9.3-rasm. Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash sharoitida investitsiya siyosati maqsadlari
Sanab o‘tilgan tamoyillarni inobatga olgan holda, O‘zbekistonda iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish sharoitida investitsiya siyosati ishlab chiqilgan bo‘lib uning
markazida investorlarga, shu hisobda xorijiy investorlarga, O‘zbekiston
iqtisodiyotiga investitsiyalarni kiritishi uchun qulay sharoitlarni yaratish orqali yuqori
investitsiya salohiyatini amalga oshirish yotadi. Bunday investitsiya siyosatining
maqsadlari 9.3-rasmda aks ettirilgan.
O‘zbekistonning investitsiya siyosati mahalliy hom-ashyo va resurslarni qayta
ishlab chiqarishga asoslangan va unda mamlakatimiz eksport salohiyatini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan soha va ishlab chiqarishlar belgilangan. Ushbu
sohalarga investitsiyalarni jalb qilish ustuvordir, bular: sanoatni rivojlantirish; qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash; mineral-xom ashyoresurslarini qazib
olish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha ekologik toza ishlab chiqarishlarni tashkil
etish, shu hisobda neft’ va gazni qazib olish va qayta ishlash; zamonaviy axborot va
telekommunikatsiya tizimlarini, ilm talab qiluvchi yuqori texnologiyalarga
asoslangan ishlab chiqarishlarni tashkil etish; resurs va energiyaning tejamkor
uskunalarini ishlab chiqarish; dori vositalari, meditsina texnikasi va uskunalarini
ishlab chiqarish; turizm sohasini rivojlantirish; qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab
Investitsiya siyosati
maqsadlari
Mak
ro
d
araj
ad
a
Mi
k
ro
d
ara
jad
a
Асосий капиталга
инвестициялар
киритиш
сиёсатини изчил
амалга ошириш
Fan-texnika taraqqiyotini
rivojlantirish
Milliy iqtisodiyot
raqobatdoshligini ta’minlash
Mintaqa va hududlarni
rivojlantirish
Atrof-muhitni muhofaza
qilish
соҳа тармоқларини ривожлантириш
Ишлаб
чиқаришни
модернизациялаш
ва диверсификация
қилиш
Korxonada yangi mahsulotlar
ishlab chiqarish va eskilarini
bozor talablariga moslash
(diversifikatsiyalash)
Atrof-muhitni muhofaza
qilish faoliyatini tashkil etish
Ishlab chiqarishni texnik va
texnologik yangilash
Қимматли қоғозларни сотиб олишга
инвестициялар киритиш
175
chiqarish; aloqa xizmatlarini rivojlantirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta
ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni kengaytirish.
Investitsiya siyosati nafaqat kapital mablag‘larining miqyosini oshirishni, balki
ularning takror ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishni,
investitsiyalarni ko‘proq samarador va raqobatbardosh ishlab chiqarishlarga
yo‘naltirishni ko‘zda tutadi. Muhim o‘rin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan har yili qabul qilinib amalga oshiriladigan Davlat investitsiya
dasturiga ajratilgan. Unda soha ustuvorliklari respublikaning resurs-hom-ashyo
salohiyatiga bog‘langan, iqtisodiyotni qayta tarkibiy tuzish va modernizatsiyalash
asosida halqaro bozorga integratsiya qilish mumkin bo‘lgan variantlari asoslanadi.
Ushbu dasturda alohida o‘rin chet el investitsiyalari ishtirokidagi, ayniqsa
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ajratilgan.
O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalarni kiritish shakllari bo‘yicha
cheklovlar mavjud emas. O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar har xil
yo‘nalishlar va shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Xususan:
•
O‘zbekiston Respublikasi yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan
hamkorlik tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlar, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa
korxonalar ustav jamg‘armalari va boshqa mulklarida o‘z ulushi bilan ishtirok etish;
•
xorijiy investorlarga to‘liq tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari,
banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni tashkil etish va rivojlantirish;
•
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan aksiya va
qimmatli qog‘ozlarni va mulklarni sotib olish;
•
intellektual mulk bo‘lgan huquqga ega bo‘lish, shu hisobda, mualliflik
huquqlari, ixtirolar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma
nomlari va nou-xau, hamda ish obro‘si (gudvil);
•
konsessiyalarni, shu hisobda tabiiy resurlarni qidirish, qazib olish va
ishlatishga konsessiyalarni olish;
•
savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlariga, turar joylarga u joylashgan
yer uchastklari bilan mulkchilik huquqlarini hamda yer (shu jumladan ijara asosida)
va tabiiy resurlarga egalik va foydalanish huquqlarini olish.
176
Respublikamizda investitsiya jarayonini faollashtirishga
Dostları ilə paylaş: |