O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

turmush darajasi
– 
bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi darajasi, qondirilganlik
miqyosi va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettirruvchi 
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining sifat 
va miqdor ko‘rsatkichlarini yanada to‘laroq ifodalashga imkon yaratadi.”
1
40
Ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatni ta’minlash, aholi turmush 
darajasini baholash va bu borada izlanishlar o‘tgan XX asrning 20-yillarida 
boshlanib, bu izlanishlar deyarli obyektiv xarakterga ega bo‘lgan.
Ideologik nuqtai 
nazardan, keyingi yillarda bunday aholi turmush darajasini obyektiv baholash 
ma’lum darajada o‘zgardi. Bundan tashqari, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti 
davrida iqtisodiyotning rivojlanish ko‘rsatkichlari tizimini yoritishda asosiy e’tibor 
ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga qaratilib, boshqa iqtisodiy jarayonlar- 
40
Ishmuhammedov A.E., Kalanova A.Z., Sunnatov M.N., Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. // Darslik – T.: TDIU, 2007-yil, 
165b 


201 
shaxsiy iste’mol, aholi turmush darajasi, xalq farovonligiga kam ahamiyat berilgan. 
Bularning hammasi bu sohada bo‘layotgan izlanish sur’atlarida, ko‘rsatkichlar tizimi 
rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 
Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimining rivojlantirish 
borasida muhim o‘rinni yagona shaxsdan, oila, uy xo‘jaligiga o‘tish egalladi. Bu 
1994-yilda milliy hisoblar tizimi metodologiyasining qabul etilishi bilan bog‘liq 
bo‘lib, ilk bor makroiqtisodiy tuzilmada aholi to‘laqonli subyekt sifatida o‘z o‘rnini 
topdi. 
Aholi turmush darajasi, daromadlari, imkoniyatlari, iste’mol va iste’mol 
talablarining qondirilishi darajasida obyektiv talqin etish muammosi dolzarb sanaladi. 
Bu muammo na nazariy va na metodologik tomonlama hali yaxshi o‘rganilmagan. 
Jahon iqtisodchilari tomonidan aholi turmush darajasini har tomonlama aniq 
ta’riflovchi ko‘rsatkichlar metodikasini, umumlashtiruvchi ko‘rsatkichini aniqlashga 
ko‘p xarakat qilishgan.
41
Rivojlangan davlatlarda aholi turmush darajasini baholash-
aholi daromadlari, oziq-ovqat iste’moli, uy-joy shart-sharoitlari, ko‘rsatkichlarini 
tahlil qilish orqali oshiriladi. 
BMT tavsiyasiga ko‘ra aholi turmush darajasini har tomonlama to‘liq 
xarakterlash 
uchun 
quyidagi 
ko‘rsatkichlardan 
foydalanish 
zarur. 
Ushbu 
ko‘rsatkichlar 12 guruhga ajratilgan: 
1.
Mamlakatdagi demografik sharoit: tug‘ilish, vafot etish va boshqalar. 
2.
Turmush sharoitida sanitariya –gigiyenik holat; 
3.
Oziq-ovqat tovarlari iste’moli. 
4.
Uy-joy bilan ta’minlanish darajasi. 
5.
Fan va madaniyat 
6.
Mehnat sharoiti va bandlik 
7.
Aholi daromadlari va xarajatlari 
8.
Turmush qiymati va iste’mol baholari. 
9.
Transport vositalarining mavjudligi 
10.
Dam olishni tashkil etish; 
2
Ключкова М.С. Демография: Учебное пособие. –М: Издательство РИОР, 2008 г, с 150. 


202 
11.
Inson huquqi. 
12.
Ijtimoiy ta’minot. 
BMT statistika komissiyasi aholi turmush darajasini baholashni aholi yashash 
sharoiti, iste’mol darajasi, bandlikni ta’minlash, inson erkinligi tomonlama qarashga 
tavsiya etadi. Shuningdek, BMT joriy turmush darajasini alohida ijtimoiy indikatorlar 
yordamida –inson barkamolligi indeksi yordamida yoritishi tavsiya etadi. 
Davlat nazariyasi va amaliyotida aholi turmush darajasi ko‘pincha erishilgan 
daromad darajasi, moddiy ne’mat va xizmat iste’moli xarajati, daromad bo‘yicha 
tabaqalashuvchanligi bilan baholanadi. Kambag‘allik esa iste’mol savatchasini 
baholash hamda minimal ish haqi bilan o‘lchanadi.
O‘zbekistonning xarakterli demografik xususiyati shundaki, unga aholi 
o‘sishining yuqori sur’atlari xos. Keyingi yillarda aholi tabiiy o‘sishining bir qadar 
pasayishiga qaramasdan bu ko‘rsatkich Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari 
orasida eng yuqorilardan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekistonda ijtimoiy-demografik holatga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. 
Ularning orasida asosiylari-jamiyatning asosi sifatida kuchli oila instituti, aholi 
o‘sish darajasining kamayishi, o‘rtacha xayot kechirishning uzayishi va boshqalardir. 
Mustaqillikka erishilgan paytda O‘zbekistonda shahar va qishloq orasida 
sezilarli tengsizlik bor edi. Ijtimoiy va jismoniy infratuzilma qurilish ,asosan, 
shaharlarda mujassamlangan edi. Qishloq joylarida tug‘ilish sur’atlarining o‘sishi 
ayniqsa yuqori edi.
Shahar va qishloq orasidagi birlamchi tengsizlikning bir necha ko‘rsatkichi bor. 
Ushbu tamoyillarga vaqtni o‘tkazmay chek qo‘yish zarurati mavjud. Qishloq aholisi 
o‘sish sur’atining balandligi yoshlarning shaharlarga ish topish maqsadida, ommaviy 
va betartib ravishda ko‘chishiga olib kelishi mumkin.
Bu asnoda bir necha masalalarni hal qilish zarur: shahar va qishloq joylari 
orasida resurslarni taqsimlash tizimini takomillashtirish; qishloq xo‘jalik islohotlarini 
o‘tkazish orqali qishloq joylarida iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish; qishloqda bandlik 
darajasini u yerda korxonalar barpo etish yo‘li bilan ko‘tarish; shuningdek, qishloq 


203 
turmush sharoitini yaxshilash uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi infratuzilmani 
yaratish. 
O‘tgan davrda sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, uy-joy, suv, 
gaz bilan ta’minlash va sanitariya sharoitlarini yaratish jihatidan qishloq 
infratuzilmasini yaxshilash uchun anchagina xarakatlar qilindi. Turmush darajasining 
o‘sishi tibbiy va ijtimoiy ta’minotning yaxshilanishi, tabiatni muhofaza qilish 
tadbirlarning yo‘lga qo‘yilishi bilan umumiy o‘lim darajasi ham kamaymoqda. 
Har bir insonning moddiy va ma’naviy turmush imkoniyatlari uning 
daromadlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Inson daromadining darajasi qanchalik yuqori 
bo‘lsa, uning o‘z zaruriy ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishni 
tashkil qilish, ma’lumot olish, bo‘sh vaqtini madaniy tarzda o‘tkazish imkoniyatlari 
shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
Daromadlar ehtiyojlarni bevosita qondirish manbai sifatida aholi hayotida katta 
rol o‘ynaydi. Budjetning daromad qismi ,asosan, jismoniy va yuridik shaxslardan
olinadigan soliqlardan tashkil topadi va ular ijtimoiy ehtiyojlar uchun sarflanadi, shu 
tariqa aholi ehtiyojlari bilvosita qondiriladi. 
Nominal va real daromadlar ko‘rsatkichi bilan bir qatorda aholi pulli 
daromadlarning xarid qobiliyati ko‘rsatkichi ham alohida olib qaraladi. Bu 
ko‘rsatkich aholining tovarlar va xizmatlar sotib olish bo‘yicha potensial 
imkoniyatlarni aks ettiradi va aholining o‘rta hisobda jon boshiga to‘g‘ri keladigan 
pulli daromadlarning tovar ekvivalenti orqali ifodalanadi. “Jon boshiga to‘g‘ri 
keladigan pulli daromadlar pulli daromadlarning jami miqdorini mavjud aholi soniga 
bo‘lish orqali hisoblab chiqiladi.”
42
Agar 1991-yilda eng kam ish haqiga Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon 
sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga qat’iy muvofiq tarzda hisoblab chiqilgan 
iste’mol korzinkasi qiymatining faqat 8 foizini tashkil etadigan tovar va xizmatlarni 
xarid qilish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda bu ko‘rsatkich iste’mol 
6
Ishmuhamedov A.E., Kalanova A.Z., Sunnatov M.N. Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. // Darslik – T.: TDIU, 2007-yil, 150-
bet.


204 
korzinkasining 120 foizdan yuqorini tashkil etdi yoki 15 barobar dan ziyod, eng kam 
pensiyaning xarid qobiliyati esa 9 karradan ortiq oshdi.
 
Uy-joy va kommunal xo‘jalik, yo‘lovchilari transporti, iqtisodiyot, sog‘liqni 
saqlash va madaniyat muassasalari tarmoqlarining katta qismi davlat, respublika, 
mahalliy va shahar budjetlariga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli mazkur qismning 
kattagina hajmi tabiiy shakldagi ijtimoiy transfert hisoblanadi va uni aholining yalpi 
daromadlari jumlasiga kiritish to‘g‘ri bo‘ladi.
“Daromad olish uchun mehnat va kapital bozorida ancha hajmda xizmat taklif 
etish to‘g‘risida qaror, odatda, oila darajasida qabul qilinadi. Uy xo‘jaliklarining 
yalpi daromadi birlamchi va ikkilamchi daromadlardan shakllanadi”
43
. Aholining 
turmush darajasini belgilash uchun birinchi navbatda aholining jon boshiga to‘g‘ri 
keladigan pul daromadlarini aniqlanishi kerak.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) konsepsiyalariga muvofiq, xar bir inson o‘zi 
va oilasining salomatligi va farovonligini ta’minlovchi turmush darajasiga (oziq-
ovqat, kiyim bosh, uy-joy, tibbiy parvarish, ijtimoiy xizmatlar), shuningdek, ishsizlik, 
nogironlik, bevalik holatlarida ta’minot olish huquqiga ega. Mana shu huquqlarning 
barchasi milliy konsepsiyalar asosida amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin