O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


- korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlari, moddiy-texnik bazasi  yangilanadi va texnik qayta qurollanadi;  -



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

-
korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlari, moddiy-texnik bazasi 
yangilanadi va texnik qayta qurollanadi; 
-
tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalar barpo etiladi
36
.
Investitsiya dasturida loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilishi va 
qurilishni tugallash hamda foydalanishga topshirish uchun yillar bo‘yicha joriy 
narxlarda moliyalashtirishga extiyoj, moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 
Investitsiya loyihalari shakllanishi Dastlabki texnik-iqtisodiy asosnoma(DTIA) 
ishlab chiqishga asoslanadi. DTIA loyiha tashabbuskori yoki uning buyurtmasi 
bo‘yicha loyihalash tashkiloti yoki injiniring kompaniyasi tomonidan ishlanma 
yuzasidan topshiriq asosida ishlab chiqiladi. Investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) 
bo‘yicha xulosalarni ko‘rib chiqish va tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
avval “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan – DTIA hamda tegishli vazirliklar 
va loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan idoralarning xulosasi taqdim etilgan vaqtdan 
boshlab ikki hafta muddatda, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan – DTIA va 
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasining xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki 
hafta muddatda, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 
tomonidan – DTIA hamda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining xulosasi taqdim 
etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda, DTIA va “Davarxitektqurilish” 
qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va 
36
Almatova D. Mintaqalarda investitsiyalar jalb etishning muhim 
yo‘nalishlari. “O’ZIA” - “EVU” 1/2012. 


169 
savdo vazirligi xulosalari taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda, xizmat 
ko‘rsatuvchi bank tomonidan - “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi 
hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi xulosalari taqdim 
etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda. So‘ngra esa loyiha tashabbuskori 
Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentiga DTIAni tegishli 
tushuntirish xatini, ko‘rib chiqiladigan materiallarni, shuningdek, ko‘rsatilgan 
vakolatli ekspertiza organlarining xulosalarini ilova qilgan holda ikki nusxada 
kiritadi. 
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital 
qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash va uni kreditlash ishlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari 
mexanizmini takomillashtirish chora - tadbirlari tug‘risida"gi Qarorida ko‘rsatilgan 
tartibga asosan amalga oshiriladi. Unga muvofiq investitsiya loyihasini 
markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash har qaysi obyekt 
bo‘yicha ajratilgan kapital qo‘yilmalar limitlar doirasida qat’iy amal qilgan holda, 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi va Moliya Vazirligi bilan kelishilgan 
qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati va qurilishlarning belgilangan tartibda 
tasdiqlangan titul ro‘yxati asosida amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi - bu davlat tomonidan xorijiy 
investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak 
bo‘lgan davlat tomonidan rag‘batlantiriluvchi yo‘nalishlarni ishlab chiqish vositasida 
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay 
investitsiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag‘larning yuqori iqtisodiy 
samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish 
tizimidir. Ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Birinchi ustuvor yo‘nalish - ommaviy turar joy qurilishi;
Ikkinchi ustuvor yo‘nalish - zamonaviy kommunikatsiya vositalari, transport 
va aloqa vositalarini ishlab chiqarish, transport va informatsiya tarmoqlarini yaratish 
va modernizatsiya qilish; 


170 
Uchinchi ustuvor yo‘nalish - yukori texnologiyalar. Yuqori texnologik va jahon 
bozorlarida raqobatdosh, import mollarining o‘rnini bosa oladigan tovarlarni ishlab 
chiqarishni tashkil etish; 
To‘rtinchi ustuvor yo‘nalish - zaxiralarni tejovchi ekologik toza texnologiyalar. 
Mineral boyliklarni yer ostidan qazib olish va tabiiy xom ashyoni to‘liq va kompleks 
qayta ishlash uchun eng yangi fan-texnika yutuqlaridan foydalanish; 
Beshinchi ustuvor yo‘nalish – fermerlik va dehqon xo‘jaliklari tarmog‘i, ishlab 
chiqarish, qayta ishlash, qadoqlash, transportirovka qilish, sotish va shifobaxsh 
qo‘shilmalari bo‘lgan ekologik va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha andozalarga amal 
qilgan holda nazorat qilish texnologiyasini o‘zlashtirib olgan qayta ishlovchi va 
savdo korxonalarning ko‘magi asosida ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini 
chiqarish. 
Dasturning tahliliy qismi tarkibida investitsiyalarning takror ishlab chiqarish va 
texnologik tarkibini hisobga olgan holda, umuman Dasturda, iqtisodiyot sektorlari va 
tarmoqlari, moliyalashtirish manbalari va hududlar, amalga oshirish yo‘llari bo‘yicha 
kapital qo‘yilmalar tarkibi belgilanadi. 
Dasturning yangi ichki mahsulot usishiga, iqtisodiyotning tarmoq va hududiy 
o‘zgarishiga va import tarkibiga, ishlab chiqarish kuvvatlarini va ijtimoiy soha 
obyektlarini ishga tushirish hajmlariga ta’sirining prognozlashtirilgan natijalari hisob-
kitob qilinadi. 
Investitsiya Dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlashda buyurtmachilar 
quyidagi tartibga amal qilishlari kerak: 
- dasturni amalga oshirishning 1- yiliga kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlarining 
aniq ro‘yxati va moliyalashtirish bilan ta’minlangan qurilishlarning aniq ro‘yxati 
tuziladi; 
- dasturni amalga oshirishning 2-yiliga unga kelgusi yillar loyiha-qidiruv 
ishlarining aniq ro‘yxati va birinchi yildan o‘tuvchi ko‘rishlarning prognoz ro‘yxati 
va dasturni amalga oshirishning birinchi yilida loyiha xujjatlari tayyorlangan va 
tasdiqlangan, birinchi yilida tanlov savdolariga qo‘yiladigan yangidan boshlanadigan 
obyektlar kiritiladi; 


171 
- dasturni amalga oshirishning uchinchi yilida unga kelgusi yillar loyiha-qidiruv 
ishlarining aniq ro‘yxati va tanlov savdolari natijalariga ko‘ra belgilangan amalga 
oshirish muddatlarini hisobga olgan holda qiymati belgilangan tartibda 
aniqlashtirilgan birinchi va ikkinchi yildan o‘tuvchi qurilishlarning prognoz ro‘yxati, 
loyiha xujjatlari, ikkinchi yildan tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangidan 
boshlanadigan obyektlar kiritiladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin