O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
5.2.
 
Davlat budjeti va uning ijrosini ta’minlash 
Budjet davlat daromadlarining asosiy qismini o‘zida jamlaydi va davlatning 
ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy vazifalarini amalga oshirish uchun zaruriy pul mablag‘lari 
fondini o‘zida aks ettiradi. 
Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qayta 
taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy 
ehtiyojlar: maorif, sog‘liqni saqlash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, 
aholi tarkibida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni moddiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash, tinchlik, chegaralar dahlsizligini saqlash va favqulodda holatlar uchun 
saqlanadigan davlat zaxiralarining mavjud bo‘lish zarurati tufayli kelib chiqadi. 
Shuningdek, davlat budjet orqali davlat jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish 
jarayoniga ta’sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo‘ladi. Davlat budjeti 
davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida davlat hokimiyatining iqtisodiy 
imkoniyatlarining moliyaviy asosini yaratadi.
Iqtisodiyotning o‘rnatilgan barqarorligi darajasi davriy budjet taqchilligi va 
ortiqchaligi miqdorlariga bog‘liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik 
pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va 
davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan 
davlat budjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir. 
Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining 
oshishi natijasida budjet taqchilligi kelib chiqadi. 
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko‘payishi va davlat 
xarajatlarining kamayishi natijasida budjet ortiqchaligi paydo bo‘ladi. Davlat 
xarajatlari o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda ham budjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud 
bo‘lishi mumkin. 


61 
O‘rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaIM hajmini , uning potensial 
hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to‘liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning 
har qanday darajasida mavjud bo‘lishi mumkin. 
To‘liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat 
budjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to‘liq bandlik sharoitida budjet 
xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o‘rtasidagi farq yuzaga keladi. 
Davriy taqchillik ko‘pincha davlat budjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy 
taqchillik farqi sifatida baholanadi. 
Davlat budjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari: 
1. Pul-kredit emissiyasi; 
2. Davlat zayomlarini chiqarish; 
3. Davlat budjetiga soliq tushumlarini ko‘paytirish. 
4. Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtirish. 
Davlat budjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda, muomalada pul 
massasini ko‘paytirish inflatsiyaga olib keladi. 
Inflatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo‘ladi. Ya’ni, soliq 
to‘lovchilar tomonidan davlatga to‘laydigan soliqlar to‘lovini atayin kechiktirish 
hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat budjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Budjet 
taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib 
olsa-yu, lekin ular to‘lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o‘z 
mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo‘yishadi. Bu esa inflatsiyaning oshishiga 
olib keladi. 
Agar davlat budjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali 
moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o‘z navbatida foiz 
stavkasini ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya xarajatlari, sof 
eksport hajmi va qisman iste’mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish 
samarasi ro‘y beradi va u fiskal siyosatning rag‘batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib 
qo‘yadi. 
Budjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflatsion usul hisoblansa-
da, inflatsiya xavfini ma’lum muddatga kechiktiradi xolos. Chunki muddati yetgan 


62 
zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini ko‘paytiradi. Bu esa 
o‘z navbatida, baholar darajasining ko‘tarishiga sabab bo‘ladi. Soliq tushumlarini 
ko‘paytirish budjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo‘li bo‘lib, u uzoq 
muddat talab etadigan soliq islohati o‘tkazilishini talab etadi. Bu islohotlar soliq 
bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, soliq yukini ishlab 
chiqaruvchilardan ko‘proq mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar zimmasiga 
o‘tkazish orqali soliqlar tushumini ko‘paytirishni ko‘zda tutadi. 
Budjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag‘larini olib 
qo‘yish va davlat qarzlarini to‘lash kiradi. 
Davlat qarzlarini to‘lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini 
oshirib, baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli 
budjetdagi 
ortiqcha 
mablag‘larni 
muzlatib 
qo‘yish 
budjet 
kamomadini 
pasaytirishning nisbatan noinflatsion usulidir. 
Barqarorlashtirishning dastlabki bosqichida olib borilgan izchil makroiqtisodiy 
siyosat natijasida davlat budjeti taqchilligi pasaytirildi va 2003, 2004-yillarda YaIM 
ga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi (1992-yilda 12 foiz). Bu umume’tirof etilgan 3 foiz 
li me’yordan ancha past ko‘rsatkichdir. Budjet taqchilligi asosan noinflatsion usullar 
bilan, ya’ni davlat obligatsiyalari chiqarish hamda xususiylashtirishdan tushgan 
mablag‘lar hisobiga moliyalashtirildi. 
Keyingi yillarda amalga oshirilgan islhotlar natijasida davlat moliyasining 
barqarorligi kuzatildi va unda quyidagilar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi: 
-yangi tahrirdagi Soliq kodeksining qabul qilinishi soliq tizimining huquqiy 
maqomining yanada takomillashuvini ta’minladi; 
-soliq yukini yanada qisqartirish va soliq ma’murchiligini takomillashtirilishi 
natijasida tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berildi; 
-kuchli ijtimoiy himoya tizimini shakllantirish va uni barqaror moliyaviy 
ta’minlash mablarini shakllantirishda davlat budjeti va budjetdan tashqari maqsadli 
jamg‘armalarning alohida ahamiyatini hisobga olgan holda davlat budjeti xarajatlari 
tarkibida ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlari va aholini ijtimoiy himoyalash 
xarajatlari ustuvor ahamiyat kasb etdi. Natijada aholining turmush darajasini yanada 


63 
oshirish va ularning daromadlarini izchil oshirish, ish haqi stipendiya, ijtimoiy nafaqa 
va pensiya miqdorini Inflatsiya darajasidan yuqori miqdorlarda ko‘paytirish yo‘li 
bilan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlashni kuchaytirildi; 
-davlat budjeti ijrosining g‘aznachilik tizimini joriy etilishi uning kassa ijrosini 
yagona standartlar va tartiblarga muvofiq samarali ijrosining ta’minlanmoqda; 
-tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil qilinishi real sektorning tayanch 
tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish, samarali tarkbiy 
islohotlarni amalga oshirish va investitsiya siyosatini moliyaviy ta’minlashning 
samarali manbalarini shakllanishiga olib keldi. Ayniqsa ushbu jamg‘arma inqirozga 
qarshi choralar dasturida belgilangan chora tadbirlarni samarali ijrosini ta’minlashda 
alohida ahamiyat kasb etmoqda; 
- joylardagi ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy moliyaviy 
manbalaridan biri bo‘lgan mahalliy budjetlarning daromad bazasini yanada 
mustahkamlash, ularni dotatsiyadan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar 
natijasida ularning barqarorligi ta’minlandi. 
Davlat budjeti tizimidagi institutsional isloxotlar: 

budjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini belgilash; 

budjet tasnifini takomillashtirish; 

o‘rta muddatli budjetlarni shakllantirish

g‘aznachilik tizimini joriy qilish. 
G‘aznachilik — Davlat budjetining ijrosini ta’minlashning bir shakli bo‘lib, 
unda davlat budjeti daromadlarini yagona g‘aznachilik hisobraqamida to‘planishini 
ta’minlanadi, budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiriladi, 
shuningdek davlat tashqi va ichki qarzlarini boshqarishda xizmat ko‘rsatadi hamda 
budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari 
mablag‘lari pul oqimlarini monitoringini olib boradi. 
Davlat budjetining g‘aznachilik ijrosiga o‘tishning maqsadi: 
-
Davlat budjetini samarali boshqarish; 
-
Davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish; 
-
budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish; 


64 
-
Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash muddatini qisqartirish 
va sifatini yanada yaxshilash. 
G‘aznachilikning vazifalari : 

Davlat budjetining kassa ijrosi; 

Davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga 
oshirish; 

Davlat budjeti mablag‘larini boshqarish; 

Davlat budjetida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar 
nomidan va ularning topshirig‘iga binoan to‘lovlarni amalga oshirish; 

budjet tashkilotlarining tovarlar yetkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar 
ko‘rsatish) uchun tuzadigan shartnomalarini, shuningdek, buyurtmachilarning Davlat 
budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzadigan shartnomalarini 
ro‘yxatga olish; 

Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish; 

Davlat budjeti ijrosining qanday borayotganligi to‘grisidagi axborotlarni 
yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish; 

O‘zbekiston Respublikasi davlat ichki va tashqii qarzlariga xizmat 
ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish. 
G‘aznachilikka o‘tish bosqichlari: 
1.
2005-yil 1-iyundan boshlab, Toshkent shahri va Samarqand viloyatida davlat 
budjeti g‘aznachilik ijrosining ba’zi elementlari tajriba uchun tadbiq qilindi; 
2.
2006-yildan davlat budjetining g‘aznachilik ijrosi yetti viloyatga bosqichma-
bosqich tadbiq etildi; (Samarkand, Namangan, Buxoro, Toshkent shaxri, Sirdaryo, 
Surxondaryo, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi). 
Qolgan hududlar 2007-yilda qamrab olindi. (Andijon, Jizzax, Qashkadaryo,
Navoiy, Toshkent, Fargona viloyatlari ). 
G‘aznachilik tadbiq etilishining ijobiy natijalari: 
-
quyi budjet tashkilotlariga mablag‘larni bosqichma - bosqich moliyalashtirish 
mexanizmi tugatildi; 


65 
-
budjet mablag‘larining banklardagi ko‘plab hisobraqamlarda tarqalib 
ketishiga barham berildi; 
-
mablag‘lar g‘aznachilik hisobraqamida jamlandi va buning natijasida 
to‘lovlarni amalga oshirish, shu jumladan ish haqini to‘lash muddatlari qisqardi; 
-
budjet mablag‘larining aylanish jarayonining samaradorligi oshdi. 
Respublikamizda 
o‘tkazilayotgan soliq-budjet siyosati makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlab turish, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalash, ta’lim sohasini 
jadal rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadlariga qaratilib kelinmoqda. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin