O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

I = f(Y)
, ya’ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funksiyasi ekan. 
Akselerator modelining to‘liqroq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: 
I = Ireja+ γY b
u yyerda: 
Δ I It –I t-1 
γ = ----------- = ------------------
Δ Y Yt - Yt-1
Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi. 
Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funksiyasini quyidagicha yozish 
mumkin: 
I = e - dR + γY 
YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko‘payishiga olib keladi. Korxona 
foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya 
xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi 
sharoitida bo‘sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib 
ketadi. Ammo YaIMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda 


161 
bo‘lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar 
tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo‘lmaydi. 
Investitsiyalarni jamiyatning real kapitalini ko‘paytirishga yo‘naltirish 
(mashinalar, 
jihozlar 
xarid 
qilish, 
binolar, 
muxandislik 
inshootlarini 
modernizatsiyalash va qurishga) iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini 
oshirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqarishga, yangi texnologiyalarga investitsiyalar 
kiritish keskin raqobatchilik kurashida (ichki va tashqi bozorda ham) omon qolishga, 
bir qadam oldinda yurishga, mahsulot narxini aniqroq moslashtirish imkoniga ega 
bo‘lishga yordam beradi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda: 
-investitsiyalar mamlakatning qonunchiligiga zid bo‘lmagan har qanday 
faoliyatga safarbar etilishi kerak. Agar investitsiyalar qonunga zid bo‘lgan faoliyatga 
safarbar etilsa, unda bunday xarajatlar mamlakatning iqtisodiy o‘sishida zarur 
bo‘lgan mexanizmlarni ta’minlay olmaydi; 
-investitsiyalar ma’lum bir muddat o‘tgandan so‘ng, albatta daromad yoki 
ijtimoiy samara keltirishi kerak. Agar sarflangan investitsiyalar hech qanday 
daromad, ya’ni iqtisodiy foyda yoki ijtimoiy samara keltirmasa, uni sarflashning 
iqtisodiy mohiyati yo‘qolar edi; 
-investitsiyalar yuqorida ta’kidlanganidek, faqat uzoq muddatga emas, balki shu 
bilan birga qisqa (1 kundan 1 yilgacha) va o‘rta (1 yildan 3 yilgacha) muddatga ham 
sarflanishi mumkin. Masalan, davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari bir yil 
muddatga chiqarilgan, bu obligatsiyalarni sotib olishga sarflangan xarajatlar qisqa 
muddatli moliyaviy investitsiyalardir; 
-xarajatlarning sarflanish shakliga ko‘ra investitsiyalarni asosiy uchta mulkiy, 
moliyaviy va intellektual boyliklar ko‘rinishlariga ajratish mumkin. 
Investitsiyalar qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi 
va shu orqali o‘z samarasini ifoda etadi, chunki yaratilgan qo‘shimcha qiymat, ya’ni 
boylik orqali iqtisodiy o‘sish holatiga baho berish mumkin. Bugungi kunda ijtimoiy 
sohaga va inson omiliga kapital sarflash orqali iqtisodiy o‘sishga bilvosita kuchli 
ta’sir ko‘rsatish mumkinligi tobora rivojlanib bormoqda. 


162 
Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiyalar nominal investitsiyalar bo‘lib, pul 
moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga jalb qilingandan so‘ng real investitsiyalarga 
aylanadi va iqtisodiy yuksalishni ta’minlaydi. Shunga ko‘ra, investitsiyalarning 
iqtisodiy o‘sishga ta’siri quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
- yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb 
qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish ko‘p yillar davomida sifatsiz, xaridor 
talabiga javob bera olmaydigan mahsulot ishlab chiqaruvchi eski asosiy vositalardan 
tezroq qutilish imkonini beradi; 
- yangi ish joylarini tashkil qilish va aholini ish bilan ta’minlash, shu bilan birga, 
chet elning ilg‘or boshqarish tajribasini joriy qilish imkonini beradi va shu orqali 
mehnat unumdorligini oshiradi; 
- jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va 
ularni eksport qilish evaziga valyuta daromadlarining barqarorligini ta’minlaydi. 
Hozirgi zamonaviy xalqaro iqtisodiyotdagi dunyoda ko‘p qirrali va murakkab 
jarayonlarda, ichki va tashqi bozorlarda, kapital qo‘yilmalari yoki investitsiyalardan 
samarali foydalanish muammosi birinchi navbatda hal qilinishi zarur bo‘lgan dolzarb 
masalalardan biri sifatida yuzaga chiqmoqda. 
Investitsiyalar korxonalarni doimiy rivojlanishini ta’minlaydi va quyidagi 
vazifalarni hal etishda yordam beradi: 
- moliyaviy va material resurslarni jamlash hisobiga shaxsiy tadbirkorlik 
faoliyatini kengaytirish; 
- yangi korxonalarni sotib olish; 
- biznesning yangi yo‘nalishlarini egallash. 
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar, shu 
jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning yangi institutlari va mexanizmlari 
yaratildi. Bular O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, hukumat 
qarorlarida o‘z aksini topgan va iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida ular davlat 
investitsiya siyosatini, xorijiy kapitallarning erkin muomalasini, xavflardan 
kafolatlarni ta’minlaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish va rivojlantirishga yo‘naltirishni rag‘batlantiradi.


163 
Respublikada investitsiya faoliyatini tartibga solishda muhim rol davlatga 
ajratilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi 
Qonuniga muvofiq investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish 
investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish, soliq stavkalari va 
ular bo‘yicha imtiyozlarni, soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektini farqlovchi soliq 
tizimini qo‘llash, asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasini o‘tkazish va 
boshqa masalalar orqali amalga oshiriladi.
Tartibga solish roli bo‘yicha xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va foydalanishni 
tartibga solish va rag‘batlantirishning me’yoriy-huquqiy negizini uch guruhga ajratish 
mumkin. Birinchi guruhga iqtisodiy munosabatlar va mulkchilik huquqlarini, xorijiy 
investorlarning faoliyatini rag‘batlantiruvchi tartib va shartlarni; chet el investorlari 
faoliyati bilan bog‘liq, fond bozorlarida investorlarning faoliyatini tartibga soluvchi 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari kiradi. Ikkinchi guruhga Prezident Qarorlari 
va Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va uchinchi guruhga hukumat va 
tarmoq me’yoriy hamda xususiylashtirish jarayoniga investitsiyalar kiritish bilan 
bog‘liq qonunchilik hujjatlari kiradi. 
“Konsessiyalar to‘g‘risida”gi (30.08.1995 yil); “Erkin iqtisodiy zonalar 
to‘g‘isida”gi (25.04.1996 yil); “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi (30.04.1998 yil);
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari 
to‘g‘risida”gi (30.04.1998 yil); “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi (24.12.1998 yil); 
“Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi (26.05.2000 yil) O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunlari shular jumlasidandir. 
Ushbu masala O‘zbekiston hukumatining diqqat e’tiborida bo‘lib investitsiya 
muhitini yaxshilash, jahon hamjamiyatiga ochiqlikni ta’minlash hamda xorijiy 
hamkorlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha 
maqsadli qadamlar amalga oshirilmoqda. Investitsiya kiritish jarayonlarini maksimal 
darajada osonlashtirish va oydinligini ta’minlash bo‘yicha taklif etilayotgan 
imtiyozlar va kafolatlar to‘g‘risida investorlarni keng xabardor qilish chora-tadbirlari 
qabul qilinmoqda.


164 
Ushbu qonunchilik hujjatlari asosida xorijiy investitsiyalarning O‘zbekiston 
iqtisodiyotiga jalb qilish shakllari quyidagilardan iborat: 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin