39
kapital to‘plangan sari sekinlashmaydi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari kiritilayotgan
kapital turiga bog‘liq bo‘ladi. Inson kapitalini oshiradigan omillar sifatida esa ta’lim
va innovatsiyalar keltiriladi.
Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o‘rganadigan bo‘lsak, bugungi
kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to‘liq qo‘llanilayotganligini ko‘rishning iloji
yo‘q deb o‘ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy o‘sishni modellashtirishda
asosiy e’tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, neoklassiklar davlat
boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish omillarining samaradorlik
jihatlarini ustuvor deb hisoblashadi.
Bizning fikrimizcha, biror davlat o‘z iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish
yo‘lida ayni bir iqtisodiy o‘sish modelini tanlamasdan, o‘z mamlakat tabiiy, ijtimoiy
hamda iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, aholining urf-odatlari, an’analari
va mentalitetidan kelib chiqqan holda o‘z iqtisodiy o‘sish modelini ishlab chiqishi
lozimdir. Shundan so‘ng bu mamlakat iqtisodiyoti turli xil tashqi ta’sirlarga
sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bo‘ylab sodir bo‘layotgan
inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi yetarlicha yuqori bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: