53
Hozirgi kunda jahon miqyosida bozor iqtisodiyotiga asosangan davlatlar
sonining ko‘payib borishi jamiyatda makroqtisodiy barqarorlikni vujudga kelish
nazariyasining rivojlanib borishi uning umumjahon miqyosida dolzarbligini yanada
oshirmoqda.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining samarali faoliyat ko‘rsatishi va
makroiqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishida davlat, uning
institutlari va tarkibiy
tuzilmalari muhim rol o‘ynaydi. Bunda, bir tomondan, bozor va ikkinchi tomondan,
davlatning tartibga solish mexanizmlari o‘rtasidagi nisbat hal qiluvchi ahamiyatga
egadir. XX asr davomida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining turli bosqichlarida bozor
va davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarida navbatma-navbat
kuchayishlar
va pasayishlar kuzatildi. Shunga mos ravishda, ayrim davrlarda iqtisodiy nazariya va
siyosatda davlatning rolini kuchaytirish konsepsiyasi ustunlik qilib kelgan bo‘lsa
(o‘tgan asrning 40-yillaridan to 70-yillargacha iqtisodiy nazariyada hukmronlik qilib
kelgan keynscha ta’limot), keyingi davrlarda iqtisodiy rivojlanishda bozor tomonidan
tartibga solish mexanizmining cheklanmagan imkoniyatlari konsepsiyasi (XX asrning
80-90-yillarida katta mavqega ega bo‘lgan monetarizm, neoliberalizm va boshqa
iqtisodiy nazariyalar) hukmronlik qildi.
Iqtisodiyotni
bozor
munosabatlariga
yoki
ma’muriy-buyruqbozlikka
asoslanishidan qat’iy nazar uni davlat tomonidan tartibga solish makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashning muhim sharti sifatida
har qanday hukumat uchun
obyektiv zaruriyatdir.
Makroiqtisodiy siyosatning aniq yo‘nalishlari, shakllari va ko‘lamlari
mamlakatning ma’lum davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bilan belgilanadi.
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil
yondoshuvlar tarkib topgan.
Bulardan birinchisi monetar yondoshuv deb ataladi. U pulning qadrsizlanish
darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda to‘lovga qodir bo‘lgan jami
talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga asoslanadi.
Bu
yondoshuvning kamchiligi shuki, u ishlab chiqarishning jismoniy hajmi
kamayishiga va investitsiya faoliyatining to‘xtab qolishiga olib keladi.
54
Ikkinchisi – ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishga,
tarkibiy
o‘zgartirishlarni amalga oshirishga yordamlashish, iqtisodiyotda
nomutanosibliklarga barham berishga asoslangan yondoshuv. Bunda bir me’yordagi
qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati tovar bilan qoplashning iloji bo‘lmagan
ortiqcha talablarni cheklash bo‘yicha tadbirlar bilan uzviy bog‘lab olib boriladi.
Respublikada o‘tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka
erishishda ikkinchi
yondoshuvga ustunlik beriladi. Bu ishlab chiqarishning ilg‘or tuzilmasiga erishish
uchun ustunlikka, istiqbolga ega bo‘lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har
tomonlama rag‘batlantirish, eng muhim bo‘g‘inlarni aniqlash (neft,
energetika, don,
paxtani qayta ishlash sanoati va h.k.) va shu orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil
qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan yondoshuvdir. Boshqalardan ustun hisoblangan
yetakchi tarmoqlar belgilab olinishi bilan birga, ularning ichki tuzilishini qayta
o‘zgartirish ham hisobga olindi.
Uchinchisi – institutsional
islohotlarni amalga oshirishga, iqtisodiyotni
erkinlashtirishga va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan
usul. Bu usulga makroiqtisodiy barqarorlikka erishilgandan so‘ng o‘tiladi, ya’ni
barqarorlikni mustahkamlash maqsadida foydalaniladi. Uchinchi usul yangi usul
bo‘lib, XX asr oxirlarida alohida yondashuga aylandi.
Jahon iqtisodiy amaliyotidan ma’lumki, ishlab
Dostları ilə paylaş: