56
shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-
tadbirlari tizimiga
pul emissiyasini cheklash, davlat budjeti taqchilligini qisqartirish,
ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.
Inflatsiya
ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy)
darajasining barqaror o‘sishi va pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishini
anglatadi. Inflatsiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’siri normal iqtisodiy munosabatlarni
izdan chiqarishida namoyon bo‘ladi.
Inflatsiya darajasi baho indekslari vositasida o‘lchanadi.
Kelib chiqish sabablariga kqra talab inflatsiyasi va taklif inflatsiyasi o‘zaro
farqlanadi. Inflatsiyaning bu ikki turi ko‘pincha aralash holda yuzaga keladi.
Kutilmagan inflatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar,
aholining turli
qatlamlari hamda davlat va aholi o‘rtasida qayta taqsimlaydi.
Ishsizlik va inflatsiya sur’atlari o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik Fillips egri
chizig‘ida aks etadi.
Hukumat Fillips egri chizig‘iga asoslanib qisqa davr uchun ishsizlik va inflatsiya
darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yo‘lidagi
muqarrar jarayondir. U eng avvalo tanglik holatlariga barham berishga qaratiladi.
Tanglik holati inqirozga uchrashning oldini
olish uchun ishlab chiqarish,
chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning sifati va turini o‘zgartirish yuzasidan chora-
tadbirlar
ko‘rishga
undaydi,
ishlab
chiqarish
xarajatlarini
kamaytirishga,
mahsulotning sifati va iste’mol
xossalarini yaxshilashga, uning raqobatga
bardoshligini oshirishga majbur qiladi. Bularning barchasi pirovard natijada bozorda
talab va taklif o‘rtasida qulay muvozanatni ta’minlashga olib keladi.
Kengroq
ma’noda barqarorlashtirish – bu eng avvalo makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash,
ishlab chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikdir.
Shuningdek, u pul qadrsizlanishining oldini olish, to‘lov balansini bir me’yorda
saqlash sohasida aniq maqsadni ko‘zlab olib boriladigan davlat siyosatidir.
Dostları ilə paylaş: