O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
5.4.
 
Soliq tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish hamda 
soliq yukini kamaytirish yo‘llari 


69 
Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida davlat soliq siyosatining 
asosiy yo‘nalishi bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan qator ilmiy 
asoslangan soliqlarni joriy etish va shu orqali mavjud soliq tizimini tubdan qaytadan 
tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Soliq siyosatining keyingi yo‘nalishi esa joriy etilgan 
soliqlarni samarali amal qilishini ta’minlash maqsadida soliq munosabatlarini amalga 
oshiruvchi tegishli muassasalarning tashkil etishga qaratildi. Xususan, dastlab 
Vazirlar Mahkamasi qoshida Soliq bosh boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lsa, 1994-
yilga kelib bu boshqarma Davlat Soliq qo‘mitasiga aylantirildi va uning hududiy 
bo‘linmalari tashkil etildi. Bundan ko‘rinadiki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 
birinchi bosqichida soliq siyosatida asosan tashkiliy jihatlarga e’tibor qaratildi, ya’ni 
soliqlarni joriy etish va soliq siyosatini bevosita amalga oshiruvchi tegishli 
muassasalar shakllantirildi. 
Bu davrdagi soliq siyosatining asosiy xususiyatlaridan biri soliqlarning ko‘proq 
fiskal ahamiyat kasb etishida, ya’ni ko‘proq e’tibor davlat budjeti daromadlarini 
shakllantirishga qaratildi.
Bugungi kunda respublikamiz soliq siyosatini isloh qilishning asosiy 
yo‘nalishlari sifatida soliq qonunchiligini yanada soddalashtirish, soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini yengillashtirish, soliq 
boshqaruvini erkinlashtirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishni soliq 
instrumentlari vositasida rag‘batlantirish va boshqa yo‘nalishlar belgilab olindi.
Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e’tibor qaratish 
lozimligi 
ko‘p 
bora ta’kidlanmoqda. Bunda birinchi navbatda ularning 
daromadlaridan undiriladigan bevosita soliqlarning salmog‘ini kamaytirish lozimligi 
alohida ahamiyatga ega. Buning natijasida, korxonalar ixtiyorida qoladigan
mablag‘lar ulushining ko‘payishi evaziga uning aylanma mablag‘lari miqdorini 
ko‘paytirib 
borish 
va 
optimal 
darajasini 
saqlash, 
ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiyalash, uning samaradorligini oshirish maqsadida ko‘proq investitsiya 
kiritish, xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish imkonini beradi.


70 
Bevosita soliqlar bo‘yicha soliq yukini izchil kamaytirish soliq siyosatining 
samaradorligini YaIM ga nisbatan ular tushumining barqaror kamayishi tendensiyasi 
ham isbotlaydi. Soliq tizimini takomillashtirishda ustuvor ahamiyat bilvosita soliqqa 
tortishga qaratilgan. Bilvosita soliqlar tovarlarga nisbatan qo‘shimcha bo‘lgani holda, 
pirovard natijada ishlab chiqaruvchining moliyaviy holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir 
ko‘rsatmaydi hamda ishlab chiqarishni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmaydi. 
Soliqqa tortish tizimini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri soliq 
tizimini tartibga solish, soliq turlarini kamaytirish, hisob-kitob mexanizmini 
soddalashtirish va ular bo‘yicha to‘lov davriyligini kamaytirish hisoblanadi.
Soliqqa tortishning ham qandaydir chegarasi borligi to‘g‘risida dastlabki 
tushunchalar paydo bo‘lgandan hozirgi kungacha yaratilgan qiymat yoki olingan 
daromadning qancha qismini davlat olishi kerag-u, qanchasi soliq to‘lovchining 
o‘zida qolishi lozimligi to‘g‘risida bosh qotiriladi, soliq yukining optimal darajasini 
topishga harakat qilinadi, lekin shu bugungacha bu borada aniq bir to‘xtamga erishib 
bo‘lmagan. Davlat o‘z daromadlarini maksimallashtirishga harakat qilsa, soliq 
to‘lovchilar aksincha, o‘z soliq majburiyatlarini minimallashtirishga, soliq bosimi 
ularning moliyaviy imkoniyatlarini cheklab qo‘ymasligiga harakat qiladilar. Soliq 
undirishda davlatning “adolatliligi” susayib borgani sayin, soliq to‘lovchilarning 
“rostgo‘yligi” ham kamayib boraveradi. Zamonaviy davlatchilikda soliqqa tortish 
bilan bog‘liq mazkur oddiy haqiqatni aksariyat polisimeykerlar allaqachon anglab 
yetishgan. Bunda esa soliq yukini optimallashtirishning klassik va zamonaviy ilmiy 
konsepsiyalari roli benihoya kattadir. 
Soliqqa tortishni optimallashtirishning klassik prinsiplariga asoslangan 
zamonaviy ilmiy-nazariy konsepsiyalar ichida amerikalik iqtisodchi olim Artur 
Lafferning mashhur “egri chizig‘i” alohida o‘ringa ega. 
A.Laffer soliq yuki darajasi va budjetga tushumlar o‘rtasidagi miqdoriy 
bog‘liqlikni parabolik egri chiziq ko‘rinishida tasvirlab, shuni xulosa qilib aytadiki, 
soliq tushumlarini faqat soliq stavkasi oshirilganda emas, balki soliq yuki maqbul 
darajagacha pasaytirilganda ham oshirib borish mumkin. 


71 
Soliq stavkalarining ma’lum bir chegaragacha ko‘tarilishigina davlat budjetiga 
soliq tushumlarining barqaror o‘sib borishi va ularning mumkin bo‘lgan maksimal 
darajasini ta’minlaydi. Keyin esa soliq tushumlari o‘sishdan to‘xtaydi. 
Soliq to‘lovchilar, ayniqsa, tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy faolligini 
bo‘g‘magan holda davlat budjetiga soliq tushumlarining barqaror o‘sib borishini 
ta’minlash imkonini beradigan soliq stavkalari hududi soliqqa tortishning “sog‘lom 
hududi” deb hisoblanadi. Budjetga tushumlarning mumkin bo‘lgan maksimal 
darajasini ta’minlaydigan soliqning chegaraviy optimal stavkasidan keyin esa soliqqa 
tortishning “taqiqlangan hududi” boshlanadi. 
Shunday qilib, soliq stavkasi ma’lum bir darajaga yetganda tadbirkorlik 
tashabbusi o‘ladi, ishlab chiqarishni kengaytirishga yoki uni davom ettirishga bo‘lgan 
istak yo‘qoladi, soliqqa tortiladigan daromadlar va, o‘z-o‘zidan, soliq bazalari 
qisqaradi. Oxir-oqibatda soliq to‘lovchilarning bir qismi (ilojini topganlari) 
iqtisodiyotning xufiyona sohasiga ko‘chib o‘tadi, boshqa qismi esa o‘z faoliyatiga 
nuqta qo‘yadi. 
Laffer nazariyasiga ko‘ra, soliq yukining og‘irlashuvi yashirin iqtisodiyotning 
rivojlanishiga olib keladi. Uning fikricha, daromadlarni soliqqa tortishning eng 
yuqori darajasi 30 foizdan oshmagani ma’qul. Mana shu stavkagacha budjet 
daromadlari ko‘payib keladi. Agar daromadlarning 40-50 foizi olina boshlansa, ya’ni 
soliq yuki darajasi “taqiqlangan hudud”ga o‘tib ketsa, u holda aholi jamg‘armalari 
qisqaradi, o‘z navbatida, iqtisodiyotga investitsiya qilishdan manfaatdorlik susayadi 
va soliq tushumlari kamayib ketadi. Aksincha, soliq yukini kamaytirish 
iqtisodiyotning rivojlanishini rag‘batlantiradi. 
Soliq yukining optimal darajasidan keyin nafaqat haqiqatda soliq to‘lanayotgan 
soliq bazalari, ya’ni rasman deklaratsiya qilingan daromadlar, balki haqiqiy soliqqa 
tortilishi lozim bo‘lgan, lekin soliqdan yashirilgan daromadlar ham kamayib ketadi. 
A.Laffer konsepsiyasining qisqacha mohiyati shundaki, davlat budjetining 
daromadlari soliq stavkalari va soliq yuki darajasini oshirish hisobiga emas, balki 
soliq solish bazalarining kengayishi hisobiga ko‘payadi. 


72 
Soliqqa tortishning umumiy qonuniyatlari shuni ko‘rsatadiki, keng soliq bazasi 
soliq yukining nisbatan pastroq darajasiga yo‘l beradi, tor soliq bazasi esa aksincha, 
yuqori soliq stavkalarini ko‘zda tutadi. Biroq yuqori yoki past soliq stavkalari soliq 
to‘lovchilarning iqtisodiy faoliyatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori soliqqa tortish 
darajasi mamlakat iqtisodiyotining yomonlashuviga, mos ravishda soliq bazalarining 
qisqarishiga olib keladi. Bu esa, davlatni o‘z moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun 
soliq stavkalarini yanada oshirishga majbur qiladi. Oshib boruvchi soliq yuki esa 
investitsiyalarni qisqartiradi, mos ravishda ishlab chiqarish, talab va bandlik ham 
qisqaradi. Shu tariqa soliq solish bazalarining yanada qisqarishi davom etadi, soliq 
tushumlari kamayib boradi. Og‘ir soliq bosimi, talabning qisqarishi, ishsizlikning 
ortishi iqtisodiyotni yanada izdan chiqaradi, tadbirkorlikdan manfaat yo‘qoladi, 
yashirin iqtisodiyot rivojlanadi, soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasi pasayib, 
korxonalarning soliq qarzlari oshadi. Davlat iqtisodiy siyosatining vazifasi esa mana 
shunday salbiy vaziyatga tushib qolishning oldini olish, agar shunday holatga tushgan 
bo‘lsa, undan chiqib ketishni ta’minlash hisoblanadi. 
Biroq, zamonaviy moliyaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatayaptiki, soliq yukining 
ma’lum bir darajasini barcha iqtisodiyotlar uchun ham birdek maqbul deb 
bo‘lavermaydi. Iqtisodiyoti yuksak darajada rivojlangan mamlakatda maqbul deb, 
topilgan soliq yuki darajasi rivojlanayotgan yoki o‘tish iqtisodiyotida bo‘lgan 
mamlakatlar uchun og‘irlik qilishi mumkin. Shuning uchun, soliq yuki iqtisodiyot 
darajasiga qarab har xil baholanadi. 
Soliq yukining darajasi bozor iqtisodiyoti taraqqiyot yo‘lining tanlangan 
modeliga ham bog‘liqdir. Erkin bozor iqtisodiyoti xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 
soliq yukining yengilroq bo‘lishini taqozo etsa, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyoti uning aksidir. Chunki bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi 
qanchalik kuchli bo‘lsa, davlat budjeti xarajatlarining oshishini taqozo etadiki, o‘z 
navbatida, soliq yukini oshirishga ehtiyoj tug‘iladi. 
Soliqlarning YaIMdagi salmog‘i sifatida makrodarajadagi soliq yuki 
ko‘rsatkichlarini qator mamlakatlar bo‘yicha ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, darhaqiqat, 


73 
yuqori darajada ijtimoiy himoya yo‘lga qo‘yilgan davlatlarda soliq yukining eng 
yuqori darajalarini kuzatish mumkin. 
Iqtisodiyoti 
rivojlangan 
davlatlar 
ichida 
makroiqtisodiy 
soliq 
yuki 
ko‘rsatkichining eng yuqori darajalari Skandinaviya va G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatlarda soliq tushumlarining YaIMdagi 
salmog‘i 40 foiz va undan yuqori darajani tashkil qiladi. Buning sababi shundaki, 
aynan ushbu mamlakatlarda fuqarolarning ijtimoiy himoyasi yuqori darajada 
ta’minlangan, soliqlardan sezilarli miqdorlarda standart va o‘zgaruvchan ijtimoiy 
chegirmalar mavjud bo‘lgani holda, yuqori soliqqa tortish darajasi kuzatiladi. 
Shuni ham ta’kidlash joizki, soliq yukining yuqori darajasi albatta, shu davlatda 
kuchli ijtimoiy himoya yo‘lga qo‘yilganligidan dalolat bermaydi. Mamlakatdagi 
yuqori 
fiskallik, 
aksincha, 
ayrim 
davlatlarda 
yashirin 
iqtisodiyotning 
kuchayganligidan bo‘lishi ham mumkin. Chunki, iqtisodiy faoliyat turlari, oborotlar, 
daromadlar, mulklar va boshqa soliqqa tortish mumkin bo‘lgan obyektlarning to‘liq 
hisobga olinmasligi oxir-oqibatda yalpi soliq bazalarining torayishiga olib keladi. Tor 
soliq bazasi esa, yuqorida ta’kidlanganidek, yuqori soliq stavkalarini talab qiladi. 
Zimbabve va Kuba kabi davlatlarda soliq yukining darajasi iqtisodiyoti yuksak 
bo‘lgan qator mamlakatlarnikidan ancha yuqori. Bundan tashqari, davlatlar bo‘yicha 
soliq yuki darajalarining qiyosiy tahlilidan xulosa qilish mumkinki, soliq yuki 
ko‘rsatkichi iqtisodiyotlarning qay darajada rivojlanganligi yoki mamlakatlarda 
ijtimoiy himoyaning qay darajada ta’minlanganligiga baho berishga asos bo‘la 
olmaydi. Bu ko‘rsatkichning darajasi mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy siyosatlarining 
xususiyatlari, ularda tabiiy resurslar holati, aholisining zichligi, geografik joylashuvi 
va boshqa qator omillar ta’sirida shakllanadi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin