157
9-BOB. INVESTITSIYA SIYOSATI VA INVESTITSIYA FAOLIYATINI
TARTIBGA SOLISH
9.1
. Davlatning investitsiya munosabatlarni tartibga solishi
Mamlakat, biron-bir iqtisodiy subyektning faoliyatini kengaytirish zamonaviy
innovatsion texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash
investitsion sarflar orqali
amalga oshiriladi. Mazmunan va mohiyat jihatdan investitsiyalar kapitalni
belgilangan davrga bog‘lanishini ya’ni band etilishini moddiy va nomoddiy
aktivlarga ega bo‘lish uchun ularni safarbar etilishini anglatadi.
Investitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab
chiqarish vositalariga qo‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular
foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan
aktivlar hisoblansa, iqtisodiy
mohiyatiga ko‘ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish,
uzoq muddat xizmat
ko‘rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan
bog‘liq bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek
investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi.
Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko‘p
duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash obyektiga ko‘ra uch
turga bo‘linadi.
1. Ishlab chiqarish investitsiyalari;
2. Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya;
3. Uy-joy qurilishiga investitsiya.
Investitsiyalarning o‘sish sur’atlari ko‘p omillarga bog‘liq.
Avvalambor
investitsiyalar xajmi olingan daromadni iste’mol va jamg‘armaga taqsimlanishiga
bog‘liq. Aholini o‘rtacha daromadi past bo‘lgan holda ularning asosiy qismi (70-
80foiz) iste’molga sarflanadi. Aholi daromadlarini o‘sib borishi jamg‘arishga
yuboriladigan qismi ortib borishiga sabab bo‘ladi. Umumiy daromadda jamg‘arish
ulushining ortib borishi investitsiyalar hajmini o‘sishiga olib keladi, va aksincha.
Ammo bu shart aholini davlatga ishonchi yuqori bo‘lganda,
davlat fuqarolarning
investitsion faolligini ta’minlaganda va kafolatlanganda bajariladi. Investitsiyalar
158
hajmiga kutilayotgan daromad normasi ham ta’sir ko‘rsatadi, chunki ko‘rilayotgan
foyda investitsiyalashga undaydi. Kutilayotgan foyda normasi qanchalik yuqori
bo‘lsa, investitsiyalash hajmi shunchalik yuqori bo‘ladi, va aksincha.
Investitsiyalar xajmiga ssuda foizi stavkasi katta ta’sir ko‘rsatadi,
chunki
investitsiyalash jarayonida qarzga olingan mablag‘lardan ham foydalaniladi. Agar
kutilayotgan sof foyda normasi o‘rtacha ssuda foizi stavkasidan yuqori bo‘lsa bu
qo‘yilmalar investor uchun daromadlidir. Shuning uchun o‘rtacha foiz stavkasini
o‘sishi investitsiyalash jarayonini susayishiga olib keladi.
Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan inflatsiya sur’atlari ham o‘z ta’sirini
o‘tkazadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa investorning kelajakdagi foydasi
shunchalik qadrsizlanadi va investitsiyalarni rag‘batlantiruvchi
omillar qisqarib
boradi.
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida
real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi
kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar
uchun qarz bahosi ortib, ular
ko‘rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo‘yadi.
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi
dinamikasiga teskari proporsional tarzda o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Avtonom invstitsiya funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Dostları ilə paylaş: