O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


Tadbirkorlik faoliyatining asosiy shakllari



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

Tadbirkorlik faoliyatining asosiy shakllari: 

yakka tartibdagi tadbirkorlik (Shaxsiy tadbirkorlik, birgalikdagi tadbirkorlik 
(oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, dehqon xo‘jaligi va oddiy shirkatlar)); 

xususiy tadbirkorlik; 

mikrofirma; 

kichik korxona. 
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni 
ustuvor yo‘nalish sifatida belgilashning sabablari: 

kichik biznes ichki bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirishning 
asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi; 

kichik biznes jahon va mintaqalar bozorlaridagi talab va kon’yunktura 
o‘zgarishlariga ancha tez moslashadi; 

kichik biznesni tashkil qilish va yuritish katta xarajat hamda kapital 
qo‘yilmalarni talab etmaydi; 

yirik korxonalarga nisbatan kichik biznesning jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozining tahdid va salbiy oqibatlariga bardosh bera olish qobiliyati ancha yuqori; 

kichik tadbirkorlik nafaqat daromad manbai, balki odamlarning ijodiy va 
intellektual qobiliyatini ro‘yobga chiqarish vositasi hamdir. 
Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi vazifalari: 

iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash;

yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar etkazib berish;

yangi ish o‘rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash;

bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish;

ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish;

resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish;


193 

soliq tushumlari hajmining o‘sishini ta’minlash;

aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish va boshqalar. 
O‘zbekistonda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi 
buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining qabul 
qilinishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. 
Kichik korxonalar va mikrofirmalar ushbu dastur doirasida o‘z ishlab chiqarishlarini 
texnologik jihatdan yangilash va zamonaviylashtirishga, mahalliy xomashyo negizida 
qo‘shimcha qiymat darajasi yuqori, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh 
mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ldilar. 
Kichik biznes subyektlari tashqi iqtisodiy aloqalarda ham faol ishtirok eta 
boshladilar. Ularning eksport salohiyatini yanada kengaytirish, kichik korxonalar va 
mikrofirmalarga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab 
chiqarishni ko‘paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va 
tashkiliy yordam ko‘rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi 
bozor konyukturasi o‘zgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishni 
ta’minlash maqsadida “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” huzurida “Kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasi” tashkil etildi. Uning respublika mintaqalarida hududiy filiallari mavjud 
bo‘lib, Jamg‘arma mablag‘larining boshlang‘ich miqdori 5,0 milliard so‘mni tashkil 
etadi
18


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin