141
7.6. O‘zbekiston iqtisodiyotini tarkibiy tuzilishini takomillashtirishning
yo‘nalishlari
Mustaqillik yillarida respublikamizda iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning
amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishildi;
- respublikaning yonilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyoji to‘la
ta’minlandi;
- energetika mustaqilligiga erishildi;
- ozuqabop g‘alla importiga qaramlik barham topdi. G‘alla
mustaqilligiga
erishildi;
- ishlab chiqarishda tayyor mahsulotlar ulushi ortib bormoqda;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi qisqarib
bormoqda;
- xizmat ko‘rsatish
sohalari rivojlanib, ular hajmining YAIMdagi ulushi ortib
bormoqda;
- xorijiy investitsiyalarni jalb etish yo‘li bilan yangi
avtomobilsozlik sanoati
vujudga keltirildi hamda samolyotsozlik,
radio-elektronika, elektronika sohalari,
shuningdek, qayta ishlash sohalarini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda;
- tarkibiy o‘zgarishlarning amalga oshirilishi oqibatida sanoat mahsulotlarining
tarmoq tarkibida yonilg‘i-energetika,
kimyo va neft-kimyosi, mashinasozlik,
metallomni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ulushi o‘sib bormoqda.
Shuningdek, 2019-yilda mamlakatimiz iqtisodiyotini
rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlari quyidagilar:
–
ishlab chiqarishni uzluksiz texnologik va texnik jihatdan yangilash;
–
ichki zaxiralarni ishlash va ulardan samarali foydalanish;
–
iqtisodiyotda sanoat sektorini rivojlantirish;
–
eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab - quvvatlashni kuchaytirish;
–
yer va suv resurslaridan samarali foydalanish;
Dostları ilə paylaş: