O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


  Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 


57 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Iqtisodiy tebranish deganda nimani tushunasiz? 
2.
Inflatsiyaning mohiyati faqatgina muomaladagi pul massasining 
ortiqchaligi bilan izohlanishi to‘g‘rimi?
3.
Ishsizlik nima va uning qanday turlarini bilasiz?
4.
Inflatsiyani tushuntirib berishga keynchilarning va neoklassiklarning 
yondoshuvlari qanday farq qiladi? 
5.
Inflatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari haqida gapirib bering? 
6.
Barqarorlashtirish siyosatining asosiy maqsadi nima? 
7.
Makroiqtisodiy siyosatning eng asosiy vazifasi nima? 
 


58 
5-BOB. IQTISODIY BARQARORLASHTIRISHNING FISKAL 
CHORALARI 
 
5.1. Fiskal siyosat va uning mohiyati 
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. 
Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori fiskal siyosat orqali 
ham erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, budjet-soliq siyosati deb ham aytiladi.
Budjet-soliq siyosati deganda noinflatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida 
iqtisodiyotda to‘liq bandlilikni, to‘lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga olgan 
chora tadbirlar tushuniladi. 
Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat 
tomonidan rag‘batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya’ni, 
davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini 
oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borish 
evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo‘lishi va soliqlarni 
kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o‘sishiga va natijada, iqtisodiy 
salohiyatning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank 
tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat 
xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. 
Iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflatsiya kelib chiqishi 
mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat – fiskal restriksiya olib 
boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni 
(T) oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning 
davriy o‘sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab 
inflatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda 
stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan 
chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo‘shimcha turtki 
bo‘lishi mumkin.


59 
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflatsiya sur’atlari va 
to‘lov balansi holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi 
natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini maqsadli 
o‘zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal siyosat yuritilganda 
iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag‘batlantirish uchun davlat xarajatlarini 
oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat budjeti kamomadi yuzaga 
keltiriladi. O‘z navbatida davriy ko‘tarilish paytida budjet ortiqchaligi yuzaga 
keltiriladi. 
Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol 
o‘ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan 
bog‘liq. Ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflatsion zo‘riqishning paydo bo‘lishi, bu 
holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va 
soliq tushumlarini o‘zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini 
ta’minlash jarayonlarining har biri o‘rtasida ma’lum vaqt o‘tadi. 
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o‘zgaradi va ko‘rilgan chora-tadbirlar 
ko‘tilgan natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik 
tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi. 
Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini 
avtomatik o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Nodiskret fiskal siyosat o‘rnatilgan 
barqarorlashtirgichlarga 
asoslanadi. 
Rivojlangan 
davlatlarda 
o‘rnatilgan 
barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va 
foydada ishtirok etish tizimi o‘ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni 
yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish 
sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi. Bu esa jami 
talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag‘batni yuzaga kelishiga olib 
keladi. Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafaqasi 
to‘lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham jami talabni oshirib, jami taklif hajmini 
oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflatsion ta’sir 
ko‘rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar stavkalari 


60 
pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda davlat 
xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham 
pasayadi. Ammo nodiskret fiskal siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to‘liq 
yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin