Pul muomalasi statistikasi Reja: Pul bozori statistikasining predmeti va vazifalari



Yüklə 28,69 Kb.
səhifə1/4
tarix09.10.2023
ölçüsü28,69 Kb.
#153154
  1   2   3   4
Pul bozori statistikasining predmeti va vazifalari Muomaladagi p-fayllar.org


Pul bozori statistikasining predmeti va vazifalari Muomaladagi pul massasini aniqlash metodlari. Pul massasining kupyuralik ko‘rsatkichlari

Pul muomalasi statistikasi
Reja:


  1. Pul bozori statistikasining predmeti va vazifalari


  2. Muomaladagi pul massasini aniqlash metodlari.


  3. Pul massasining kupyuralik ko‘rsatkichlari


  4. Pul bozori statistikasi ko‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish metodlari.


Pul bozori statistikasining predmeti va vazifalari
Umumiy ta’rifga binoan pul maxsus tovar bo‘lib, u barcha tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Hamma tovarlar singari pul ham qiymatga va iste’mol qiymatiga ega. Pul muomala vositasi, jamg‘arma vositasi va qiymat o‘lchovi funksiyalarini bajaradi. Bu uch funksiyani hamma olim va amaliyotchilar tan oladi. Lekin iqtisodiy adabiyotdan bizga ma’lumki, pul yana ikki (to‘lov va jahon puli) funksiyani bajaradi. Pul qachon va qayerda paydo bo‘lgan?– degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. Bizga ma’lumki, qog‘oz pul (Xitoyda IX asrda, AQSH– 1690-yil, Yevropada, aniqrog‘i, Fransiyada 1716-1720-yillarda paydo bo‘lgan) paydo bo‘lgunga qadar, uning o‘rnida hayvonlar soni (Hindiston, Rim, Arab davlatlari va boshqalar), chig‘anoqlar (Tinch okeani davlatlarida, Afrikada), fil suyaklari (Afrika), bug‘doy (Misrda), tuz (Xitoyda), choy (Mo‘g‘ulistonda), qimmatli metallar (bir qancha davlatlarda) va boshqalar ishlatilgan.

Pul muomalasi parametrlari, eng avvalo, pul miqdori iqtisodiyotni boshqarish dastagi ekanligini bundan 700-800 yil oldin insonlar tushunib yetgan. 1357-yilda Mavritaniya amiri Yusuf qamal vaqtida qog‘oz pul chiqaradi va ularni qamal tugagandan so‘ng metall pulga almashtirish majburiyatini oladi.


Metall pullar paydo bo‘lishidan boshlab, ularni zarb qilish va muomalaga chiqarishni davlat nazorat qilgan, davlat qarzini qoplash quroli sifatida pul miqdorini mani pulatsiya qilishdaneramizdan oldin ham foydalanilgan. Eramizgacha 512-yilda Gi piy Spartaga qarshi urush olib borish va ajoyib qurilishlar qilgani natijasida qarzga botganligi uchun muomaladan barcha pullarni yig‘ishtirib olish va ularni kumush tangalar bilan almashtirishga buyruq beradi. Shu yo‘l bilan u barcha qarzlardan qutiladi, chunki u o‘sha paytda barcha kumush konlarini nazorat qilgan. Pulning o‘lchov birligini o‘zgartirish bilan ham ancha muammolarni yechish mumkin.
Masalan, 7 yillik urush davrida 14 o‘rniga 20, 40, 45 lik taler zarb qilindi va ularni chiqarish muddati ancha oldinga surildi. Talerlarda kumushning miqdori kamaytirilishi va chiqarish vaqtining o‘zgarishi qirol Fridrixga 7 yillik urushni moliyalashtirishga imkon tug‘dirdi.
Metall va qog‘oz pullarni chiqarish texnologiyasining rivojlanishi bilan birga pul aylanish nazariyasi va pul miqdorini o‘lchash metodologiyasi takomillashdi. Pulning muhim makroiqtisodiy indikator ekanligi asta-sekin tushunildi. Biroq pul munosabatlarining rivojlanishi bilan pul turlari tez-tez o‘zgarib turdi. Bu holatni tushunibyetish o‘sha davr pul nazariyachilari uchun juda qiyin kechdi. Hatto ularning ayrimlari (ingliz Devid Yum (1711-1776)) qog‘oz pullardan foydalanishdan voz kechishni va ularni yo‘qotishni taklif qildi.
Naqd pul aylanishida bir qancha qiyinchiliklarga to‘qnashish tufayli iqtisodiyotda pul o‘rniga muomalaga veksellar, cheklar, qarzdorlik tilxatlari va boshqalar kiritildi.
Xo‘jalik aylanmasida bo‘lgan barcha pul massasi o‘z ichiga ikki unsurni(naqdpul, naqdsizpulni) qamrab oladi. Pul muomalasi konsepsiyasi iqtisodiy nazariyaga asoslanadi. Vaqt o‘tishi bilan iqtisodiy nazariya ham takomillashdi. Hozirgi nazariyaning asosi Irvin Fisherning pulning miqdoriy rivojlanishi nazariyasi hisoblanadi. Unga muvofiq, pul miqdori va tovar oqimlari miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik berk quvur tizimidagi suv miqdori va shu quvur ichida oquvchi suv oqimi o‘rtasidagi bog‘liqlikka o‘xshashdir. Ayrim davrlar uchun suv harakati hisobidan oqim quvurdagi suv zaxirasidan ko‘p bo‘lishi mumkin. Oqim miqdori va suv zaxirasi miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik uning harakat tezligi bilan aniqlanadi. Iqtisodiy tizimdagi pulning roli quvurdagi suv zaxirasi bilan bir xil. Pul belgilari aylanish funksiyasini bajarib, doimo aylanib turadi, ular yordamida tovar va xizmatlar harakati amalga oshadi. Lekin pul oqimining umumiy yoki yillik pul aylanmasi miqdori tizimdagi pul miqdoridan ancha ko‘p, negaki ma’lum bir davr
ichida har bir pul birligi bir martadan ko‘p sarf qilingan bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy tizimda pul harakatsiz qolmasligi munosabati bilan pul aylanmasi miqdori uning tizimdagi hajmi va aylanish tezligiga bog‘liq.
Iqtisodiy nazariya pul muomalasini davlat tomonidan boshqarishga asos bo‘ladi. Davlat boshqaruvi mamlakatda pul tizimining qonuniy o‘rnatilishi va pul-kredit siyosati mexanizmini realizatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun yaxshi pul tizimi mavjud bo‘lishi zarur.
Pul tizimi – mamlakatda pul muomalasini tashkil etish shakli.
Pul tizimining unsurlari: pul birligi, naqd pulni emissiya qilish tartibi va turlari, pul aylanmasini tashkil etish, pul zaxiralarini tashkil etish, yaroqsiz pullarni yo‘qotish, kurslar va almashtirish jarayonlari, chetdan valutaning kirib kelishi va chiqib ketishi jarayoni, pul kupyuralari mavjudligi va h.k. Respublikada pul tizimining huquqiy asosi quyidagi qonunlarda o‘rnatilgan: “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun; “O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi to‘g‘risida”gi Qonun; “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari oborotlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni va boshqalar.
O‘zbekistonda pul muomalasini tashkil etish va u bilan bog‘liq asosiy me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish pul-kredit organlari bo‘lgan
Markaziy bank va Moliya vazirligiga yuklatilgan. Xalqaro miqyosda pul muomalasini tashkil etish va ma’lumotlarni chop qilish bilan BMTning statistika komissiyasi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) va Xalqaro valuta fondi (XVF) shug‘ullanadi.
Respublika hukumati va moliya institutlari huquqiy hujjatlar bilan birga pul-kredit (ayrim paytlar monetar yoki pul) siyosatini ham ishlab chiqadi. Pul-kreditsiyosatini keng va tor ma’nolarda ko‘rib chiqish mumkin. Keng ma’noda pul-kredit siyosatining funksiyasi pul islohotini o‘tkazish, naqd pul belgilarini emissiya qilish yoki hukumatning qarz majburiyatlarini chiqarish. Tor ma’noda esa pul muomalasiga bilvosita ta’sir o‘tkazish tushuniladi. Bu holatda 3 ta asosiy instrumentdan foydal ani l adi : hisob stavkasi foizining o‘zgarishi, tijorat banklarining majburiy zaxiralari va iqtisodiy normativlarining o‘zgarishi, qayta moliyalashtirish hajmi.
Pul islohoti – pul muomalasini tartibga solish va mustahkamlash maqsadida pul tizimi ni to‘liq yoki qisman o‘zgartirishni ifodalaydi.
Pul islohotlari juda ko‘p o‘tkazilgan. Lekin ularni o‘tkazish maqsadi va metodi o‘sha vaqtdagi iqtisodiy holatga bog‘liq bo‘lishi kerak.
Pul tizimini optimal tashkil etish, pul islohotlarini oqilona o‘tkazish, pul muomalasi bo‘yicha huquqiy-me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun pul tizimi va pul muomalasining hozirgi holati haqida tasavvurga ega bo‘lish kerak. Buning uchun ularni aniq va o‘z vaqtida hisoblangan parametrlari zarur. Parametrlarni hisoblash bilan statistika shug‘ullanadi.
Pul bozoridagi operatsiya va bitimlarning samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilishni o‘rgatuvchi metodlar yig‘indisi pul muomalasi statistikasining predmetini tashkil qiladi. O‘rganish obyekti – rasmiy pul birligi, pul massasi va harakati, pul emissiyasi tartibi va turlari, pul muomalasini boshqarishning metodlari va tashkiliy shakllari hisoblanadi.
Pul bozori statistikasining maqsadlari:
1 ) o‘quvchiga statistik metodlar yordamida pul bozorini tahlil qilishni va xulosalar chiqarishni o‘rgatish;
2 ) pul-kredit siyosatini yaratish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi organlarni pul tizimi holati bo‘yicha ishonchli axborot bilan ta’minlash.
Pul bozori statistikasi pul munosabatlarini o‘rganish, o‘zgartirish quroli hamda ularni miqdoriy o‘lchash va kompleks tahlil qilish metodlari yig‘indisi bo‘lib qolmasdan, balki pul muomalasi jarayonini tashkil qilishni rivojlantirish va bu jarayonni boshqarish samaradorligini va umumiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan umumiy vazi falarni yechishda bevosita qatnashadi.
Shu nuqtayi nazardan pul bozori statistikasining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– pul muomalasi ko‘rsatkichlarini guruhga, turlarga va maxsus sinflarga ajratish, pul munosabatlarini bir butunlikda tasvirlash, tahlil qilish va prognozlash uchun ularning zarur va yetarli miqdorini aniqlash;
– pul muomalasi jarayonidagi o‘zgarishlarni to‘liq va doimiy ravishda kuzatib borish maqsadida statistik kuzatishni tashkil qilish va uning metodlarini takomillashtirish;
– pul muomalasi bo‘yicha hisoblanadigan ko‘rsatkichlarning aniqlik darajasini, ma’lumotlarini to‘plashga, qayta ishlashga va tahlil qilishga sarflanadigan kuch va mablag‘larni kamaytirishni ta’minlaydigan, bu jarayon qonuniyatlarini o‘rganadigan statistic metodlarni ishlab chiqish, asoslash va samarali qo‘llash;
– pul muomalasi darajasi, dinamikasi, va tarkibini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarini hisoblash, tahlil qilish va prognozlash;
– pul muomalasidagi umumiy qonuniyatlarni va o‘ziga xos evolutsion xususiyatlarni aniqlash, pul muomalasi ko‘rsatkichlari o‘zgarishining mamlakatni umumiy iqtisodiy rivojlanishi ko‘rsatkichlarini o‘zgarish sur’atlari va proporsiyalariga ta’sirini o‘rganish (odatda, bu ishning teskarisi ham bajariladi, ya’ni umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zgarishining pul muomalasi ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganiladi).
Yuqorida keltirilgan umumiy vazifalar bilan bir qatorda pul bozori statistikasi bir qancha xususiy vazifalarni ham bajaradi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

– alohida olingan ko‘rsatkichlarni va pul muomalasining agregatlari bo‘yicha mavjud o‘zgarish tendensiyalarini aniqlash va o‘rganish. Masalan, pul, kassa va valuta aylanmasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha:


– baho, valutalar kursi, stavkalar hisobi, qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi va boshqa ko‘rsatkichlarning statistik monitoringi;
– pul massasiga bo‘lgan talab, emissiya, pul birliklari tuzilishi, pulning yaroqsizlik darajasi va ularni aylanmadan chiqarib olish, alohida olingan pul birliklarining aylanishi yoki xalq qo‘lida turib qolishi, pul migratsiyasi va boshqalarni statistik o‘rganish va tahlil qilish;
– pul muomalasining bozor samaradorligini statistik metodlar yordamida tahlil qilish va prognozlash.
Shuni esda tutish kerakki, sanab o‘tilgan vazifalarni pul bozori statistikasi alohida-alohida emas, balki ularni bir butunlikda, ya’ni mamlakat miqyosida naqd pul va naqd pulsiz aylanma bo‘yicha birgalikda, bir mamlakat ko‘rsatkichlarini jahon pul muomalasi bozori ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liqlikda hamda alohida olingan mamlakatlar, mintaqa, muassasalar, komponentlar guruhi, pul muomalasi sikli va bosqichlari bo‘yicha bajarildi.
Bu vazifalarni bajarishda umumiy va ommaviy ko‘rsatkich hamda metodlar bilan bir qatorda maxsus ko‘rsatkich va metodlar qo‘llaniladi. Masalan, pul monitoringini tuzish metodlari, savol-javob metodlari, ekspert baholash metodlari. Bu metodlar eksperiment tusga ega bo‘lib, zarur holatlarda, umumiy metodlar yordamida hal qilib bo‘ lmaydi gan maxsus voqeal arni o‘r gani shda keng qo‘llaniladi



Yüklə 28,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin