152
yerlariga g‘o‘za ekilmaydi. Shu tarzda 220 ming gektardan ortiq maydonlar
bosqichma-bosqich optimallashtiriladi.
Paxtadan bo‘shagan 170 ming 500 gektar sug‘oriladigan ekin maydonlarida
sabzavot, kartoshka, ozuqa ekinlari, moy olinadigan va boshqa o‘simliklar ekiladi,
bog‘ va uzumzorlar barpo etiladi. Ekin maydonlarining optimallashtirilishi va
zamonaviy agrotexnologiyalarning joriy etilishi natijasida 2020-yilda boshoqli don
yetishtirish hajmini 8 million 500 ming tonnaga, kartoshka etishtirishni 35 foizga,
sabzavotni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foizga, go‘sht etishtirishni 26,2 foizga,
sutni 47,3 foizga, tuxumni 74,5 foizga ko‘paytirish, baliq etishtirishni 2,5 martaga
oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Hozir fermer xo‘jaliklari barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan
omillarni bartaraf etish, mavjud me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish,
ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash yo‘li bilan mulkdorlar daromadini yanada
oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar davom etmoqda. Bunday izchil islohotlar
xalqimiz farovonligini oshirish bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti
hajmini kengaytirishda ham muhim omil bo‘ladi.
Dasturga asosan mamlakatimiz hududlarida meva-sabzavot mahsulotlarini xarid
qilish, saqlash, birlamchi ishlov berish, transportirovka qilish va eksportga ortish
ishlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan 17 ta Logistika markazlarni tashkil etish
belgilangan.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi
qaroriga
muvofiq
tasdiqlangan
Dostları ilə paylaş: