Investitsiya siyosati
–
bu, investitsiya resurslarini shakllantirish va ularning
kerakli sohalarga yuborilishini ta’minlashga qaratilgan siyosat.
177
Investitsiya dasturi - bu respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat
resurslari kabilardan oqilona foydalanish yo‘li bilan respublikaning ayrim tarmoqlari
va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik
vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan chora-
tabdirlar kompleksidir.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1.
Davlatning investitsiya munosabatlarni tartibga solishi qanday usullar orqali
amalga oshadi?
2.
Investitsiya funksiyasi va avtonom investitsiya nima?
3.
Investitsiya siyosatining mohiyati va ularni tadbiq etish yo‘llari qanday?
4.
O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishida investitsiyalarning o‘rni nimalardan
iborat?
5.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari nimalar?
178
10-BOB. XUSUSIYLASHTIRISH, MONOPOLIYAGA QARSHI
SIYOSAT VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
10.1.
Davlatning monopoliyaga qarshi aralashishining
obyektiv zaruriyati
Bozor iqtisodiyotida har kimning farovonligi bozorda o‘ziga qarashli tovarni:
o‘z ishchi kuchini, malakasini, o‘zi ishlagan buyumni, xususiy yer uchastkasini yoki
tijorat operatsiyalarini tashkillashtirish mahoratini va shu kabilarni qanchalik
muvaffaqiyatli sotaolishi bilan aniqlanadi. Kim xaridorga eng yaxshi tovarni va eng
nafli shartlar bilan taklif qilsa, u raqobatda yutib chiqadi va farovonligini oshirishga
o‘zi uchun yo‘l ochib beradi. Iqtisodiyotda raqobat ruxi taraqqiyotning yordamchi
“dvigateli” (harakatga keltiruvchi omili) bo‘lib xizmat qiladi va insonlarning xo‘jalik
faoliyati shakllarida sezilarli iz qoldiradi. Raqobatchilar bilan bo‘lgan iqtisodiy
vaziyat ko‘pincha asosli ravishda “kurash” so‘zi bilan ta’riflanadi, adabiyotda
bozorning har xil modellarida turlicha namoyon bo‘ladigan “raqobat kurashi” ifodasi
odatdagidek bo‘lib qoldi.
Xo‘jalik subyektlari ixtiyorida bo‘lgan monopollik hukmronligi darajasiga
bog‘liq ravishda quyidagi bozor modellarini (strukturasini) ajratib ko‘rsatishadi: 1)
mukammal raqobat bozori; 2) monopolistik raqobat; 3) oligopoliya: 4) sof
monopoliya. Agar nomlangan strukturalarning birinchisida firmalar xech qanday
monopoliya hukmronligiga ega bo‘lmasalarda, to‘rtinchisida – bir firma bozorda
absolyut monopollik holatini amalga oshiradi.
Monopollikka qarshi siyosat monopoliya bozor raqobatini siqib chiqarishi
natijasida jamiyat iqtisodiy va o‘zga talofatlar ko‘radi degan xulosaga asoslanadi.
Demak, jamiyat monopoliya taraqqiyotiga to‘siq bo‘lishi yoki u bor joyda uning
faoliyatini to‘xtatishga yordam berishi orqali iqtisodiy foyda oladi. Amaliyotning
ko‘rsatishicha, ayrim firmalar monopollik xukmronligining kuchayishi ijtimoiy
talofotlarga olib keladi: birinchidan, bu talofotlar iste’molchilarga firma-
monopolistlar mahsuloti uchun raqobat bozorlaridagi xuddi shunday tovarlarga
qaraganda ancha yuqori narxlar to‘lashlarida namoyon bo‘ladi; ikkinchidan, firma
179
tomonidan monopollik xukmronligini egallash ko‘pincha yuqori narxlarni ushlab
turish maqsadida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni rejalashtirilgan
cheklanishiga olib keladi, bu esa monopoliya resurslarni turli tarmoqlar orasida
samarasiz taqsimotini tug‘dirishini anlatadi; uchinchidan, monopoliya ko‘pincha
ishlab chiqarishning texnik turg‘unligiga, mahsulot sifatining, mehnat sharoitining
yomonlashishiga va shu kabilarga olib keladi.
Monopolizmning iqtisodiyotdagi bu va boshqa salbiy tomonlari davlatlarni
monopollikka qarshi siyosatni ishlab chiqishga va qo‘llashga majbur qiladi –
monopolistik faoliyatni ogohlantirish, cheklash va to‘xtatishga yo‘naltirilgan davlat
hokimiyatining kompleks chora-tadbirlari, bozorning barcha xo‘jalik subyektlarini
imkon darajasida teng raqobat sharoitlari bilan ta’minlash va insofsiz raqobat
kurashiga yo‘l qo‘ymaslik.
“Monopoliya” atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni,
grekcha “monoc” - yagona, bitta va “poleo” - sotaman) tarkib topsada, biroq uning
iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha
ta’riflash o‘rinli deb hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori narxlarni o‘rnatish
hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit
makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma,
korporatsiyalar)ning birlashmalari.
38
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning
to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish vositalari,
ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda
to‘planishini namoyon etadi.
Ishlab chiqarish to‘planishining asosiy sababi bo‘lib olinayotgan foyda
hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko‘paytirib borish
maqsadida tadbirkor olingan qo‘shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini
kapitallashtiradi, ya’ni unga qo‘shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi
38
Bu mazmundagi ta’riflar quyidagi manbalarda ham berilgan: Шишкин А.Ф. Экономическая теория: Учебное
пособие для вузов. 2-е изд. Кн.1. – М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 1996, 597-б.; Борисов Е.Ф.
Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005, 208-б.; Основы
экономической теории. Политэкономия: Учебник /Под ред. д-ра экон. наук, проф. Д.Д.Москвина. Изд. 3-е,
исправл. – М.: Едиториал УРСС, 2003, 499-б.
180
sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o‘sishi hamda ishlab chiqarish
miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi
kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini
keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to‘planishining moddiy asosi bo‘lib
kapitalning to‘planishi va markazlashuvi hisoblanadi.
Kapitalning to‘planishi – bu qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi
ko‘rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab
chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi,
foyda hajmi.
Kapitalning to‘planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada
to‘ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining
qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati
shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishidir.
Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko‘ra ajratish mumkin.
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, oligopoliya va
monopsoniya.
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra: tabiiy monopoliya,
legal monopoliya, sun’iy monopoliya.
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni
mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo‘ladi:
1) monopoliya ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va
xarajatlarning tejalishiga olib keladi;
2) monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan
monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini
joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko‘rsatish mumkin:
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi;
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi;
3) iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi;
181
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi.
Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy
ta’sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham mumkin. Shunga ko‘ra,
bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat
tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat
deb ataladi.
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi
mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda
raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr
davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin
raqobat muhitini keltirib chiqargan.
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham
qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi
siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning
monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat
muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash,
raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan
mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom raqobatga shart-sharoit
hozirlash,
iqtisodiy
subyektlar
mustaqilligini
kengaytirish
orqali
ularni
raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |