O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


 O‘zbekiston tijorat banklarida bank nazoratining xalqaro



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

6.5. O‘zbekiston tijorat banklarida bank nazoratining xalqaro 
standartlarini qo‘llash amaliyoti 
Ma’lumki, moliyaviy bozorlarning globallashuvi nazorat organlarining o‘zaro 
munosabati va xalqaro darajada axborot almashinuvi bo‘yicha yangi vazifalarni 
yuzaga keltiradi. Shu munosabat bilan, bank nazorati sohasida boshqa moliyaviy 
bozorlarda bo‘lgani kabi qator xalqaro standartlar ishlab chiqilishi va joriy qilinishi 
lozim. 
Xalqaro bank nazoratining quyidagi ikkita asosiy maqsadi mavjud: 
1. kredit institutlari xususiy kapitali miqdori va sifatiga qo‘yiladigan talablarni 
ishlab chiqish; 
2. bank tavakkalchiliklarini boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha talablar va 
tavsiyalar ishlab chiqish. 
Banklarni tartibga solish va nazorat qilish jarayoniga aktiv ta’sir qiluvchi – 
xalqaro standartlarni joriy qiluvchi muhim tashkilot bank nazorati bo‘yicha Bazel 
qo‘mitasidir (BNBQ). 
Qo‘mita 
1974-yilda 
G10 
davlatlari 
markaziy 
banklari 
tomonidan 
Shveytsariyaning Bazel shahrida Xalqaro hisob-kitoblar banki (Bank for 
International Sattlements) qoshida tashkil etilib, dastlabki hujjatni (Concordat on 
cross-border supervision) 1975-yilda chop qildi. Bazel qo‘mitasi o‘zi ishlab 
chiqadigan standartlarni boshqa xalqaro me’yorlarni ishlab chiquvchi tashkilotlarning 
talablariga muvofiqlashtirish maqsadida jahonning ko‘plab tashkilotlari bilan 
hamkorlik qiladi. 
Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi (BNBQ) asosan quyidagi hujjatlari 
bilan mashhur:

Nazorat bo‘yicha xalqaro kelishuv (Concordat on cross-border supervision 
1975)

Bazel I (1988)

Bozor tavakkalchiligi bo‘yicha tuzatish (Market risk amendment 1996)

Bazel II (2004)

Bazel 2.5 (2009)


108 

Bazel III (2010)

Samarali bank nazoratining asosiy tamoyillari (Core Principles for Effective 
Banking Supervision (revised 2010)) 
1988-yilda bank kapitalining yetarliligini baholash tizimi bo‘lgan “Kapitalni 
hisoblash va kapital standartlari bo‘yicha xalqaro konvergensiya” (Bazel I) hujjatini 
ishlab chiqish BNBQ faoliyatida muhim qadam bo‘ldi.Tijorat banklari ustidan 
nazorat qilish standartlari Qo‘mitaning “Bank faoliyati ustidan samarali nazoratning 
asosiy tamoyillari” (Bazel tamoyillari) nomli tavsiyaviy tusga ega bo‘lgan
 
hujjatda 
o‘z aksini topgan. 
BNBQ Bazel I standartining asosiy tamoyillarini ishlab chiqishda quyidagilarga 
asoslandi:
a)
nazoratning asosiy maqsadi moliyaviy tizimning barqarorligini ta’minlash va 
unga ishonchni oshirish, pirovardida omonatchilar va kreditorlarning yo‘qotish 
tavakkalchiligini eng past darajaga tushirish; 
b)
nazorat organlari tomonidan yuqori malakali korporativ boshqaruvni 
rag‘batlantirish hamda ochiq bozorni va nazoratni rivojlantirish orqali bozor 
intizomining ta’minlanishiga imkon yaratilishi zarur; 
c)
nazorat organi o‘z vazifasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun operativ 
mustaqillikka ega bo‘lishi, kuzatish, shuningdek joyida tekshirish o‘tkazish yo‘li 
bilan tegishli ma’lumotlarni yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘lishi, shu bilan birga o‘z 
qarorlariga majburiy tus berish vakolatiga ega bo‘lishi lozim; 
d)
nazorat organlari bank faoliyatining mohiyati to‘g‘risida yaxshi tasavvurga 
ega bo‘lishi va imkoni boricha nazoratidagi banklar o‘zlari qabul qilayotgan 
tavakkalchiliklarni boshqarishiga erishishi lozim; 
e)
samarali nazorat quyidagilarni, ya’ni alohida banklar tomonidan qabul 
qilinayotgan tavakkalchiliklar miqdori va xarakteri baholanishini va bu baholarga 
nazoratning xususiyati mos kelishini talab qiladi; 
f)
nazorat organlari quyidagilarga ishonch hosil qilishi lozim: bank o‘zi qabul 
qilgan tavakkalchiliklarga mos ravishda resurslarga ega bo‘lishi, xususan kapital 
yetarliligi, yuqori malakali boshqaruv hamda nazorat va hisob tizimini shakllantirish; 


109 
g)
nazorat organlari o‘zaro uzviy hamkorlikda ishlashi zarur. 
Bazel I hujjati regulyatorlar (aksariyat davlatlarda Markaziy bank) tomonidan 
banklar ustidan nazoratning unifikatsiyalashgan umumjahon tizimini yaratishda asos 
vazifasini bajardi. 
Mamlakatimizda 1998-yilda Bazel qo‘mitasining mazkur tavsiyalari hamda 
xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi 
me’yoriy hujjatlar majmui ishlab chiqildi. 
Tijorat banklarini ro‘yxatga olish va litsenziya berish qoidalarini, bank 
kapitalining yetarliligi va likvidligiga qo‘yilgan talablarni, aktivlar sifatini tasniflash 
va ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar yaratish talablarini, banklar 
va ularga daxldor shaxslar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalarga qo‘yilgan talablar 
hamda bir qarzdor yoki o‘zaro daxldor qarzdorlar guruhiga to‘g‘ri keluvchi 
tavakkalchilikning eng yuqori darajasini belgilovchi me’yoriy hujjatlar shular 
jumlasidandir. 
Bank kapitalining yetarliligini baholashning yangi yondashuvlarini rivojlanishi 
natijasi o‘laroq, 2004-yil 26-iyunda bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining 
yangilangan hujjati –Bazel II qabul qilindi. 
Bazel II standartlari bank tavakkalchiliklarini boshqarish tizimini va bank 
nazorati tizimini rivojlantirishga qaratilgan va samarali bank nazoratining eng muhim 
tamoyillarini amalga oshirishning ahamiyatli elementlarini o‘z ichiga oladi. Bazel II 
hujjati uchta asosiy komponentga (Pillar 1, 2, 3) bo‘lingan. Ularning birinchisi (Pillar 
1) kapital yetarliligiga qo‘yilgan eng kam talablarni o‘rnatadi; ikkinchisi (Pillar 2) 
bankning kapital yetarliligini nazorat qilishni tashkil etishga qaratilgan; uchinchisi 
(Pillar 3) esa bozor intizomiga rioya etish, transparentlik tamoyilini yo‘lga qo‘yish va 
banklar tomonidan qabul qilinadigan tavakkalchiliklarni ochib berish bo‘yicha 
masalalarga bag‘ishlangan. Shuningdek, Bazel II hujjati kredit tavakkalchiligiga 
alohida (standartlashgan, ichki reytingga asoslangan) yondashuvlarni taklif etadi. 
Jahon hamjamiyatida Bazel II standartlari 2006-yil dekabr oyida rasmiy kuchga 
kirdi. 


110 
Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi 2007-2008-yillardagi jahon moliyaviy 
inqirozidan olingan saboqlar natijasida dastlab 2009-yil dekabr oyida “Bank sektorini 
barqarorligini oshirish” maslahat hujjatini (Consultative document), keyinchalik, 
aniqrog‘i 2010-yil dekabrda Bazel III: Likvidlilik tavakkalchiligini hisoblash, 
mezonlar va monitoring bo‘yicha xalqaro standartlarni(Basel III: International 
framework for liquidity risk measurement, standards and monitoring) va Bazel III: 
Yanada barqaror banklar va bank tizimini tartibga solishning global standartlarini 
(Basel III: A global regulatory framework for more resilient banks and banking 
systems
 
) chop etdi. 
BNBQga ko‘ra, Bazel III standartlarining ikkita asosiy maqsadi mavjud:

yanada barqaror bank tizimini shakllantirish maqsadida bank kapitali va 
likvidligini boshqarish bo‘yicha xalqaro me’yorlarni takomillashtirish; 

bank sektorining moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar oqibatlarini bartaraf etish 
qobiliyatini yaxshilash, pirovardida bunday muammolarni iqtisodiyotning moliyaviy 
sektoridan real sektoriga o‘tish tavakkalchiligini kamaytirish.
Bu maqsadlarga erishish uchun Bazel III standartlari quyidagi asosiy 
yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘linadi: 
1)
kapitalni isloh qilish (shu jumladan, kapitalning sifat va miqdori, barcha 
tavakkalchiliklarni inobatga olish, qarz yuki koeffitsientini, konservatsiya va 
kontrsiklik bufer kapitali tushunchalarini joriy etish); 
2)
likvidlilikni isloh qilish (qisqa (LCR) va uzoq (NSFR) muddatli); 
3)
moliyaviy tizimni barqarorligini takomillashtirishga qaratilgan boshqa 
elementlar. 
Mamlakatimizda bank tizimini tartibga solish va nazorat qilishni xalqaro tan 
olingan andozalarga mos ravishda takomillashtirish maqsadida doimiy ishlar olib 
borilmoqda. O‘zbekiston bank tizimida kapitalning yetarlilik darajasi tavakkalchilikni 
hisobga olgan holda hisoblangan aktivlarning 23,7 foizini tashkil etmoqda. Bu bank 
nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan belgilangan standart ko‘rsatkichidan 
qariyb 3 baravar ko‘pdir. 


111 
Davlat rahbarining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011-2015-yillarda Respublika 
moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori 
xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PQ-
1438-son Qarori qabul qilinib, unda moliya-bank faoliyatining normativ-huquqiy 
bazasini yanada takomillashtirish, shuningdek, Bazel qo‘mitasi tomonidan 
belgilangan xalqaro standartlar talablariga muvofiq tijorat banklarini yanada 
kapitallashtirish va likvidligini oshirish, respublika moliya-bank tizimini yanada isloh 
qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga 
erishish ustuvor yo‘nalishlar etib belgilandi. 
Bugungi kunda mamlakatimizning barcha tijorat banklari “Fitch Reytings”, 
“Mudis” va “Standart end Purs” kabi yetakchi xalqaro reyting agentliklarining 
“barqaror” baholariga ega. Ta’kidlash joizki, respublikamizning yetakchi banklari – 
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka bank”, “Ipoteka-bank”, 
“O‘zsanoatqurilishbank”, “Agrobank” va “Ipak yo‘li” banki bir yo‘la ikkita yetakchi 
xalqaro reyting agentliklarining “barqaror” reyting baholarini olgan. 
Yurtimizda bank nazorati samarali yo‘lga qo‘yilganligining xalqaro hamjamiyat 
tomonidan ham tan olinishi mamlakat bank tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirishning 
asosiy omillaridan biridir. 
Binobarin, 2015-yilning aprel va may oylarida yurtimizda bo‘lgan Xalqaro 
valyuta jamg‘armasi missiyasi “O‘zbekiston iqtisodiyoti Yevropa va Rossiyadagi 
iqtisodiy faollikning sustligi, shuningdek, neft narxining pastligi bilan izohlanadigan 
qiyin tashqi sharoitda ham o‘z barqarorligini namoyon etmoqda. Pul-kredit siyosati 
ham moslanuvchanlik darajasida saqlanib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki 2014-yilning yanvar oyidan asosiy stavkani, qayta moliyalashtirish 
stavkasini 12 foizdan 9 foizga tushirdi. Iqtisodiyotda kreditlar hajmi yuqoriligicha 
qolmoqda. 
Bank sektori barqarorlik, izchil kapitallashuv va yuqori likvidlik darajasini 
saqlab 
qolmoqda. 
2014-yilda 
garov 
ta’minotini 
ro‘yxatga 
olishning 
markazlashtirilgan tizimi joriy etilgani moliyaviy resurslardan foydalanishni 
kengaytirish imkonini berdi”, deb bayonot berishi fikrimizning yaqqol dalilidir. 


112 
Mamlakat bank tizimining barqaror va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash 
masalasi bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmadi. Yurtboshimizning 2015-
yil 6-maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va 
ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2344-son 
Qarorining qabul qilinishi bilan yurtimiz bank tizimini rivojlantirishning kelajakdagi 
rejalari belgilab berildi. 
Xususan, mazkur Qaror bilan Markaziy bankka bank nazorati bo‘yicha Bazel 
qo‘mitasining Bazel-III standartlarini 2015-2019-yillarda bosqichma-bosqich joriy 
etilishini ta’minlash yuklatildi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin