188
10.3. Monopoliyaga qarshi siyosat va monopoliyaga qarshi qonunlarning
umumiy xususiyatlari
Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi
qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan bo‘ladi.
Odatda AQShdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va
mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik
hujjatlariga asoslanadi:
1. Sherman qonuni (1890-yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin
monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga olish, narxlar
bo‘yicha kelishuvlarni ta’qiqlaydi.
2. Kleyton qonuni (1914-yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish
sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo‘yicha kamsitish, ma’lum ko‘rinishdagi
birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshqalarni ta’qiqlaydi.
3. Robinson-Petmen qonuni (1936-yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo
sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, “narxlar qaychisi”, narx bo‘yicha kamsitishlar va
boshqalarni ta’qiqlaydi.
1950-yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy
birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali
birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal
ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi
vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar,
kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha
tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va xom
ashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha
tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar
berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga
ko‘proq imkon yaratadi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun
quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etildi:
189
a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo‘lishini
maksimal darajada bartaraf etish;
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o‘z
ustunlik mavqelarini suiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish.
39
Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning
asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli
xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo
etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini
shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishini
taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat
asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi
erkin xo‘jalik subyektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
Shu maqsadda O‘zbekistonda “Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi
qonun (1992-yilda qabul qilingan, 2013-yil o‘z kuchini yo‘qotgan) kuchga kiritildi
hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy
hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil
qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga
to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni
buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik
bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992-yilda
O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi
va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro‘yxatga
kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlarni va
rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996-yilda ushbu boshqarma
negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni
rivojlantirish qo‘mitasi tashkil qilindi. 2000-yilda Respublika Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni riojlantirish davlat
39
Шадыбаев Т. и др. Особенности антимонопольной политики в Узбекистане: общие принципы и правовая
база. - Экономическое обозрение, №2, 2004, с.5.
190
qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ
Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo‘mitasiga aylantirildi.
Keyinchalik
mazkur
qo‘mitaning
faoliyatini
yanada
takomillashtirish
va
samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-
yil 30-apreldagi Farmoniga binoan u Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Keyinchalik,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil noyabrdagi Farmoniga binoan u
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga aylantirildi. 2019 yilda Qo‘mita bozor
iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib 3 ta mustaqil tuzilmaga ajratib yuborildi.
Raqobat
– bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat
bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq nafga ega bo‘lish uchun kurashni
anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarning har bir
birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shuning orqasidan
quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar, arzon xom ashyo va
arzon ish kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi.
Raqobat to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 2012-yil 6-yanvardan
boshlab kuchga kirdi. Bu qonunda raqobat quyidagicha ta’riflangan. Raqobat–
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda
ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar
muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatish
imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi. Ushbu qonunning maqsadi tovar va moliya
bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib,
hozirgi vaqtda mulk turi har-xil bo‘lgan, lekin ishlab chiqarayotgan mahsuloti bir xil
bo‘lgan korxonalar (firmalar) o‘rtasidagi musobaqani qonuniylashtirish va insofsiz
raqobatni cheklashdan iborat.
Raqobat to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi munosabati bilan quyidagilar
o‘z kuchini yo‘qotdi:
1) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar
bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni;
191
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrda qabul
qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi
haqida”gi 356-I-sonli Qarori.
Raqobat to‘g‘risidagi qonun xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar,
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston
Respublikasi hududida va (yoki) undan tashqarida sodir etiladigan, O‘zbekiston
Respublikasidagi tovar va moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga olib
keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: |