Moliyaviy bozorlarning beqarorligi → Kreditlarning qisqartirilishi va iste’molning pasayishi → Ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi, ishsizlikning o‘sishi. Shunga ko‘ra, hukumatlar darajasida inqirozdan chiqish bo‘yicha davlat
dasturlarini ishlab chiqishda bandlik masalalarini, talabni rag‘batlantirish orqali
ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan keskin choralarni ko‘rish
masalasini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.
4.2 . Ishsizlik va uning iqtisodiy o‘sishga ta’siri Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida ishlab
chiqarish resurslari to‘liq foydalanilmay qoladi.
YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri
bo‘lgan mehnat resurslaridan to‘liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo‘ladi.
Makroiqisodiy
tahlilda
mehnat
resurslari
emas
balki
ishchi
kuchi
kategoriyasidan ko‘proq foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi. Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal
qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga
bo‘lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo‘lgan talab
ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdorining
ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo‘lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda
band bo‘lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (foiz hisobida)
aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: