O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy о‘zgartirish, modernizatsiya



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy о‘zgartirish, modernizatsiya 


149 
va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bо‘yicha chora-tadbirlar dasturi 
tarkibiy 
о‘zgarishlarni izchil ta’minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya 
qilish, barqaror iqtisodiy о‘sish lokomotivlari bо‘lishga qodir yuqori texnologiyali 
sanoat tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 
energiya sarfi, moddiy va mehnat xarajatlarini kamaytirish bо‘yicha mavjud 
zaxiralardan yanada tо‘liq foydalanish, shuningdek, jahon bozorida talab barqaror 
bо‘lgan raqobatbardosh tayyor tovarlar va yarim fabrikatlar ishlab chiqarishni 
kengaytirish, buning uchun xorijiy investitsiyalarni, jumladan, yetakchi xorijiy 
kompaniyalar bilan birgalikda qо‘shma korxonalar tashkil etish orqali faol jalb qilish 
maqsadida qabul qilindi.
Xususan, ushbu farmonga muvofiq, resurs tejaydigan bug‘-gaz qurilmasi va 
quyosh 
energiyasidan 
foydalanish 
bо‘yicha 
sinab kо‘rilgan zamonaviy 
texnologiyalarni keng joriy etish asosida elektr energetika sohasida faoliyat 
kо‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini izchil modernizatsiya qilish va 
yangilarini tashkil etish kо‘zda tutilmoqda. 
Neft-gaz va neft-kimyo sanoatida tabiiy gaz va gaz kondensatini chuqur qayta 
ishlash asosida yuqori qо‘shimcha qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish hajmini 
oshirish va turini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Kimyo sanoatida ishlab chiqarish 
va eksportni murakkab mineral о‘g‘itlar, polimerlar, sintetik kauchuk, metanol va 
keng turdagi maishiy-kimyo tovarlari ishlab chiqarish bо‘yicha zamonaviy 
texnologiyalarni joriy etish orqali diversifikatsiya qilish kо‘zda tutilgan. 
Umuman, geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va 
metallurgiya sanoatida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
yangilash bо‘yicha 124 investitsiya loyihasi, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlarni jalb 
etgan holda 48 istiqbolli investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-martdagi “2015-2019-
yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy о‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya 
qilishni ta’minlash bо‘yicha chora-tadbirlar dasturi tо‘g‘risida»gi farmonida ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bо‘yicha umumiy 
qiymati 40 milliard 809 million dollarlik 846 investitsiya loyihasini amalga oshirish 


150 
kо‘zda 
tutilgan. 
2015-2019-yillarda amalga oshiriladigan qiymati 19 milliard 640 million dollarlik 
711 yangi loyihaning sarmoyadorlari va moliyalashtirish manbalari belgilab olingan. 
Qiymati 21 milliard 169 million dollarlik 135 istiqbolli loyihaga esa xorijiy 
investitsiyalar va kreditlar jalb qilinadi. 
Ushbu Dasturning hayotga tatbiq etilishi 2015-2019-yillarda yalpi ichki 
mahsulotni yiliga о‘rtacha kamida 8 foiz, jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarishni 9 foiz, shu davr ichida ushbu kо‘rsatkichni 1,5 barobar oshirish imkonini 
beradi. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida sanoat ulushi hozirgi 24 foizdan 2020-
yilda 27 foizga yetadi. Mashinasozlik, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, tо‘qimachilik va 
oziq-ovqat kabi yuqori texnologiyali tarmoqlarni yanada jadal rivojlantirish, sanoatda 
ularning ulushini 2014-yildagi 62 foiz о‘rniga 2020-yilda 67 foizga yetkazish 
kutilmoqda. Bu borada 100 ga yaqin yangi tovar guruhlari (qariyb 1000 xil mahsulot) 
ishlab chiqarish о‘zlashtiriladi va 2020-yilga borib mamlakatimiz sanoatining yillik 
ishlab chiqarish hamda eksport salohiyati tegishli ravishda 18 trillion sо‘mga va 2 
milliard dollarga oshiriladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin