O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

Fiskal siyosat – 
davlatning soliq-budjet siyosatidir, unga binoan soliqlar 
belgilanadi, budjet mablag‘lari aniq maqsadlar yo‘lida ishlatiladi. Soliq siyosati 
soliqlar vositasida budjetga pul to‘plashga qaratiladi. Unga binoan soliq turlari 
aniqlanadi, soliq stavkalari, soliq solinadigan obyektlar, soliq imtiyozlari, soliq 
undirish tartibi belgilanadi. Soliqlar davlatning iqtisodiyotga ta’sir etishida 
qo‘llaniladigan asosiy vositadir.
Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki rag‘batlantirish xususiyatiga ega 
bo‘lishi lozim.
Iqtisodiyotni rag‘batlantirish zarur bo‘lganda, soliqlardan imtiyozlar beriladi. 
Bunda soliq kamaytiriladi, soliqni undirish muhlati cho‘ziladi yoki umuman soliq 
undirilmaydi. Natijada firmalarga tegadigan foyda ko‘payadi, ular foydani 
reinvestitsiya qiladi, ya’ni qaytadan ishlab chiqarishni o‘stirishga yuboradi.
Fiskal siyosatda iqtisodiyotni barqarorlashtirish va o‘stirish uchun ikki xil 
yo‘ldan boriladi:
1) ilgari kiritilgan va hozir amalda bo‘lgan iqtisodiy stabilizatorlarni – 
vositalarni qo‘llashni davom ettirish. 
Davlat qonun yo‘li bilan shunday tartibni o‘rnatadiki, unga binoan moliya 
normativlari (me’yorlari) joriy etiladi. Bular sharoit o‘zgarishiga qarab, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri amal qilaveradi. Bular jumlasiga soliq stavkalarini, ishsizlik nafaqasi miqdori, 
daromadlarning inflatsiyaga qarab indeksatsiya qilinishi, ijtimoiy yordam ko‘rsatish 
normativlarini kiritish mumkin. Masalan, daromad solig‘i daromad miqdoriga 
nisbatan 15 foiz qilib belgilansa, daromad ko‘payishi bilan uning miqdori ham 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri oshadi. Daromadlarni 80 foiz indeksatsiyalash tartibi o‘rnatilgan 
bo‘lsa, narx oshgan taqdirda, shu 80 foiz darajada daromad ham ko‘paytiriladi;
2) sharoitga qarab yangi normativlarni kiritish yo‘lidan borish, bu diskretsion 
fiskal siyosat deb yuritiladi. Bu siyosatga asosan yangi soliq stavkalari joriy etiladi, 
yangi soliqlar kiritiladi, budjet mablag‘larini sarflash normativlari o‘zgartiriladi. 
Diskretsion siyosat o‘zgargan sharoitga moslashish siyosatidir. Iqtisodiyot bir 
maromda o‘sib borayotganda,birinchi yo‘l, u tanglikka yo‘liqib, undan chiqish kerak 
bo‘lganda, ikkinchi, ya’ni diskretsion yo‘l ustuvor bo‘ladi.


23 
Fiskal siyosat budjet orqali ham iqtisodiyotga ta’sir etadi. Budjet hisobidan 
davlat ishlab chiqarish infratuzilmasiga katta investitsiyalarni yuboradi, milliy 
iqtisodiyot uchun ahamiyatli ish (masalan, yangi texnologiyani yaratish) bilan 
shug‘ullanuvchi korxonalarga subsidiya beriladi. Subsidiya moliyaviy yordam 
sifatida qaytarib olinmaydi, uning hisobidan xarajatlar qoplanib, foyda ko‘payadi, bu 
bilan korxonalar rag‘batlantiriladi.
Budjet siyosati ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini kanda qilmay va kerakli 
miqdorda pul bilan ta’minlab turishga qaratiladi. Davlat budjeti balanslashgan 
bo‘lishi, ya’ni daromadlarga qarab xarajatlar qilinishi zarur bo‘ladi. Budjet siyosati 
shundan kelib chiqqan holda budjet defitsitiga yo‘l bermaslikni, defitsit yuz bergan 
taqdirda ham, bu me’yorida bo‘lishiga qaratiladi. Budjet siyosati davlatning ichki va 
tashqi qarzining ham me’yorida bo‘lishini ta’minlashi zarur.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin