91
6.3.
Monetar siyosat vositalarining turlari va xususiyatlari
Iqtisodiy adabiyotda monetar siyosat vositalari, ya’ni instrumentlarini quyidagi
ikki guruhga ajratish keng tarqalgan:
1. an’anaviy instrumentlar;
2. noan’anaviy insturmentlar.
Monetar siyosatning an’naviy instrumentlariga quyidagilar kiradi:
- qayta moliyalash siyosati;
- majburiy zaxira siyosati;
- ochiq bozor siyosati;
- valyuta siyosati;
- depozit siyosati.
Monetar siyosatning noan’anaviy instrumentlariga quyidagilar kiradi:
- tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash;
- tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilash;
- tijorat banklari depozitlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilash;
- selektiv kreditlash.
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko‘rinishidagi
pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o‘tkazadi, taklifini o‘zgartiradi va shular
orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.
Markaziy bank monetar siyosatni amalga oshirishda uning an’anaviy
instrumentlaridan (qayta moliyalash siyosati, majburiy zaxira siyosati, ochiq bozor
siyosati, valyuta siyosati va depozit siyosati) foydalanish muhim o‘rin tutadi. Nafaqat
taraqqiy etgan mamlakatlarda (katta yettilik davlatlari – AQSh, Yaponiya, GFR,
Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kanada), balki o‘tish iqtisodiyoti
mamlakatlarida ham an’anaviy monetar instrumentlardan foydalanish monetar
siyosatni amalga oshirishning tayanch vositalari vazifasini bajarmoqda.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan biri – majburiy bank zaxira me’yorini
o‘zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar – bu, kredit maqsadlari uchun
ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Zaxira normasi ikki asosiy
funksiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va
92
kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda
ushlab turishga majbur bo‘lgan zaxiralarning eng quyi normasini o‘rnatadi va shu
vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor
qanchalik yuqori bo‘lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining
kredit berish yo‘li bilan “pullarni barpo etish” qobiliyati past bo‘ladi.
Majburiy zaxira siyosati Markaziy bank pul-kredit siyosatining an’anaviy
instrumentlaridan biri hisoblanadi. Bunda uch xil tushuncha qo‘llaniladi:
1. zaxira talablari (reserve requirements);
2. minimal zaxiralar (minimum reserves);
3. majburiy zaxiralar (legal reserves).
Majburiy zaxira siyosati monetar siyosatning instrumenti sifatida dastlab AQSh
Federal zaxira tizimi (FZT) tomonidan mamlakat bank tizimining likvidliligiga ta’sir
etish maqsadida joriy qilingan edi.
Hozirgi davrga kelib majburiy zaxira siyosati muomaladagi pul massasini
tartibga solishning, milliy bank tizimining likvidliligiga Markaziy bank tomonidan
ta’sir etishning muhim, ta’sirchan vositasiga aylandi.
Markaziy bankning majburiy zaxira siyosati quyidagi uch funksiyani bajaradi:
– tijorat banklarining kredit ekspansiyasini jilovlash;
– milliy bank tizimining likvidliligiga ta’sir etish;
– tijorat banki bankrot bo‘lgan sharoitda uning majburiyatlari yuzasidan
hisoblashish.
Muomaladagi pul massasining asosiy qismi tijorat banklarining kredit emissiyasi
natijasida vujudga keladi. Shu sababli, muomaladagi pul massasini tartibga solishda
asosiy e’tibor tijorat banklarining kredit ekspansiyasini jilovlashga qaratiladi. Bu esa,
o‘z navbatida, Markaziy bankning tijorat banklari kredit emissiyasiga bevosita va
tezkor tarzda ta’sir qiladigan monetar instrumentlarga bo‘lgan ehtiyojini yuzaga
keltiradi. Majburiy zaxira talabnomasi, boshqa monetar instrumentlardan farqli
o‘laroq, tijorat banklarining kreditlash salohiyatiga bevosita va tezkor ta’sir etish
xususiyatiga ega. Shu sababli, rivojlangan sanoat mamlakatlari markaziy banklari
93
ham mazkur instrumentdan foydalanish amaliyotidan voz kechishmagan. Bunga
misol qilib AQSh FZTni, Yevropa Markaziy bankini (YeMB) keltirish mumkin.
Markaziy bank pul-kredit siyosatining instrumentlaridan foydalanish amaliyoti
takomillashmagan
mamlakatlarda,
xususan,
ko‘pchilik
o‘tish iqtisodiyoti
mamlakatlarida majburiy zaxira siyosatidan Markaziy bank pul-kredit siyosatining
asosiy instrumentlaridan biri sifatida foydalanadi. Buning boisi shundaki, birinchidan,
o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ko‘pchiligida moliya bozorlari rivojlanmagan
bo‘lib, bu holat markaziy banklarning ochiq bozor siyosatini, qayta moliyalash
siyosati va valyuta siyosatini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi; ikkinchidan, majburiy
zaxira siyosati muomaladagi pul massasiga bevosita va tez ta’sir qilish xususiyatiga
ega; uchinchidan, majburiy zaxira talablariga tijorat banklari tomonidan rioya
etilayotganligi ustidan nazorat qilish oson. Buning sababi shundaki, Markaziy bank
tijorat banklarining balans ma’lumotlarini doimiy tarzda olib turish amaliyotiga ega.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bankning tijorat banklarini
litsenziyalash va ular faoliyatini tartibga solish bilan shug‘ullanadigan departamenti
xodimlari tijorat banklarining balans ma’lumotlarini doimiy va tezkor tarzda olishadi
va ushbu ma’lumotlar asosida tijorat banklari faoliyati ustidan nazoratni amalga
oshirishadi.
Shunisi xarakterliki, o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ko‘pchiligida, xususan,
O‘zbekiston, Rossiya va Ukrainada ochiq bozor siyosati, qayta moliyalash siyosati
kabi
an’anaviy
monetar
instrumentlardan
foydalanish
mexanizmi
takomillashmaganligi sababli majburiy zaxira siyosatidan asosiy monetar instrument
sifatida foydalaniladi. Mazkur mamlakatlarda majburiy zaxira stavkalari boshqa
mamlakatlardagiga nisbatan sezilarli darajada yuqoridir.
Bu esa, mazkur mamlakatlarda majburiy zaxira siyosatidan pullar taklifini
tartibga solishda asosiy monetar instrument sifatida foydalanilayotganligidan dalolat
beradi.
Majburiy bank zaxirasi me’yorini ko‘tarish yordamida pul taklifini kamaytiradi.
Zero, bu banklarning ortiqcha bank zaxiralari qisqarishiga olib keladi. Pul-kredit
siyosatini o‘tkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta’sir etadi. Turli
94
mamlakatlarda qo‘llanilayotgan majburiy zaxira normalari turlichadir. Yuqori
inflatsiya darajasi sharoitida Janubiy Koreyada bu norma -100 foiz bo‘lgan bo‘lsa,
Italiyada -25 foizni, Yaponiyada bor yo‘g‘i -2.5 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasida majburiy zaxiralash normasi keyingi o‘n yil
davomida sezilarli darajada kamaydi (6.2-jadval).
6.2-jadval
Dostları ilə paylaş: |