Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100
46
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:
Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan
ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki
turar joylarni o‘zgartirish, o‘quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa
sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo‘lib, ma’lum bir darajada kerakli
hisoblanadi.
Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining
o‘zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o‘zgarishi natijasida ishsiz
qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini o‘zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi,
yangi kasb egallashi lozim bo‘lgan ishsizlar guruhlari kiradi.
Davriy ishsizlik asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga
bo‘lgan talabning kamayishidan paydo bo‘ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga
bo‘lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofiq, yalpi tatalabning kamayishini,
va oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning o‘sishini bildiradi.
To‘la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini
bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol bo‘lganligini
hisobga olsak, biz mutlaq to‘la ish bilan bandlilikka erishib bo‘lmasligini tushunamiz.
Agarda davriy ishsizlik bo‘lmasa, u holda to‘la ish bilan bandlilikka erishiladi.
To‘la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik,
ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi.
Bunga ish qidiruvchilar soni bo‘sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish
mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yig‘indisiga teng
bo‘ladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy vaziyat, qonun va
milliy an’analar bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan
haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik
darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi. Umumiy holda ishchi kuchi ish
bilan band va faol ish qidirib yurgan ishsizlarga bo‘linadi.
47
Barcha mavjud resurslardan to‘liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi
holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo‘lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning