148
bo‘yicha dasturi” (11.02.2015 y. № PF-2298), “2015-2019-yillarda muxandislik-
kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya
qilish dasturi” (06.03.2015y. № PF-2313), “2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni
tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha
chora-tadbirlar dasturi” (04.03.2015 y. Q-4707),“2015-2019-yillarda iqtisodiyot
tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiya tejaydigan
texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi” lari (05.05.2015y. № PF-2343)
doirasida amalga oshirilmoqda. Ular ustuvor investitsion loyihalar ro‘yxatini qamrab
olib, iqtisodiyotni asosiy tarmoqlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
2015-yilda rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish natijasida umumiy qiymati
7 milliard 400 million dollar bo‘lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish obyekti qurilishi
yakunlandi va foydalanishga topshirildi.
2015-2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar
ishlab
chiqarishni
mahalliylashtirish
dasturi
2015-yilning
11-fevralida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2298 sonli Qarori bilan qabul qilingan.
Mazkur qarorning 5-bandiga asosan quyidagi imtiyozlar belgilangan:
chetdan olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik
asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek mahalliylashtiriladigan
mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan komponentlar
uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
mahalliylashtirish loyihalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar bo‘yicha
foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi (soliq solishning soddalashtirilgan tizimini
qo‘llaydigan subyektlar uchun);
mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan
asosiy ishlab chiqarish fondlari bo‘yicha mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2298 sonli Qarorining 4 bandiga
asosan import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh
mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutuvchi hamda mahalliylashtirish darajasi 36
foizdan kam bo‘lmagan loyixalar mahalliylashtirish dasturiga kiritilishi belgilangan.
Dostları ilə paylaş: