birinchi yo‘nalishi
investitsiya muhitiga har tomonlama ta’sir
ko‘rsatish, ya’ni xorijiy investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratishdan tabiiy
monopoliyalarni islohot qilishgacha. Investitsiya muhiti tushunchasidan kelib
chiqqan
holda
bunday
vazifa
umumiy
bo‘lib
iqtisodiyotdagi
tarkibiy
o‘zgartirishlarning butun majmuasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Xorijiy ilmiy manbalar va respublika olimlarining tadqiqotlarida “investitsiya
muhiti” tushunchasi unga ta’sir etuvchi omillar bilan birgalikda turlicha talqin etiladi.
Masalan, 2005-yilda Jahon rivojlanishi ma’ruzasida
37
investitsiya muhiti tushunchasi
kompaniyalar imkoniyatlarini aniqlovchi va ularda har bir joyning o‘ziga xos va
ularda samarador investitsiyalarni amalga oshirishga, ish joylarini barpo etishga va
o‘z faoliyatini kengaytirishga rag‘batlantiruvchi kuchni shakllantiruvchi omillar
majmuasi deb anglanishi ko‘rsatilgan.
Iqtisodiy tushuncha sifatida ta’riflanuvchi investitsiya muhiti moliyaviy yoki
moddiy mablag‘larning iqtisodiy jalb etuvchanligi, ijtimoiy-siyosiy tavsifga ega
xavflarning
yo‘qligi,
me’yoriy-huquqiy
negizning
barqarorligi
va
takomillashtirilganidan shakllanadi. Shuning uchun, moliyaviy va moddiy mablag‘lar
daromadligi hamda davlat va tadbirkorlik subyektlari manfaatlari monandligining
barcha iqtisodiy omillari majmuini, ular investor yoki investitsiya qilinuvchi tomon
tegishli bo‘lishiga qaramasdan, baholashga asoslanish afzal.
Biznes yuritishning quyidagi sharoitlari qiyoslangan: mamlakat darajasi,
kompaniyani ochish, litsenziyalash, ishchi va xizmatchilarni yollash, mulkni
ro‘yxatga olish, kredit olish, investor manfaatlarini himoyalash, soliqlarni to‘lash,
xalqaro savdo yuritish, shartnomalarni bajarish va kompaniyani yopish. To‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uchun investitsiya muhitinining qiyosiy jalb etuvchanligi
37
Доклад о мировом развитии – 2005. Обзор “Улучшение инвестиционного климата в интересах всех слоев
населения”. – Вашингтон, 2005. -С.18.
173
asosida aniqlanadigan mamlakat darajasi aniq bir mamlakatga investitsiya oqimi
hajmlarini aniqlashda doimo qo‘llash mumkin emas.
Investitsiya
muhitini
shakllantirishda
asosiy
rolni
davlat
boshqaruv
organlarining siyosati va harakatlari o‘ynaydi. Davlat boshqaruv organlari
investitsiya muhitining jug‘rofiy joylashish yoki iste’molchilarning istaklari kabi
ayrim yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi. Ammo ular boshqa bir qator omillarga
katta ta’sir ko‘rsatadi. Xarajatlarga, xavflarga va to‘siqlarga nisbatan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’sir qilish investitsiya rejimi bilan bog‘liq bo‘lgan siyosat choralaridir.
Shunday qilib, investitsiyalarning uzoq muddatliligi barqarorlik va xavfsizlik
masalalarining muhimligini ta’kidlaydi, ayniqsa egalik huquqi kafolatlariga nisbatan.
Investitsiyalar uchun muhim ishlab chiqarish omillari bu moliya, infratuzilma va
mehnat resurslaridir.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish davrida O‘zbekiston Respublikasi hukumati
tomonidan qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha maqsadli siyosat olib
bormoqda. Uning asosi quyidagi tamoyillardan iborat va ularga asoslangan holda
respublikada investitsiya faoliyati amalga oshirilmoqda:
-tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish bo‘yicha maqsadli siyosatni
amalga oshirish;
-mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital qo‘yilmalarning keng jalb
qilinishini ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlarni yanada
takomillashtirish;
-respublikaga samarali xorijiy texnologiyalarni olib kiruvchi, milliy xo‘jalikning
zamonaviy tuzilmasini tashkil etishga ko‘maklashuvchi chet el investorlariga
nisbatan ochiq eshiklar siyosatini bosqichma-bosqich olib borish;
-respublika mustaqilligini ta’minlovchi hamda raqobatbardosh mahsulotlarning
ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish bilan bog‘liq muhim ustuvor yo‘nalishlarga
mablag‘larni jamlashtirish.
|