Qisqacha xulosalar
Budjet-soliq siyosati choralarini ishlab chiqishda eng muhim vazifalardan biri
davlat xarajatlarini o‘z vaqtida va mo‘ljallangan hajmda moliyalanishi uchun soliq
tushumlarining yetarliligi hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, soliq yukini kamaytirish
74
borasidagi siyosatni budjetning xarajatlar qismini optimallashtirish choralari bilan
qo‘shib olib borilishini taqozo etadi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda,
avvalambor, soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlarini
kamaytirish, ularni hisoblash mexanizmini soddalashtirish muhim masalalardan biri
hisoblanadi. Bu borada hozirga qadar mamlakatimizda amalga oshirilgan
islohotlarning ijobiy samarasini soliqlarning turlarini ixchamlashtirilib hisobot va
hisob-kitob mexanizmini zamon talablariga mos ravishda birlashtirib ularni taqdim
etish muddatlarini isloh etilganligida ham ko‘rishimiz mumkin.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Davlat budjeti nima?
2. Budjet taqchilligining qanday turlari mavjud?
3. Davlat budetining g‘azna ijrosi nima?
4. Soliq yuki nima?
5. Budjet-soliq islohotlarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari
nimalardan iborat?
75
6-BOB. MAKROIQTISODIY VA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI
TA’MINLASHDA MONETAR SIYOSATNING AHAMIYATI
6.1.
Pul islohoti va uni amalga oshirish yo‘nalishlari
Pul – iqtisodiyot subyektlari mulkining bir turi bo‘lib, mulkning boshqa
turlaridan ikki xususiyatiga ko‘ra farq qiladi: birinchidan, pul yuqori likvidliliklar,
ya’ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga
ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan baholar o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda pul
yoki hech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa
mulk turlarinikidan ancha kamdir.
Pul islohoti deb pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan
pul tizimini o‘zgartirishga aytiladi. Pul islohoti metall pul muomalasi davrida, II
Jahon urushidan keyin - oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o‘tkazildi.
O‘zbekistonda pul islohoti 1994- yilda o‘tkazildi va respublika mustaqil davlat
sifatida o‘zining milliy pul birligiga ega bo‘ldi.
Pul islohotini o‘tkazish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
– muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflatsiya kursi bo‘yicha
eski pullarni yangi pullarga almashtirish;
– aholi va korxonalarning banklardagi jamg‘armalarini vaqtincha (to‘liq yoki
qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo‘yish);
– ikkala usulni birgalikda qo‘llash yo‘li orqali pul islohotini o‘tkazish: bu usul
xalqaro amaliyotda “shok yo‘li” bilan davolash nomi bilan mashhurdir.
Pul muomalasini barqarorlashtirishga pul islohotini o‘tkazmasdan ham erishish
mumkin. Pul muomalasini barqarorlashtirishning quyidagi usullari mavjud:
revalvatsiya, devalvatsiya, denominatsiya. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish
darajasiga, iqtisodiyotning holatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga, davlat
siyosatiga ko‘ra davlat pul islohotini o‘tkazishi, pulni revalvatsiya, denominatsiya
qilishi mumkin.
Pul kuchli qadrsizlangan vaziyatda faqat pul islohotini o‘tkazish yo‘li bilan pul
tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya’ni nullifikatsiyada kuchli
76
qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o‘rniga yangi pul birligi kiritiladi.
Masalan, sobiq SSSRda 1922-24-yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi
natijasida 1 rubl 50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan keyingi Germaniyada
giperInflatsiya natijasida 1924-yilda muomalaga yangi nemis markalari kiritilgan.
Eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan yangi
markalar 1 marka 1 trillion eski reyxsmarka nisbatida almashtirildi. Reyxsmarkalar
muomalasi bekor qilindi.
Revalvatsiya – bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat. Masalan, I
jahon urushidan keyingi 1925-1928- yillarda o‘tkazilgan pul islohoti tufayli funt
sterlingning urushgacha bo‘lgan oltin qiymati belgilandi. II Jahon urushidan keyin
revalvatsiya natijasida dollarning valyuta kursi ko‘tarildi. Germaniya Federativ
Respublikasida 1961, 1969, 1971-yillarda revalvatsiya o‘tkazilgan.
Devalvatsiya – bu milliy valyuta kursining chet el vayutasiga nisbatan
tushishidir. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda devalvatsiya oltin
miqdori tushib ketishini anglatgan. Masalan, 1971- yilda AQSh dollarining oltin
miqdori 7,89 foiz ga, 1973-yil fevralda 10foiz ga kamaytirilgan. Suzuvchi valyuta
kurslarigao‘tgandan keyin devalvatsiya boshqariladigan valyuta kurslari asosida olib
boriladi.
Denominatsiya – baholar masshtabini yiriklashtirish, yani pul birligidagi
“0”larni qisqartirishdan, pul birligida ko‘rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat.
Sovet pul tizimi qaror topa boshlagan davr – 1921 -1922-yillarda ikki marta
denominatsiya o‘tkazilgan. Birinchi denominatsiyada muomalaga “1922-yil pul
birliklari” chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan.
Ikkinchi denominatsiyada muomalaga “1923-yil pul birligi” chiqarilgan va 1922-yil
pul birligiga” 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul denominatsiyasi inflatsiya suratlari
past bo‘lgan sharoitda qulay bo‘lishi mumkin. Agar inflatsiya suratlari yuqori bo‘lsa,
denominatsiya o‘tkazish hech qanday samara bermasligi mumkin. Faqat pul
islohotini o‘tkazish yo‘li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo‘ladi.
Sobiq SSSRning davlat sifatida tarqalib ketishi markazlashgan pul tizimining
ham tugashiga olib keladi. Natijada ba’zi respublikalar rublni milliy valyutasi sifatida
77
ishlatib turgani holda, o‘z pul siyosatini olib bordi. Estoniya, Latviya, Litva, Ukraina
birinchi bo‘lib rubl zonasidan chiqib o‘z milliy valyutasini qabul qilishdi. Rubl
tizimida vujudga kelgan tartibsizliklar, milliy valyutalar va kuponlarning muomalaga
chiqarilishi, yagona pul – rubl zonasining tugashiga, uning har xil kursga ega
bo‘lishiga olib keladi.
1992-yil oxiriga kelib, Rossiyada tovarlar bahosining oylik o‘sishi 25-30
foizgacha ko‘tarildi. Moskva valyuta birjasida rubl-ning nominal qiymati bir dollarga
125 rubldan, 1992 yil dekabrda 485 rublgacha, 1993 yil martda 1 dollar 660
rublgacha tenglashdi. Pul qadrining tushishi, naqd pul etishmovchiligiga, oxiri esa ish
xaqi, nafaqalarni to‘lashda qiyinchiliklar bo‘lishiga olib keldi. SSSR davridagi oxirgi
banklar to‘g‘risidagi qonunga asosan davlat banki o‘rniga Markaziy bank, mustaqil
davlatlarda Markaziy (yoki milliy) banklar tashkil qilindi.
Rossiya Markaziy banki pul emissiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni
bajarish huquqini o‘z qo‘liga oldi. Bundan tashqari, davlat pul belgilarini bosib
chiqaruvchi muassasa Rossiyada joylashgan edi. Mustaqil davlatlar Markaziy
banklarining pul muomalasini olib borish bo‘yicha harakatlari cheklagan edi.
Natijada pul taqchilligi yuzaga keldi va u alohida olingan respublikalarda har xil
darajada namoyon bo‘ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muomalaga chiqargan
pullarda Rossiyaning salmog‘i 1991-yil dekabrda 64 foizni tashkil qilgan bo‘lsa,
1992-yil iyunga kelib emissiyaning 77 foizi Rossiyani naqd pul bilan ta’minlashga
yo‘naltirilgan. Qolgan barcha Respublikalarni naqd pul bilan ta’minlash uchun
muomalaga chiqarilgan pullarning faqat 23 foizigacha sarflangan, ya’ni boshqa
respublikalar ehtiyojini pul bilan ta’minlash salmog‘i tushib ketgan. Masalan,
Belorussiya, Gruziyaning salmog‘i 3 foizdan 1,5 foizgacha, Ukraina va Boltiqbo‘yi
respublikalarining salmog‘i yanada ko‘proq qisqargan. O‘zbekistonda ham pul
resurslari taqchilligi naqd pulga bo‘lgan talabning qondirilmaganligida namoyon
bo‘lgan. Shu iqtisodiy tanglik sharoitida pul tizimini shakllantirish bo‘yicha mustaqil
davlatlar oldida ikki muqobil yo‘l turardi.
– yagona pul tizimi zonasi – rubl zonasida qolish va yagona pul siyosatini olib
borish;
78
– o‘z milliy valyutasini muomalaga chiqarib, o‘z pul tizimiga ega bo‘lish va
qo‘shni mamlakatlar inflatsiyasidan o‘zini himoya qilish.
Pul taqchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari barqaror bo‘lmagan
sharoitda pul taqchilligini yo‘qotish maqsadida ko‘pgina respublikalar, jumladan,
O‘zbekistonda ham mustaqillikning birinchi yillarida pul tizimini shakllantirish
loyihasi tuzildi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, muomalaga kupon talonlar chiqarildi
va keyinchalik O‘zbekiston o‘zining milliy valyutasini muomalaga chiqardi.
O‘zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo‘lmish so‘m jamiyat
manfaatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy
pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda mas’uliyatli va oson
bo‘lmagan vazifa. O‘zbekistonning o‘z iqtisodiyotini bozor talablariga mos ravishda
rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda mamlakatimizning o‘ziga xos
xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo‘lishini taqozo qiladi.
O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi uning mustaqil pul
tizimiga ega bo‘lishini taqozo qildi. Mustaqil pul tizimi joriy qilinishining I bosqichi
1993 yildan boshlab “so‘m-kupon”larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi.
O‘zbekiston pul tizimini qurishning ikkinchi bosqichi – 1994-yil iyuldan boshlab
milliy valyuta – “so‘m”ning muomalaga chiqarilishi bo‘lib, u O‘zbekiston tarixida
juda katta ahamiyatga ega.
Har bir davlatning pul tizimi ma’lum elementlardan tashkil topadi va qonun
asosida yuqori davlat organlari orqali boshqarib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari quyidagilar hisoblanadi:
– pul birligining nomi;
– pul birligining turlari - qog‘oz va metall pullar;
– ularni muomalaga chiqarish qoidalari;
– pul, kredit, valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari;
– naqd pulsiz to‘lov aylanmasi va kredit pullar (chek, veksel) muomalasini olib
borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar;
– milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari;
– xalqaro hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari;
79
– milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan
o‘rnatilgan valyuta kursi.
Alohida olingan davlatning pul tizimi o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, uning
elementlari u yoki bu tomonga o‘zgarishi mumkin.
Pul tizimi ijtimoiy hayotning ko‘zgusi hisoblanadi, desak xato bo‘lmasa kerak.
Shuning uchun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni pul tizimini obyektiv talablar, ya’ni
pul tizimining yagona bo‘lishi, pul birligi qiymatining doimiyligi va pul
muomalasining talabga qarab o‘zgarib turishi kerakligini qo‘yadi.
Bank tizimi bozor iqtisodiyotining muhim va ajralmas qismidir. Tovar pul
munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi
operatsiyalar bajarishga imkoniyatlar ochib beradi.
Shuning uchun ham, respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos
keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug‘ildi.
O‘zbekistondagi bank tizimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki,
aksiyadorlik tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2016-yil 1-yanvar
holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi 26 tijorat bankini o‘z ichiga oldi.
Kredit muassasalarining bo‘ysunishiga qarab bank qonunchiligi hamda kredit
tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank tizimini
ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli turga ajratish mumkin.
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan,
Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit - hisob
xizmati ko‘rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bo‘yiga (vertikal)
va eniga (gorizontal) yo‘nalishlarida tuzilishiga asoslanadi. Vertikal – rahbarlik
qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank bilan quyi bo‘g‘inlar –
tijorat va ixtisoslashgan banklar o‘rtasidagi bo‘ysunish munosabatlari, gorizontal -
turli quyi bo‘g‘inlar o‘rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon talabiga mos
keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo‘lish, xo‘jaliklar va aholining bo‘sh
turgan mablag‘larini jalb etish va uni samarali taqsimlash asosida aholining
80
talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga
erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni taminlash uchun davlatimiz tomonidan
mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta’minlovchi zaruriy makroiqtisodiy
sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorligini ta’minlash, shuningdek, bank nazorati
tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning
depozit, kredit, va investitsiya faoliyatini yanada rivojlantirishga erishish va banklar
o‘rtasida raqobat bo‘lishini ta’minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlari
faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yaxshilash,
ularning moddiy-texnik jihatdan samarali taminlanganligiga erishish kabi choralarni
amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Pulning barqarorligi deganda, pulning sotib olish qiymatining o‘zgarmasligi va
valyuta doimiyligi tushuniladi.
Pulning sotib olish qobiliyati shu pul birligiga to‘g‘ri keluvchi tovar va
xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, pulning sotib olish qobiliyatini
ifodalovchi “ko‘rsatkich” tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Agar tovar va
xizmatlar bahosi barqaror bo‘lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham barqaror bo‘ladi.
Agar pul o‘zgarmagan sharoitda tovarlar bahosi oshadigan bo‘lsa, bu hol pulning
sotib olish qobiliyati tushganini ko‘rsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar bahosining
tushishi pulning sotib olish qobiliyatini oshganligidan dalolat beradi.
Demak, pulning qadri tovarlar va xizmatlar bahosiga teskari proporsional – narx
pasaysa, pul qadri oshadi yoki narx oshsa pulning qadri tushadi.
Pul tovar bo‘lganligi uchun ham unga talab va taklif ta’sir qiladi. Pul taklifi
muomalaga chiqarilgan turli shakldagi pullarning yig‘indisi bo‘lib, u talabdan ortiq
yoki kam bo‘lishi mumkin. Muomalaga chiqarilgan pul miqdori pulning aylanish
tezligiga qarab ham o‘zgarib turishi mumkin.
Pulga bo‘lgan talab mamlakat pul aylanmasi asosida aniqlanadi. Pul talabi
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, aholi, davlat tashkilotlari olib boradigan naqd
pullik va naqd pulsiz aylanma uchun zarur pul miqdori asosida aniqlanadi. Pulga
bo‘lgan ehtiyoj xo‘jalik subyektlari - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida
bo‘ladigan pullik jarayonlarning ko‘lamiga va tezligiga bog‘liq. Pulni qo‘llash yo‘li
81
bilan bajariladigan jarayonlarning ko‘lami qancha keng bo‘lsa, pulga bo‘ladigan talab
shuncha ko‘p bo‘ladi. Agar pul bilan bog‘liq operatsiyalar tez bajarilsa, pulga bo‘lgan
talab shuncha kam bo‘ladi, demak, muomalaga kam pul chiqarish kerak bo‘ladi.
Pulga bo‘lgan taklif va talabning tengligi pul muvozanatini bildiradi. Pulga
bo‘lgan taklif, unga bo‘lgan talabdan oshmasa pul barqaror deb xulosa qilish
mumkin, aksincha bo‘lsa, pulning qadri tushib ketadi va puldan qochish jarayoni
boshlanadi. Amaliyotda pulni jamg‘argandan ko‘ra uni tovarlarga aylantirib qo‘yish
yoki boshqa bir qadrliroq valyutani jamg‘arish qulay bo‘lib qoladi.
Pulning barqarorligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlaridan yana biri budjet
taqchilligining bo‘lmasligidir. Davlat budjeti xarajatlarining daromadlaridan oshib
ketishi natijasida yuzaga keladigan budjet taqchilligi muomalaga tovarlar bilan
ta’minlangan pullar chiqarish hisobidan qoplanadi. Bu tadbir muomalada
ta’minlangan pulning ko‘payishiga, oqibatda pul qadrining tushib ketishiga olib
keladi. Shuning uchun har bir mamlakat pul taqchilligi bo‘lmasligiga yoki uning
salmog‘i sezilarsiz bo‘lishiga erishishi kerak.
Pulning barqarorligini ta’minlashning yana bir yo‘nalishi bu oltin va valyuta
zaxiralarining mavjudligi va ularning ko‘payishidir. Oltin valyuta zaxiralarining
salmog‘i qancha ko‘p bo‘lsa, pul shuncha barqaror bo‘lishi mumkin.
Milliy valyutani mustahkamlashning yana bir sharti – inflatsiyaga qarshi puxta
o‘ylangan siyosat yuritishdir. Muomalaga chiqarilgan har bir so‘m muayyan
miqdordagi tovar va xizmatlar bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Ichki bozorimizni
tovarlar bilan to‘ldirish, aholiga xizmat ko‘rsatishning sifati va turlarini oshirish ham
milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashning asosi hisoblanadi.
Pul muomalasi muomaladagi pul massasini, bank tomonidan muomalaga
chiqarilgan pullarning bankga qaytib kelish tezligini ifodalaydi.
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi
to‘lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi
djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli
pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan
82
agregatlarga bo‘linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1;
M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o‘zaro farq qilish
mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz:
“M0- bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining Markaziy
bankdagi zaxiralari;
M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo‘l cheklari va boshqalar;
M2 =M1 +(miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshqalar ;
M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va
boshqalar”
5
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko‘p foydalaniladi. Pul
agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog‘liq. Masalan, daromadlarning oshishi
natijasida M1ga talab tezroq o‘ssa, foiz stavkasining o‘sishi natijasida M2 va M3ga
talab M1ga nisbatan tezroq o‘sadi.
Mamlakat miqyosida pul massasi hajmining o‘zgarishi muomaladagi pul
massasining o‘zgarishi natijasi va pulning aylanish tezlashganligining natijasi bo‘lishi
mumkin.
Har bir jamiyatda pulga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi iqtisodiy va
ijtimoiy o‘sishni rag‘batlantiradi, pul qadrining tushishi esa tartibsizlikka, jamiyat
rivojlanishida boshqa to‘qinliklar bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |