49
bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o‘tayotgan
mamlakatlarda
inflatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning
erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan
bog‘liq.
Ammo inflatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi:
ayrimlariniki barqaror bo‘lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865-yillardagi
Fuqarolar urushi davrida qo‘llanildi. Inflatsiyaning atamasi muomaladagi qog‘oz pul
massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko‘payib ketishi
holatini izohlangan. Ammo inflatsiyaning bunday tavsifi
mukammal emas va uning
sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflatsiya pul muomalasi
qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini,
talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschiar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to‘liq
bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‘lishida deb bilishadi. Shu sababli ular
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo‘lsa
budjet taqchilligi va
qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi
talabni ko‘paytirish inflatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflatsiyaning
manbai ishlab chiqarishning
haddan ziyod o‘sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishida deb bilishadi.
Demak keynschilar inflatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan
yondashishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq
o‘ssa, yoki yalpi talab ko‘paygani holda o‘zgarmasdan tursa,
bu nomutanosiblik
baholar darajasining ko‘tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid
qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo‘shimcha pul massasiga ehtiyoji
paydo bo‘ladi.
Inflatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi,
balki butun takror ishlab
chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Baholarning
50
o‘sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflatsiya namoyon
bo‘lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1)
valuta kurslarining o‘zgarishi;
2)
kredit berish shartlarining qimmatlashuv va
muddatlarining qisqarishi
tomon o‘zgarishi;
3)
kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o‘sishi.
Inflatsiya baho indekslari - deflator va iste’mol narxlar indeksi yordamida
aniqlanadi.
Baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o‘zgarishi
Dostları ilə paylaş: