O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

Davlatning ijtimoiy siyosati – 
bu insonning hayotiy muhim manfaatlarini 
yuzaga chiqarish, himoya qilish va uning kamol topishiga qaratilgan siyosat, chora 
tadbirlar yig`indisidir. 
Bu siyosat bevosita aholining turmush darajasini oshirish bilan bog‘liq siyosat 
bo‘lib unga: 

daromad siyosati; 

ijtimoiy ta’minot va mehnat bozorini shakllantirish; 

aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish sifatini yaxshilash kabi ijtimoiy 
yo‘naltirilgan siyosat turlari kiradi. 
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlab davridayoq davlat ijtimoiy siyosatining 
asoslari yaratila boshlandi. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat ustuvor yo‘nalish 
hisoblanadi va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichlar quyidagilardan 
iborat: 
 Birinchi bosqich (1991-1994-yillar) - 
yangi tizimning institutsional asoslarining 
yaratilishi (mehnat birjalari va h.k.). Aholi daromadining va birinchi navbatda asosiy 
oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish darajasining keskin tushib ketishining oldini 


197 
olish. 
Ikkinchi bosqich (1995-1999-yillar) - 
aholini yoppasiga ijtimoiy himoya qilish 
tizimidan uni maqsadli himoyalash tizimiga o‘tish. Dolzarb ekologik muammolarni 
yechishda davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyati. Sog‘liqni saqlash va va 
aholining sog‘lig‘ini himoya qilish tizimining yangi sifatli pog‘onasiga o‘tish. 
Uchinchi bosqich (2000-yildan – bugungi kunga qadar) - 
aholini aniq 
yo‘naltirilgan himoya qilishning chuqurlashuvi. Xalqning, ayniqsa, qishloq aholisi 
turmush farovonligining yaxshilanishi, mehnat bozorini rivojlantirishdagi faol 
siyosatning amalga oshirilishi, ish o‘rinlarining yaratilishi.
O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular 
quyidagilardan iboratdir:
-
ijtimoiy siyosatni o‘tkazishda davlatning boshqarish funksiyasiga egaligi;
-
ijtimoiy islohotlarning bosqichma-bosqichligi;
-
aholining yashash darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
-
mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari mahallalar orqali aholiga aniq 
manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
-
ijtimoiy islohotlarning iqtisodiy va huquqiy asoslarini yaratish. 
-
davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning 
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan: 
-
aholining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash;
-
mahsulot, xizmat va uy-joyning kuchli ichki iste’mol bozorini shakllantirish;
-
aholining to‘lov talablarini keng miqiyosda qondirish va uning o‘sishini 
ta’minlash;
-
aholining daromad va mulkka egalik darajasining keskin tabaqalashuvining 
oldini olish;
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning 
maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy siyosati quyidagi asosiy 
yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
-
davlat ijtimoiy iste’mol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning har bir 
a’zosining foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish; 


198 
-
davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‘urta fondini tashkil etish; 
-
ko‘rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlari uchun davlat tomonidan 
beriladigan imtiyozlar; 
-
ish haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi; 
-
ko‘p bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar; 
-
kam ta’minlangan aholi tabaqalariga moddiy yordam ko‘rsatish; 
-
bolalikdan nogiron va boshqa mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlash; 
-
talabalar uchun to‘lanadigan davlat stipendiyalari; 
-
ishsizlik nafaqasi; 
-
eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari turlarini belgilangan narxlarda sotilishini 
ta’minlash; 
-
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjet 
hisobidan qoplash;
-
ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari (sog‘liqni saqlash, ta’lim, jismoniy 
tarbiya, sport va madaniyat) moddiy bazasining rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash va mustahkamlash.
Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar 
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo 
etishga qaratilgan. Buni ijtimoiy sohadagi islohotlarni amalga oshirish orqali 
ta’minlash mumkin. Chunki, har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy 
masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‘liq. Ijtimoiy masalalar mamlakat 
taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi. Shuning 
uchun ham O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy siyosati ijtimoiy islohotlarni 
davomli amalga oshirib borish orqali aholi turmush darajasini barqaror o‘stirib 
borishdan iboratdir.
Aholi turmush darajasi davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatidan kelib chiqib, 
umuman jihatdan jamiyat va xususiy jihatdan uning ayrim a’zolari farovonligi 
to‘g‘risida tasavvur beradi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin