199
11.2.
Aholi turmush darajasi va uning asosiy indikatorlari
Har qanday jamiyatning asosiy maqsadi aholi turmush
darajasini oshirishga
qaratilgan bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri – aholi bandligi
va turmush darajasini sifat jihatidan himoyalash masalalari bo‘lib, ularni
quyidagilarga ajratish mumkin.
Millat (aholi)ning farovonlik darajasini ifodalash uchun “Turmush darajasi”,
“Xalq farovonligi”, “Turmush faoliyati xavfsizligi”, “Turmush tarzi”, “Aholining
ijtimoiy-turmush sharoiti”, “Turmush sifati” kabi turli xil tushunchalar qo‘llaniladi.
Ba’zan bu atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o‘rtasidagi farq
muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi.
Xususan,
aholining ijtimoiy-turmush sharoiti
– jamiyatning barcha
a’zolariga mehnat qilish, dam olish, har tomonlama
jismoniy va madaniy
rivojlanishni ta’minlash hamda mehnat sharoitini yaxshi tashkil etish, kishilar
salomatligi va mehnat qilish qobiliyatini saqlashni kafolatlash,
vaqtinchalik ish
qobiliyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy-ta’minot, nafaqalar bilan ta’minlash, nisbatan
kam daromadli oilalarni ijtimoiy himoyalashni ifodalaydi.
O‘tgan asrning 70-80-yillarida
“Turmush tarzi”
tushunchasi keng qo‘llanilgan,
bunda hayot faoliyatning sifat ko‘rsatkichlari “Turmush” miqdor ko‘rsatkichlari esa
“Turmush darajasi” bilan ifodalangan.
Aholi turmush darajasi
– ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u aholining
zaruriy moddiy va nomoddiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanganlik (moddiy
va nomoddiy ehtiyojlari qondirilganlik darajasi) hamda ularni iste’mol qilinganlik
darajasi bilan tushuniladi. Aholining moddiy ehtiyojlariga oziq-ovqat, kiyim-kechak,
turar-joy yoqilg‘i va uy-ro‘zg‘or buyumlariga bo‘lgan
talablari kirsa, aholining
madaniy- maishiy ehtiyojlariga insonlarning bilimi, malakasini oshirish, maishiy va
kommunal xizmat ko‘rsatishi yaxshilash kabilarga bo‘lgan ehtiyojlari kiradi.
Aholi turmush darajasi davlat ijtimoiy-iqtisodiy
siyosati samaradorligini
baholashdagi eng muhim mezoni bo‘lib, uni oshirib borish ijtimoiy rivojlanishning
asosiy maqsadi hisoblanadi. “Turmush darajasi” tushunchasi zamonaviy talqinda
200
inson faoliyatining barcha tomonlariga taaluqli bo‘lgan keng qamrovli tushuncha
hisoblanadi.
Shu bilan birga turmush darajasi – ko‘plab omillar yig‘indisi ta’sirida bo‘lgan
o‘zgaruvchan jarayondir. Bir tomondan turmush darajasi muntazam o‘zgarib
turadigan turli ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarning
tarkibi va darajasi bilan, boshqa
tomondan u ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar
bozoridagi holat,
aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan
belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish sohalari samaradorligining ko‘lami, ilmiy-texnik taraqqiyot (ITT)
darajasi, aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi va tarkibi,
milliy xususiyatlar, siyosiy
hokimiyatga bog‘liq.
Keng ma’noda esa aholi turmush darajasi – inson rivojlanish darajasini ta’riflash
(sog‘lomligi, iste’molining qondirilish imkoniyati), hayotiylik sharoitini (istiqomat
muhiti, aholi muhofazasi) baholashni ifodalaydi. Aholi turmush darajasidagi
bo‘layotgan o‘zgarishlar tahlili, qay darajada davlat ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi
to‘g‘risida mulohaza yuritishga yordam beradi.
“Turmush darajasining eng mufassal talqini quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: