuqori bo‘ladi. Mamlakatning 
innovatsion faolligini aniqlash shu tarzda amalga oshirishi mumkin. 
 
Yuqorida mulohazalardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash mumkinki: 
1) davlat bosh islohotchi, avvalambor, o‘z hudud miqyosida uning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishi uchun maqbul sharoitlarni yaratishda davlat va nodavlat 
tashkilotlari innovatsion faoliyatga asoslangan quyidagi vazifa va funksiyalarni o‘z 
zimmalariga olish kerak: 
- zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni mutassil joriy 
etish; 
- ishlab chiqarish yoki xo‘jalikning barcha jabhalarida joriy qilinadigan 
yangiliklar ilmiy asoslangan bo‘lishi shart; 
- har bir yaratilgan mahsulot innovatsion mahsulot hisoblanishi uchun keraksiz 
mahsulot emas, balki yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulot bo‘lishi kerak, ya’ni u 
albatta realizatsiya bo‘lishi shart. Aks holda, bu harakat behuda qilingan sarf 
xarajatlarga olib keladi; 


224 
2) davlat iqtisodiyotda bevosita yoki bilvosita ishtirok etuvchi. Unga sharoit va 
o‘zining turli xil vosita mexanizmlari orqali iqtisodiyotning mavjudligini yaratib 
beruvchi subyekt sifatida harakat qilishi innovatsion faoliyat uchun davlatdan 
quyidagi munosabatlar kutiladi: 
- O‘zbekiston misolida, davlat keng ko‘lamli hududlararo yoxud mamlakat 
miqyosida amalga oshiradigan yirik innovatsion loyihalarning asoschi va ijrochisi 
bo‘lib, ushbu loyihalarda innovatsiyaga asoslangan yangi mahsulotlar va 
texnologiyalarni joriy qilishni; 
- davlat yoki mahalliy davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ilmiy, ilmiy 
texnikaviy va innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni; 
- davlat ichki miqyosida hamda davlat hududidan tashqaridagi innovatsion 
buyurtmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni; 
- innovatsion faoliyatga asoslangan va uni rag‘batlantiradigan xo‘jalikning turli 
sohalarida ilmiy izlanishlar olib borilishi maqsadida muddatli, davriy va mutassil 
grand tanlovlarini uyushtirishni. 
3) investitsion va innovatsion faoliyatga davlatning iqtisodiy mexanizmlari 
orqali unga ta’sir etish yo‘li bilan innovatsion faoliyat subyektlariga quyidagi imtiyoz 
va preferensiyalar berish: 
- boj, soliq va majburiy to‘lovlardan, innovatsiyaga asoslangan investitsion 
loyihani amalga oshirish davrida muddatli yoki doimiy imtiyozlarni qo‘llash; 
- moliya institutlari, ya’ni mahalliy tijorat banklari tomonidan innovatsion 
faoliyat subyektlariga imtiyozli kreditlar berilishini qonuniy sharoitlarini yaratib 
berish; 
- o‘zaro moliyaviy munosabatlarda majburiyatlar ijrochiligida davlat kafilini 
berish, ya’ni butun dunyo mamlakatlarida kichik va o‘rta biznesni, ular orasida 
axborot almashinuvi, ularni muvofiqlashtirib turishni olib boradigan “doing 
business”da ham davlatlar tadbirkorlik sharoitlariga beriladigan baholash 
mexanizmlaridan biri bu shartnoma shartlarini bajarishda o‘rnatilgan davlat 
kafolatidir. 


225 
- kommunal to‘lovlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar 
belgilash; 
4) davlatning innovatsion faoliyat muhitini yaratuvchi, uni nazorat qiluvchi va 
iqtisodiy subyektlar orasida arbitr muvofiqlashtiruvchi vazifani bajarilganlik bilan 
birgalikda asosiy e’tibor uning innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi subyekt 
sifatidagi ishtirokidir. Chunki innovatsion faoliyatni davlat tomonidan infratuzilma 
darajasida ko‘tarish butun iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki bo‘luvchi asosiy omil 
bo‘lib hisoblanadi. 
5) mamlakatning innovatsion siyosatiga baho berishda korrelatsion va 
regretsion modellar asosida tashkil etuvchi va innovatsion faoliyatga bevosita ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarning tavsifi va ularning bir biriga bog‘liqligini kuzatish mumkin. 
6) ma’lumki, Sobiq Ittifoq tarqalishidan keyin uning tarkibidagi davlatlar 
bevosita bozor munosabatlari bilan yuzma-yuz bo‘ldi, bozor iqtisodiyotga o‘tishning 
har qaysi davlat o‘z yo‘nalishini belgilab oldi. Bozor iqtisodiyotga o‘tishning “shok 
terapiya”, ya’ni yoppasiga xususiylashtirish yo‘lidan borgan, yirik sanoat va 
iqtisodiyotning boshqa sohalarida ma’lum davriga kelib, innovatsiya borasida 
“stognatsiya”ga duch kelgan holatlari qayd etilgan. Innovatsion faollik darajasini 
oshirish maqsadida davlatning qatnashuvi muhimligini ko‘rishimiz mumkin. Shu 
nuqtai nazardan innovatsion faoliyat jarayonida obyektning o‘zgarishi ta’siri ostida 
subyekt ham o‘zgaradi hamda yangicha qarashlar shakllanishiga va sohaga 
qiziqishning kuchayishiga xizmat qiladi. 
Hozirgi kunda ilm–fan sohasiga yosh olim va tadqiqotchilarning qo‘shilib 
borishi mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari va hamda iqtisodiyotimizdagi asosiy 
tarmoqlarining ilmiy–texnik va innovatsion ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini 
ta’minlashga yo‘naltirilmoqda.
O‘zbekistonda iml-fanni boshqarish tizimining isloh etilishi fundamental va 
amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, yangi ishlanmalarni joriy etish va ulardan amaliyotda 
foydalanishga qaratilgan innovatsion ishlanmalarni rivojlantirishning amaliy 
mexanizmini yaratish imkonini berdi.


226 
Hududiy innovatsion siyosat milliy innovatsion tizimning asosiy qismi 
hisoblanadi. Davlat tashkilotlarining innovatsion faoliyatini iqtisodiy o‘sishning 
prioritetlarini belgilangan holda tashkil etadi hamda butun dunyo miqyosida ro‘y 
berayotgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jarayonlarga mutanosib ravishda taraqqiy 
etish uchun insonlarda yangiliklarni qabul qilish, ularga qiziqish va uni 
takomillashtirishga intilish ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan izohlanadi. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotining hozirgi holati milliy iqtisodiyotda innovatsion 
o‘zgarishlarni amalga oshirish sur’atlarini jadalashtirishni talab etmoqda. Iqtisodiyoti 
rivojlangan mamalakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki chuqur, samarali 
innovatsion strategiyani amal qilishi mamlakat iqtisodiy va tabiiy omillaridan oqilona 
foydalanish orqaligina amalga oshirish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
sharoitida iqtisodiyot innovatsion shakllanishi, eng avvalo, iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlovchi tarmoqlar hisobiga yuz beradi, bu esa o‘z navbatida mamlakat 
iqtisodiyotini xomashyo eksport qilishini kamaytirish bilan birga uni qayta ishlashni 
rivojlantirishga, valyuta mablag‘larining tejalishiga, aholi bandligining oshishiga 
sabab bo‘ladi. Ushbu omillar o‘z navbatida innovatsiya strategiyasini amalga oshirish 
mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlanishiga olib keladi 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin