211
deb izohlagan. Shu bilan birga, innovatsiya yangilik kiritish asosida mahsulot ishlab
chiqarish, yangi kombinatsiyalarni qo‘llashni bildiradi.
«Innovatsiyalar» atamasini yangi iqtisodiy toifa sifatida fanga avstriyalik
(keyinchalik amerikalik) olim Yozef Shumpeter XX asrning birinchi o‘n yilligida
kiritgan. O‘zining «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» nomli asarida (1911-y.)
Y.Shumpeter ilk bora rivojlanishda o‘zgarishlarning
yangi kombinatsiyalari
masalalarini (ya’ni innovatsiya masalalarini) ko‘rib chiqdi va innovatsiyaga to‘liq
tavsif berdi. Uning fikricha, innovatsiya – bu yangi materiallar va komponentlardan
foydalanish, yangi jarayonlarni joriy etish, yangi bozorlarni ochish, yangi tashkiliy
shakllarni joriy etishga asoslangan barcha yangi kombinatsiyalarning yangidan
qo‘shilishi va tijoratlashuvidan iborat bo‘lgan ishlab chiqarish funksiyasining tubdan
almashinuvidir. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki,
u iqtisodiyotda novator-
tadbirkor markaziy figuraga aylanishini isbotlab berdi.
Y. Shumpeter rivojlanishdagi besh xil o‘zgarishni ajratib ko‘rsatdi:
1) yangi texnika, texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishning yangicha bozor
ta’minotidan foydalanish;
2) yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulot joriy qilish;
3) yangi xomashyodan foydalanish;
4) ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning moddiy-texnika ta’minotida
o‘zgarishlar;
5) yangi sotuv bozorlarining paydo bo‘lishi.
MDH mamlakatlari olimlari esa innovatsiyaga yangi mahsulotni, xizmatni yoki
jarayonni amaliy faoliyatga joriy qilishning natijasi sifatida “yangilikka investitsiya
kiritish” deya ta’riflaganlar. E. Mahmudov va B. Tursunovlar jamiyatda yuz
berayotgan innovatsion jarayonlarning mahsuli bo‘lmish yangi mahsulotlar, texnika
va texnologiyalar iqtisodiy taraqqiyotning asosi va uni harakatlantiruvchi kuch bo‘lib
xizmat qilishini ta’kidlab o‘tganlar.
Shu o‘rinda K.Shodimetovning “Muqobil energiya manbalaridan foydalanish va
uning iqtisodiy istiqbollari” nomli qo‘llanmasida keltirilgan ushbu fikrlar ham
e’tiborli ekanligini ta’kidlash kerak.
Innovatsiya
—
bu moddiy ishlab chiqarish yoki
212
sarmoya konsentratsiyasi emas. Ayrim tadqiqotchilar, jumladan, E. Toffler, F.
Fukuyama, D. Bell, J. Neysbit kabi olimlar: «Aynan innovatsion texnologiyalarga
tayangan davlatgina yuksak taraqqiyot darajasiga erishadi», degan fikrni ilgari
surishadi. Aslida ham shunday. Zero, sanoatlashgan iqtisodiyot o‘rnini asta-sekin
innovatsion iqtisodiyot egallashi oddiy haqiqatdir. Natijada, yangidan-yangi bozorlar
kashf etiladi. Binobarin, innovatsion maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun
xususiy
investitsiyalarga
imtiyozlar
berish,
zamonaviy
banklarni
shakllantirish,
innovatsiyalarni kafolatlash hamda sug‘urtalash, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yirik texnologik loyihalar uchun milliy va xorijiy
sarmoyalarni keng jalb etish talab qilinadi. Bundan tashqari, bu borada, innovatsion
siyosatni tartibga soluvchi qonunlarni takomillashtirish ham muhim ahamiyatga
egadir. Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (WIRO) o‘z hisobotlarida yuqoridagi
talablarga qat’iy amal qilayotgan 20 ga yaqin davlatda innovatsion rivojlanish tobora
jadallashayotganini e’tirof etadi. Shveysariya, AQSH,
Shvetsiya, Buyuk Britaniya,
Gollandiya, Finlyandiya, Gonkong, Singapur, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Koreya,
Malayziya, Daniya va Irlandiya ana shular sirasidandir
44
.
Adabiyotlarda «innovatsiya» atamasiga berilgan ko‘plab ta’riflarni topish
mumkin. Biroq, tadqiqotchilarning ushbu iqtisodiy toifaga alohida e’tibor
ko‘rsatishlariga qaramay, ilmiy g‘oya haligacha «innovatsiyalar»
tushunchasining
ham nazariya, ham amaliyot talablariga javob beradigan, shuningdek, ularni amalga
oshirishning muayyan subyekti – davlat, mintaqa, tarmoq va korxona nuqtai
nazaridan to‘g‘ri bo‘ladigan universal ta’rifini ishlab chiqmagan.
Dostları ilə paylaş: