O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

-
 
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni, shu jumladan, qo‘shma 
korxonalarni tashkil etish; 
-
 
kompaniyalar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiyaning jalb 
etilishi; 
-
 
hududda xorijiy mulkdorlarga to‘liq tegishli bo‘lgan (100 foiz xorijiy 
investitsiya ishtirokidagi) korxonalarni tashkil etish; 
-
 
mahsulotni bo‘lish to‘g‘risidagi konsessiyalar va kelishuvlar asosida 
investitsiyani jalb qilish; 
-
 
xorijiy kreditlarni jalb etish. 
Mavjud huquqiy asoslar chet ellik investorlarga mamlakatimiz bilan hamkorik 
qilish, ularning manfaatlari va investitsiyasini himoya qilish uchun qulay shart-
sharoitlarni ta’minlaydi. 
 
9.2. Investitsiya siyosatining mohiyati va uni tadbiq etish yo‘llari 
Bozor islohotlarining hozirgi bosqichida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan 
investitsiya siyosati – iqtisodiyotdagi barqarorlik, tarkibiy va sifat o‘zgarishlarini 
belgilovchi muhim omildir. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish hamda aholi turmush 
farovonligini o‘sishiga, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va yangi ish o‘rinlarini 
yaratishga xizmat qiluvchi faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va uni izchil 
amalga oshirish iqtisodiy siyosatning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Hozirda xalqaro iqtisodiyotdagi ko‘p qirrali va murakkab jarayonlarda, ichki va 
tashqi bozorlarda, kapital qo‘yilmalari yoki investitsiyalardan samarali foydalanish 
muammosi birinchi navbatda hal qilinishi zarur bo‘lgan dolzarb masalalardan biri 
sifatida yuzaga chiqmoqda. 
Investitsiya siyosati – 
bu, investitsiya resurslarini shakllantirish va ularning 
kerakli sohalarga yuborilishini ta’minlashga qaratilgan siyosatdir. Bu siyosat 
investitsion faollikni oshirishga yoki kamaytirishga qaratiladi. Bu davlatning 
struktura (ishlab chiqarish tarkibini o‘zgartirish) siyosati bilan bog‘liq, bu esa ishlab 


165 
chiqarishning eski sohalarini cheklab, yangi, masalan, eksportga mo‘ljallangan 
sohalarini o‘stirishni bildiradi. Investitsiya siyosatiga ko‘ra yangi istiqbolli sohalarga 
investitsiya qilingan foydadan umuman soliq olinmaydi yoki qisqartirilgan miqdorda 
oshadi. Yangi sohalardagi mol-mulkdan soliq olinmagan holda, eski sohalardagi mol-
mulkdan soliq ko‘proq olinadi. Bu bilan yangi sohalarning jadal o‘sishi 
rag‘batlantiriladi, eski sohalar esa rag‘batlantirilmaydi. Investitsiya siyosati texnika 
taraqqiyotini ham jadallashtiradi. Yangi texnologiyalarga pulni investitsiyalayotgan 
firmalarga subsidiyalar ajratiladi, soliqdan yengilliklar beriladi. Bu siyosat firmalarga 
tushadigan investitsiya yukini kamaytirishni ham ko‘zlaydi. Shu maqsadda bir qator 
serkapital, binobarin katta investitsiyalarni talab qiluvchi va investitsiyalar o‘zini 
tezda oqlamaydigan sohalarni moliyalashtirishni davlat o‘z zimmasiga oladi. Bu bilan 
firmalar investitsiyasini serfoyda ishlarga yuborilishiga ko‘mak beriladi. Bozor 
qoidalariga binoan investitsiyalarning serfoyda sohalarga yuborilishi davom etadi. 
Biroq davlat xususiy investitsiyalarni umumiqtisodiy ahamiyatga molik 
sohalarga yuborilishini o‘z qo‘lidagi moliya-kredit vositalari bilan rag‘batlantiradi.
Investitsiya siyosatini amalga oshirishda turli mexanizm va dastaklardan 
foydalaniladi. Investitsiya siyosatini amalga oshirish mexanizmlari va dastaklari 
deganda huquqiy va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturini 
qabul qilish, davlat mulkini boshqarish, markazlashgan investitsiyalarni taqsimlash, 
kvotalar, tariflar, to‘lovlar va ajratmalarni belgilash, maxsus soliq tartibi, soliq 
stavkalari, amortizatsiya qoidalari, imtiyozlar, kafolatlar taqdim etish, investitsiya 
siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlarini, tadbirkorlik uyushmalarini tashkil 
qilish va ularning faoliyati, axborot tizimini tuzish kabi faoliyat yo‘nalishlarini aytib 
o‘tish mumkin.
Investitsiya dasturi – bu respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy 
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat 
resurslari kabilardan oqilona foydalanish yo‘li bilan respublikaning ayrim tarmoqlari 
va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik 
vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan chora-
tabdirlar kompleksidir. 


166 
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi respublikani ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Shu bilan birga, investitsiya dasturi 
loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 
umumdavlat dasturlari bajarilishini ta’minlash uchun obyektni foydalanishga 
topshirishgacha bo‘lgan bosqichlarni hisobga olgan holda, investitsiya loyihalarini 
amalga oshirish muddatlarini va moliyalashtirish manbalarini hisobga olib, har yili 
dasturning asosiy ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan va aniq ro‘yxati yangilangan holda 
3 yillik davrga shakllantiriladi. 
O‘zbekistonda har yili davlat investitsiya dasturlari qabul qilinadi. Davlat 
investitsiya dasturlari hududiy investitsiya dasturlaridan farqli ravishda o‘z ichiga 
yirik investitsiya loyihalarini, ijtimoiy ahamiyatga molik yirik obyektlar, strategik 
ahamiyatga ega bo‘lgan yirik chet el investitsiyalarini jalb qilishga mo‘ljallangan 
loyihalarni qamrab oladi. Davlat investitsiya dasturi o‘z ichiga kapital 
qo‘yilmalarining asosiy parametrlari, ijtimoiy soha obyektlarini foydalanishga 
topshirish prognozlari, markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari, yangi ishlab 
chiqarishlarni tashkil etish, amaldagilarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish 
bo‘yicha yirik investitsiya loyihalarining yig‘ma ro‘yxati, istiqbolli investitsiya 
takliflarining yig‘ma ro‘yxati kabi qismlardan tashkil topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini moliyalashtirish manbalari 
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan mablag‘lardan iborat. Markazlashtirilgan 
investitsiyalar Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va 
Hukumat kafolati bilan kiritilayotgan xorijiy kreditlar mablag‘lari hisobidan amalga 
oshirilmoqda. Markazlashtirilmagan investitsiyalar esa korxona va aholining o‘z 
mablag‘lari, bank kreditlari, shu jumladan, chet el banklaridan hukumat kafolatisiz 
olingan kreditlar, to‘g‘ridan-tog‘r‘ri chet el investitsiyalari mablag‘lari hisobidan 
kiritilmoqda.
Investitsiya dasturini shakllantirishning asosiy 
tamoyillari quyidagilar 
hisoblanadi: 


167 
- investitsiya jarayonlarini boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, 
maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish, shuningdek, 
loyihalarni tanlab olish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish 
asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish; 
- belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarni va faoliyat 
sohalarni qo‘llab-quvvatlash; 
- ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarni (ta’lim, sog‘liqni saqlash) birinchi 
navbatda, moliyalashtirish; 
- mineral xom ashyo resurslarini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur 
qayta ishlashni, tayyor mahsulotni tashqi bozorda raqobatdoshlik darajasiga 
etkazishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan 
investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash; 
- transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish; 
- tarkibiy o‘zgarishlar vazifalari va amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatiga 
muvofiq mablag‘ qo‘yishning o‘zaro manfaatliligi asosida xorijiy sarmoyalarni jalb 
qilish, tomonlarning investitsiya majburiyatlari asosida shartnomalar tuzish 
amaliyotini joriy etish; 
- investitsiya loyihalarni investitsiya dasturining aniq ro‘yxatiga oldindan 
belgilangan mezonlar asosida kiritish; 

ilgari 
boshlangan 
obyektlarni 
tugallash 
uchun 
markazlashtirilgan 
investitsiyalarni, birinchi navbatda, ajratish. 
Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim 
tarmoqlarini va mintaqalarini rivojlantirish ustuvorliklari, mahsulot sotish 
ko‘rsatkichlari, shu jumladan, eksportga yo‘naltirilganlik, butlovchi buyumlar va 
komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtiriщda qatnashish va shu kabilar asosiy 
mezonlar hisoblanadi. Mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiya 
loyihalarini amalga oshirishning ahamiyati benihoya katta. Buning afzalliklariga 
quyidagilarni keltirish o‘rinli: 


168 
-
xorijiy 
investitsiyalar 
ko‘magida 
korxonalarga 
zamonaviy 
texnika-
texnologiyalar joriy qilib, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish 
rivojlanadi; 
-
import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, va buning uchun 
xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirish va pirovardida 
aholining turmush darajasini oshirish imkoni yaratiladi; 
-
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishini jadallashtirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari bilan 
ta’minlashga ko‘maklashadi; 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin