O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


-jadval  O‘zbekistonda tijorat banklari likvidligiga hamda kapital yetarliligiga



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

6.4-jadval 
O‘zbekistonda tijorat banklari likvidligiga hamda kapital yetarliligiga 
qo‘yilgan talablarning kuchga kirish sanasi

Ko‘rsatkichlar
Kuchga kirish sanasi
01.09.2015
2016
2017
2018
2019
Regulyativ kapital, (K1)* 
10foiz 
11,5foiz 12,5foiz 13,5foiz 14,5foiz 
I darajali kapital, (K2)* 
7,5foiz 
8,5foiz 
9,5foiz 10,5foiz 11foiz 
I darajali asosiy kapital 
6foiz 
7foiz 
7,5foiz 
8,5foiz 
9,5foiz 
Leveraj koeffitsienti, (K3) 
6foiz 
6foiz 
6foiz 
6foiz 
6foiz 
Joriy likvidlik koeffitsienti, (JLK) 
30foiz 
30foiz 
30foiz 
30foiz 
30foiz 
Likvidlilikni qoplash me’yori 
koeffitsienti, (LQMK) 
80foiz 
90foiz 
100foiz 100foiz 
Sof barqaror moliyalashtirish me’yori 
koeffitsienti, (SBMMK) 
100foiz 100foiz 
* kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan holda. 
 
Jumladan, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi banklarning likvidliligini va kapital 
monandligini, shuningdek ularni boshqarish usullari va mexanizmlarini belgilovchi 
me’yoriy talablarni Bazel-III standartlari asosida yanada takomillashtirish vazifasi 
berildi: 


113 
a)
yuqori likvidli aktivlarning keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqimga nisbati 
sifatida aniqlanuvchi likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsientini (LQMK – LCR) 
joriy qilish va unga minimal talabni 100 foiz miqdorida belgilash; 
b)
barqaror 
moliyalashtirishning 
mavjud 
summasini 
barqaror 
moliyalashtirishning zarur summasiga nisbati sifatida aniqlanuvchi sof barqaror 
moliyalashtirish me’yori koeffitsientini (SBMMK – NSFR) joriy qilish va unga eng 
kam talabni 100 foiz miqdorida belgilash; 
c)
kapital tarkibini o‘zgartirishni joriy qilish va regulyativ kapital monandlik 
koeffitsientining eng kam miqdorini 10 foizdan 14,5 foizga bosqichma-bosqich 
oshirish; 
d)
tavakkalchilikka tortilgan jami aktivlarning 3 foizdan kam bo‘lmagan 
miqdorda konservatsiya buferi tashkil qilinishini hisobga olgan holda birinchi darajali 
kapital monandlik koeffitsientining eng kam miqdorini 5 foizdan 11 foizga 
bosqichma-bosqich oshirish; 
e)
kapital 
monandligini 
aniqlash 
maqsadida 
operatsion 
va 
bozor 
tavakkalchiliklarini baholash usullarini takomillashtirish. 
Shuningdek, Qarorda BNBQ tavsiya qilgan “Samarali korporativ boshqaruv 
tamoyillari”ni bank faoliyatiga joriy qilish hamda yillik va oraliq moliyaviy 
hisobotlarni banklarning veb-saytlarida joylashtirish va bank siri to‘g‘risidagi 
qonunchilik doirasida boshqa yo‘llar bilan bank faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
ochiqligini (oshkoraligini) yanada oshirish belgilangan. 
Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Markaziy 
bank tomonidan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasining xalqaro ekspertlari 
bilan birgalikda respublika bank nazoratiga oid me’yoriy hujjatlarni xalqaro 
standartlar, shu jumladan bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi 
tavsiyalari asosida takomillashtirilmoqda. Bu bilan respublikamiz bank tizimida 
kapital monandliligi va likvidlilik ko‘rsatkichlari hisob-kitobi va ularga qo‘yilgan eng 
kam talablar bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi talablariga muvofiqlashtiriladi. 


114 
Shuningdek, bank korporativ boshqaruv tizimi ham Bazel qo‘mitasi talablari 
asosida takomillashtirilishi O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida korporativ 
boshqaruvning samarasining oshishiga xizmat qiladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin