O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

Tarkibiy o‘zgarishlar siyosati 
– davlat tomonidan amalga oshiriladigan, 
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirishga 
qaratilgan chora-tadbirlar majmui. 
Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida tarkibiy o‘zgarishlar siyosati: 
- mamlakat iqtisodiyotining diversifikatsiyalashuvi darajasini ko‘tarish, ya’ni 
ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarning nomenklaturasini kengaytirish
YaIM, eksport kabi ko‘rsatkichlarda alohida tarmoq mahsuloti yoki mahsulot 
guruhining ustunlik qilishiga barham berish;
- tashqi bozorlardagi kon’yunktura o‘zgarishlariga kam ta’sirchan bo‘lgan 
tarmoqlar va sohalarning YaIM va bandlikdagi ulushining yuqori bo‘lishini 
ta’minlash; 
- tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi, shuningdek eksport qiluvchi korxona va 
tarmoqlarning xom ashyo va butlovchi qismlar bilan ta’minlanishida mahalliy 
korxonalar ulushining ustunligiga erishish; 
- yuqori texnologiyalar va zamonaviy texnika bilan bilan qurollangan, arzon va 
sifatli, tashqi bozorda bemalol raqobatga kirisha oladigan sanoat tarmoqlarining 
sanoat ishlab chiqarishi ko‘rsatkichlaridagi ulushini oshirish; 
- kon’yunktura o‘zgarishlariga tez moslashuvchan, kapital sig‘imi past bo‘lgan 
kichik soha va tarmoqlarning yalpi iqtisodiy ko‘rsatkichlardagi salmog‘ini oshirishga 
erishish yo‘nalishlarida olib borilmoqda. 
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirib borish, chuqur qayta 
ishlangan, tayyor, qo‘shilgan qiymat hissasi yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab 


119 
chiqaruvchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish va ularning YaIM hamda mamlakat 
eksportidagi ulushini ko‘paytirish muhim ahamiyatga ega. 
Shuningdek, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda iqtisodiyot 
tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish muhim ahamiyatga egadir. 
Diversifikatsiya - ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini kengaytirish, noan’anaviy 
ishlab chiqarish turlarini o‘zlashtirish hisobiga iste’mol bozorlarni yangi mahsulotlar 
bilan to‘ldirishni bildiradi. 
Modernizatsiyalash - ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, uni yangi talab va 
me’yorlarga texnik shart-sharoitlarga va sifat ko‘rsatkichlarga moslashtirishni 
bildiradi. Modernizatsiyalashning harakatlantiruvchi kuchlari - davlat, tadbirkorlik, 
inson kapitali bo‘lib, uning asosiy tamoyillari quyidagilar: 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin