135
Nazariy izlanishlar va ko‘p sonli empirik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki,
yangi
institutlarning paydo bo‘lishi va, demak, xo‘jalik birliklarining yangicha o‘zaro
ta’siri hamda ularni yangicha tashkiliy shakllarining yuzaga kelishi bir-biriga
chambarchas bog‘liq, Chunonchi, xo‘jalik subyektlarining o‘zaro ta’sir
qilish
tamoyillari va qoidalari o‘zgarganda ularni tashkil qilish shakllari ham
transformatsiyalanadi (umuman iqtisodiyotning tashkiliy tuzilmasida va xususan, uning
alohida sektorlarida ham o‘zgarishlar kuzatiladi).
Institutsional o‘zgarishlar
quyidagi sohalarni qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari,
tovar va fond birjalari, investitsiya
fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va
boshqalar.
Institutlarning tarkibiy o‘zgarishlardagi
roli avvalambor, shunda ko‘rinadiki, u
yoki bu transaksiya (bitim) ishtirokchisi o‘zining maqsad va manfaatlariga ega bo‘ladi,
tashkiliy shakllar esa ayni paytdagi jamoat manfaatlaridan kelib chiqqan holda ularni bir-
biri bilan uyg‘unlashtiradi (muvofiqlashtiradi).
Mavjud iqtisodiy tuzilmalar ichida mulkchilik instituti, ya’ni xo‘jalik
faoliyatining muayyan natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va tasarruf etish
me’yorlari va qoidalari yig‘indisi alohida o‘rin tutadi. Buning sababi shundan
iboratki, u samaradorlik mezonlari tizimini belgilaydi.
Mulkchilik institutiga xos
me’yor va qoidalar bilan birga, ularning bajarilishini ta’minlaydigan tashkilotlarning
ham zarurligi haqidagi xulosa mulkchilik huquqi nazariyasining muhim xulosasidir.
Bunday tashkilotlarga davlat va uning boshqaruv organlari tizimi kiradi. Davlatning
boshqa nazorat tuzilmalaridan farqi shundaki, u mulkchilik huquqlarining amalga
oshirilishida tenglikni ko‘proq ta’minlaydi.
Shunday qilib, iqtisodiyotning institutsional tuzilmasi
yoki uning alohida
tarmog‘i har qanday davr oralig‘ida quyidagi uchlik bilan ta’riflanadi: “institutsional
muhit (iqtisodiy institutlar yig‘indisi) - institutsional qurilma (o‘zaro ta’sir shakllari) -
136
tashkiliy tuzilma (tashkiliy shakllar yig‘indisi)”. Bunda mazkur uchlik doirasidagi
sabab-oqibat aloqalari teskari yo‘nalishga ham ega.
Institutsional nazariya asosiy qoidalarining qisqacha tahlili ko‘rilayotgan
muammoga nisbatan muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan qator xulosalarni keltirib
chiqardi, ya’ni:
Dostları ilə paylaş: