7.3. Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish borasidagi turli xil nazariyalar
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini, shuningdek iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish
borasida ko‘plab iqtisodchi olimlar ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borgan
bo‘lib, asosan, tadqiqotlarda, iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishlar borasidagi
nazariyalarda iqtisodiyotida agrar soha ustun bo‘lgan davlatlarni nisbatan rivojlangan
125
tarmoq tarkibini, nisbatan yuqori urbanizatsiya darajasini shakllantirish va
sanoatlashtirish mexanizmlariga e’tibor berilgan. Strukturalistlarning iqtisodiy
rivojlanishga bo‘lgan mashhur nazariy qarashlariga misol sifatida Artur Lyuisning
ishchi kuchi haddan tashqari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiyotning ikki sektorli modeli va
Xollis Chenerining rivojlanish shakllarining empirik tahlilini keltirish mumkin.
Nobel mukofoti lauriyati Artur Lyuis 1950-yillarda iste’mol iqtisodiyotini
tarkibiy o‘zgartirishlarga qaratilgan rivojlanishning nazariy modellaridan birini tuzdi.
Bu modelda yaxshi rivojlanmagan iqtisodiyot ikki sektordan iborat: an’anaviy sektor-
qishloq xo‘jaligi, zamonaviy sektor - sanoatlashgan shahar xo‘jaligi.
Modelda asosiy e’tibor ishchi kuchi migratsiyasi, ishlab chiqarishning o‘sishi va
zamonaviy sektordagi bandlikka qaratilgan. Unga ko‘ra, an’anaviy sektorda ishchi
kuchi ortiqchaligi va bandligi oshgani sari chegaraviy mehnat unumdorligi nolga
tenglashadi va ushbu ishchilarga taqsimlanadigan chegaraviy mahsulot ham nolga
teng bo‘ladi. Zamonaviy sektorda ish haqi agrar sektorga nisbatan 30 foizdan kam
bo‘lmagan miqdorda belgilanib migratsiyani rag‘batlantiradi. Sanoatda ishchi
kuchini ko‘proq jalb etish bilan mahsulot miqdori va foyda yanada ortadi va
kapitalning o‘sishi ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirib boradi. Bu holat
ishchilarning chegaraviy mehnat unumdorligi real ish haqi bilan tenglashguncha
davom etadi.
O‘z-o‘zini qo‘llab-quvvatlaydigan o‘sish jarayoni va bandlikning o‘sishi
qishloqdagi barcha ortiqcha ishchi kuchining yangi sanoat tarmoqlarida band
bo‘lguniga qadar davom etadi. Agrar sektorda yer birligiga to‘g‘ri keladigan ishchilar
soni kamayishi bilan mehnatning chegaraviy mahsuloti nolga teng bo‘lmay qoladi.
Lyuisning fikricha, shu yo‘nalishda iqtisodiy faollik markazi an’anaviy agrar
sektordan zamonaviy shahar sanoatiga ko‘chadi va xo‘jalikni tarkibiy o‘zgartirish
amalga oshiriladi.
Biroq modelni o‘rgangan olimlar real iqtisodiy holatlarga mos kelmaydigan
quyidagi kamchiliklarni aniqlashgan:
30
30
Микаэль П. Тодаро “Экономическое развитие” Москва. ЮНИТИ 1997 г.
126
Birinchidan, model zamonaviy sektorda ishchi kuchi migratsiyasi bilan birga
parallell tarzda kapital jamg‘arilishi va qanchalik tez jamg‘arilsa, shunchalik tez
bandlik oshishi taxminiga asoslangan. Lekin foyda mehnat sarfini tejaydigan asbob-
uskunalarga sarflansa yoki umuman qayta investitsiya qilinmasa, qo‘shimcha ishchi
kuchi jalb etilmaydigan holat inobatga olinmagan.
Ikkinchidan - zamonaviy sektorda raqobatli mehnat bozorida qishloqda ishchi
kuchining yetarli darajada qolguniga qadar shaharda real ish haqining doimiyligini
saqlab turilishi haqidagi noreallikdir.
Uchinchidan, ishchi kuchining qishloqlarda haddan tashqari ortiqchaligi va
shaharlarda to‘la bandligi nazariyasi ko‘pchilik iqtisodiy rivojlanmagan davlatlarga
to‘g‘ri kelmasligi, shaharlarda yirik masshtabdagi ishsizliklar mavjudligi va
qishloqlarda nisbatan kam sonli ishchi kuchining ortiqchaligi haqidagi tanqidiy
fikrlar Mikael Todaroning “Iqtisodiy o‘sish” kitobida keltirilgan.
Shunday bo‘lsada, Lyuisning neoklassik konsepsiyasi iqtisodiy o‘sish
nazariyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Uning modeli Jon Fae va Gustav Reynslar
tomonidan takomillashtirilib, mehnat bozori dualizmi bilan birga tovarlar va
moliyaviy vositalar bozorlari dualizmi tahlil qilinadi
31
.
A. Lyuis o‘z modelida an’anaviy xo‘jalikdan zamonaviy xo‘jalikka olib
keladigan iqtisodiy, industrial va intitutsional tuzilmalarning tadrijiy o‘zgarishlarida
jismoniy va inson kapitalini jamg‘arilishigagina e’tiborni qaratadi.
Bizningcha, zamonaviy iqtisodiy tizimga o‘tish uchun nafaqat jismoniy va inson
kapitali, balki shu bilan birga mamlakat iqtisodiyoti tarkibida o‘zaro bog‘liq ketma-
ket o‘zgartirishlarni bajarilishiga e’tiborni qaratish lozim. Bu siljishlar taxminan
barcha sohalarni - ishlab chiqarish, iste’mol talabi, tashqi savdo, resurslar taqsimoti,
ijtimoiy- iqtisodiy omillar(aholi soni o‘sishi, bandlik tarkibi, urbanizatsiya)ni qamrab
oladi.
Ana shunday o‘zgartirishlarni o‘rganish borasida X. Chenerining mashhur
tarkibiy o‘zgarishlar modeli ahamiyatga molikdir. U turli mamlakatlarning ko‘p yillik
ma’lumotlarini tahlil qilib ularning rivojlanishida o‘xshashliklarni aniqlaydi. Bunday
31
Нуреев Р. М. «Экономика развития: модели становления рыночной экономики» Москва, НОРМА 2008г.
127
o‘xshashliklarga iqtisodiy faollikning agrar sohadan sanoatga ko‘chirilishi, jismoniy
va inson kapitalining doimiy jamg‘arilishi, iste’mol talabining birlamchi ehtiyojli tor
doiradagi tovarlar turidan turli sanoat mahsulotlari va xizmatlari tomon siljishi,
savodxonlik darajasining o‘sishi kabilarni misol keltiradi.
Cheneri tarkibiy o‘zgarishlarni empirik tadqiqotlar qilishda rivojlanishning ichki
va tashqi ta’sirlari mavjudligiga ahamiyat beradi. Ichki cheklovlarni o‘zini iqtisodiy
va institutsional cheklovlarga ajratib: birinchisi mamlakat kattaligi, resurs salohiyati
va aholi soniga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisiga davlat siyosatining maqsad va vositalarini
kiritadi. Tashqi cheklovlar esa xorijiy investitsiyalarga, texnologiyalarga va tashqi
bozorlarga chiqish imkoniyatlari darajasidan iboratligini ta’kidlaydi.
Tarkibiy o‘zgarishlar modeli tarafdorlari deyarli barcha mamlakatlar uchun
rivojlanish turlari va yo‘nalishlarini aniqlab ko‘rsatish mumkinligini ta’kidlashadi.
Empirik tadqiqotlari tahlili tarkibiy o‘zgarishlarga davlat o‘z chora-tadbirlari bilan
tashqi savdoni ratsional tashkillashtirish va tashqi yordam asosidagi rivojlanish
dasturlari bilan ta’sir etish mumkinligini ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib,
strukturalistlar to‘g‘ri iqtisodiy siyosatning tanlanishi o‘z-o‘zini qo‘llab-quvvatlovchi
rivojlanishga olib keladi deb xulosa qiladilar.
Biroq, tarkibiyo‘zgarishlar borasida empirik yo‘nalish tarafdorlari fikrlari tashqi
qaramlikka olib kelishi mumkinligi boshqa yo‘nalish tarafdorlari tomonidan ushbu
nazariyaga qarshi g‘oyalarni keltirib chiqardi. Ularning fikricha, strukturalistlar
tomonidan aniqlangan ko‘pchilik davlatlarning rivojlanishidagi umumiyliklar
chegaralangan amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, bu o‘xshashliklar alohida
mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishining asosiy omillarni ochib bermaydi. G‘arb
davlatlari rivojlanishi tahlilidan kelib chiqqan g‘oyalarni yaxshi rivojlanmagan
davlatlarga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab bo‘lmaydi. Bundan tashqari dualizm
tarafdorlari Lyuisning ikki sektorli modeli o‘z-o‘zidan boylar va kambag‘allar
o‘rtasidagi farqni oshiradi va boy, rivojlangan davlatlarni oldingidan ham ko‘proq
kapital jamg‘arishiga imkon yaratib, rivojlanmagan davlatlarni yanada quyi
rivojlanish darajasiga tushib qolishlariga olib keladi degan fikrni bildiradilar.
128
Rivojlanmagan davlatlarda infratuzilma, raqobatli bozor, kerakli iqtisodiy
elementlarning mavjud emasligi “ko‘rinmas qo‘l” nazariyasi ko‘pincha umumiy
farovonlikka emas, balki boylarning yanada boyishi va kambag‘allarning yanada
qashshoqlashishiga olib kelishi mumkin.
32
Rivojlanmagan davlatlardagi aynan
institutsional va boshqaruv tizimining o‘ziga xosligi kabi muammolar “yangi
iqtisodiy o‘sish nazariyasi”ni shakllantirmoqda. Bunda davlat ishtiroki asosida uzoq
muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga ahamiyat berilib, o‘sish sur’atlarida
davlatlararo farqni va shu o‘sish sur’atlari omillarini tushuntirish asosiy maqsad qilib
belgilangan. Ushbu nazariya shakllanish jarayonida bo‘lgani sabab to‘liq xulosa
chiqarib bo‘lmaydi.
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar xususidagi nazariyalarni o‘rganishda
iqtisodiyotda tarkibiy siljishlar, iqtisodiyotning tarkibiy siljishlarini samaradorligini
aniqlash kabilar to‘g`risida so‘z yuritish o‘rinlidir. Jumladan, iqtisodiyotning tarkibiy
siljishlarini saradorligini aniqlash va ularni mamlakat barqaror iqtisodiy o‘sishdagi
rolini miqdoriy baholash muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |